Home
Computer Networks
Computer Science
Computer Communications (Networks)
WLAN
ArticlePDF Available
SIMSIZ ALOQA TARMOQLAR WLAN(WI-FI) FOYDALANISH KO'NIKMALARI
Authors:
Nurmuxamad Duisenov
Chirchik state pedagogical Institute
Bekjan Akhmedov
Chirchik state pedagogical institute
Download full-text PDFRead full-text
Download full-text PDF
Read full-text
Download citation
Copy link
References (7)
Abstract
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari jadal tarzda rivojlanib borayotgan bir vaqtda aloqa, axborot almashinuvi ham juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Aloqalarning qulayligi oshirishda aloqa vositalarini ham o'rni beqiyosdir. Chunki aloqaning sifatliligi aloqa vositalariga chambarchas bog'liq. Dastlab aloqalarni faqat sim ulagichlar orqali amalga oshirilar edi. Ushbu simlar foydalanuvchilarni aloqa markazlari orqali bir-biri bilan bo'glagan va shu tariqa shaxarlar, davlatlar orasida aloqa o'rnatilgan. Hozirgi kunda bunday simlarni zamonaviy ko'rishdagi maxsulotlaridan foydalaniladi. Bularga misol qilib optik tolali simlarni keltiramiz. Bu bir qancha qulayliklarga ega. Lekin shunday tolali aloqalar ham zamon talablariga javob bera olmayapti. Chunki bu sim orqali aloqasining o'ziga bog'liq bir qancha noqulayliklari bor. Bularga misol keltirsak, bu simlarni qandaydir aloqa markazlarigacha tortib olib borish, simlarni joylashtirishdagi noqulayliklar va hokazo.
Discover the world's research
20+ million members
135+ million publications
700k+ research projects
Join for free
Public Full-text 1
Content uploaded by Nurmuxamad Duisenov
Author content
Content may be subject to copyright.
1
SIMSIZ ALOQA TARMOQLAR WLAN(WI-FI) FOYDALANISH
KO’NIKMALARI
N. E. DUISENOV
ABSTRACT: Hozirgi kunda axborot texnologiyalari jadal tarzda rivojlanib
borayotgan bir vaqtda aloqa, axborot almashinuvi ham juda katta tezlik bilan
rivojlanib bormoqda. Aloqalarning qulayligi oshirishda aloqa vositalarini ham
o’rni beqiyosdir. Chunki aloqaning sifatliligi aloqa vositalariga chambarchas
bog’liq. Dastlab aloqalarni faqat sim ulagichlar orqali amalga oshirilar edi.
Ushbu simlar foydalanuvchilarni aloqa markazlari orqali bir-biri bilan bo’glagan
va shu tariqa shaxarlar, davlatlar orasida aloqa o’rnatilgan. Hozirgi kunda
bunday simlarni zamonaviy ko’rishdagi maxsulotlaridan foydalaniladi. Bularga
misol qilib optik tolali simlarni keltiramiz. Bu bir qancha qulayliklarga ega.
Lekin shunday tolali aloqalar ham zamon talablariga javob bera olmayapti.
Chunki bu sim orqali aloqasining o’ziga bog’liq bir qancha noqulayliklari bor.
Bularga misol keltirsak, bu simlarni qandaydir aloqa markazlarigacha tortib olib
borish, simlarni joylashtirishdagi noqulayliklar va hokazo.
2
Bundan tashqari simlarni tayyorlash uchun ham xom ashyolar sarf bo’lishi
kabi moliyaviy noqulayliklari mavjud. Shunday noqulayliklar va moliyaviy
zararlardan qochgan holda yangi zamonaviy aloqa simsiz aloqalar ishlab
chiqildi. Bunga misollar keltirsak, birinchi navbatda mobil aloqa va eng qulay
aloqalardan biri hisoblanayotgan simsiz aloqa tizimidir. Simsiz aloqaga Wi-Fi,
Wi-MAX, Wi-Bro va shunga o’xshash bir qator aloqa texnologiyalar kiradi.
SIMSIZ LOKAL TARMOQ TEXNOLOGIYALARI: O’TMISh VA
KELAJAK
Axborot uzatishning simsiz texnologiyalari tarixi XIX asrning oxiriga kelib
birinchi radiosignal uzatilishi bilan boshlangan va XX asrning 20-yillarida
amplituda modulyatsiyali radio qabul qilgichlar paydo bo’lishi bu
texnologiyalarni rivojlanish jarayonlariga katta ta’sir ko’rsatdi. 1970-yillarga
kelib tovushni radioto’lqinlar orqali uzatuvchi birinchi simsiz radiotelefonlar
yaratildi. Dastlab bular analog tarmoqlarda ishlagan bo’lsa, 80-yillar boshida
raqamli standartlarga o’tish boshlanganligini anglatuvchi, spektrni yaxshi
taqsimlashini, eng yaxshisifatli signalni va eng yaxshi xavfsizlikni ta’minlovchi
GSM standarti ishlab chiqildi. XX asrning 90-yillarida simsiz tarmoqlar holatini
mustahkamlash jarayonlari yuz berishi, bu texnologiyalarni jadallik bilan
rivojlanishiga olib keldi. Bugungi kunda simsiz texnologiyalar kundalik
hayotimizga mustahkam joylashib bormoqda, yuqori tezlikni ta’minlash bilan
3
birga ular yangi qurilma va xizmatlarni taqdim etmoqda. Yangi CDMA (Code
Division Multiple Access - kanallarni kodli taqsimlash texnologiyasi), GSM
(Global Systems for Mobile Communications- mobil aloqa tarmoqlarining
global tizimi), TDMA (Time Division Multiple Access-kanallarni vaqt orqali
taqsimlash texnologiyasi), 802.11, WAP (Wireless Application Protocol-simsiz
texnologiyalar protokoli), 3G va 4G (uchinchi va to’rtinchi avlod
texnologiyalari), GPRS (General Packet Radio Service, ma’lumotlarni paketlab
uzatish xizmati), Bluetooth (o’rta va qisqa masofa tarmog’i), EDGE
(Enhanced
Data Rates for GSM Evolution, takomillashtirilgan GSM tarmoq) va shu
kabi
texnologiyalarning xilma-xilligi bu sohada tub burilish boshlanayotganini
anglatib turibdi. Simsiz lokal tarmoqlar (WLAN) hamda o’rta va qisqa masofa
tarmoq (Bluetooth) larning rivojlanishi juda istiqbollidir. Simsiz lokal tarmoqlar
aeroportlar, universitet va institutlar, mehmonxonalar, restoranlar, korxona
va
tashkilotlar tarmoqlarida ko’plab qo’llanilmoqda. Simsiz tarmoqlarni
standartlarini ishlab chiqish 1990 yilda butunjahon IEEE (Elektr va elektronika
bo’yicha muhandislar instituti) tashkiloti tomonidan 802.11 komiteti tashkil
etilishi bilan boshlangan. Butunjahon o’rgimchak to’ri va bu tarmoqda simsiz
qurilmalar yordamida ishlash g’oyasi simsiz texnologiyalarning rivojlanish
jarayonlariga muhim turtki vazifasini o’tadi. 90-yillar oxiriga kelib
foydalanuvchilarga WAP-xizmati taqdim etildi. Shuni ta’kidlash kerakki
boshida bu xizmat ko’pchilikda uncha qiziqish uyg’onmadi. WAP-xizmati
asosiy axborot xizmatlari sifatida - yangiliklar, ob-qavo, kundalik va
boshqa xizmatlar to’plamini taqdim etgan edi. Shuningdek, Bluetooth va
WLAN dan ham ushbu aloqa vositalarining qiymati yuqoriligi bois juda kam
miqdorda foydalanishgan. Lekin narxlarning tushishi ushbu vositalarga bo’lgan
talab va qiziqishni ortishiga sabab bo’ldi. XXI asrning dastlabki o’n yilligi
o’rtalariga kelib simsiz Internet-servisi foydalanuvchilarining soni bir necha o’n
millionga etdi. Simsiz Internet-aloqasining paydo bo’lishi bilan birinchi o’rinda
4
uning xavfsizligini ta’minlash masalalari ko’tarildi. Simsiz tarmoqlardan
foydalanganda paydo bo’lgan asosiy muammolar sirasiga quyidagilarni keltirib
o’tish lozim - bu maxsus xizmat, tijorat tashkilotlari va xususiy tadbirkorlar
jo’natmalarini tutib qolish, kredit kartochkalar nomerlarini tutib qolish,
bog’lanish uchun to’lov vaqtini o’g’irlash, kommunikatsiya markazlari ishiga
xalal berish kabilardir. Bu muammolar aloqa standartlarini takomillashtirish
orqali hal etib borilmoqda.
Simsiz texnologiyalar taraqqiyotining ahamiyatli jihati shundaki, bu
texnologiyalardan uy sharoitidagi foydalanuvchilar qulay tarzda foydalana
olishlaridir. Uy tarmog’i qurilmalari sonining ortishi bilan ushbu qurilmalarni
birbiri bilan ulovchi ko’plab simlar bu tarmoqning asosiy muammosiga aylanib
bormoqda. Bu o’z navbatida simsiz texnologiyalarga o’tishga sabab
tug’dirmoqda. Simsiz texnologiyalarning yakka tartibda foydalanuvchilari soni
salmoqli bo’lsada tezkor o’sib boruvchi segmenti - bu uning korporativ
foydalanuvchilari hisoblanadi. Ma’lumotlarni simsiz uzatish muhim strategik
vosita hisoblanib korxonada unumdorlikni oshishi (hodimlar korporativ
axborotlarga doimiy va tezkor ega bo’ladilar, ular yangiliklardan tezkor boxabar
bo’ladilar) ni ta’minlaydi, mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshiradi (bir
5
vaqtning o’zida ularning shikoyatlarini va xohishlarini qabul qilish hamda bir
vaqtning o’zida sezish mumkin), raqiblarga nisbatan ustunlikni yaratadi
(axborotlarni almashish va qaror qabul qilish tezliklarini oshishi). Bir so’z bilan
simsiz texnologiyalarni kelajak texnologiyalari deb aytishimiz mumkin.
Wi-Fi. Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunga kelib kompyuter olamida eng
perspektiv kompyuter tarmoq tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Wi-Fi (Wireless
Fidelity) — ingliz tili so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, «simsiz vafolik»
ma’nosini anglatadi. Wi-Fi texnologiyasi deb raqamli ma’lumotlarni
radiokanallar orqali jo’natish turlaridan biridir. Ushbu texnologiya yaratilishida
avvalo korporativ foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, kabelli tarmoqni
o’rnini egallashi bashorat qilingandi. Bizga ma’lumki albatta kabelli tarmoqli
kompyuter tarmog’ini yaratish uchun bir necha ming kabel tarmog’ini qo’lda
o’rnatish hamda maxsus tarmoq topologiyasini o’rnatish talab qilinishini hamma
bilishligi aniq. Wi-Fi — radiochastotalarning qisqartirilgan boshqaruv
chastotalarida ishlovchi simsiz ma’lumot almashinish standartlashtirilgan
6
texnologiyasi. Odatda Wi-Fi tarmog’i orqali WLAN(Wireless Local Area
Network — Simsiz Lokal Tarmoq) tarmoqlar yaratiladi. Ushbu tarmoqda albatta
yuqori radioto’lqinlar orqali aloqa tashkil qilinuvchi hamda ma’lumot
almashinishini ko’rish mumkin bo’ladi. Bu tizim kabelli tarmoqni kengayishi
yoki unga alternativ sifatida bitta ofis, butun bir bino yoki bir maydon
territoriyasida ishlatiladi. Wi-Fi texnologiyasi minglab kabel tarmog’ini
tushirish kabi mablag’li jarayon uchun mablag’laringizni tejash bilan birga,
o’rnatishni oddiyligi esa murakkab texnik o’rnatish jarayonlariga vaqtni iqtisod
qilinishini bu tarmoqni boshqa tarmoqlardan ustun qilib qo’yadi. Simsiz
tarmoqlar radiochastotalardan foydalanishiga sabab radioto’lqinlar bino yoki
umuman ofislardagi devor yoki shunga o’xshagan to’siqlardan ham o’tib
ketaveradi va umuman hech narsa unga to’siq bo’la olmaydi(masofadan tashqari
albatta!). Simsiz tarmoqlar o’z-o’zidan kabelli tarmoqlardan ishonchliroq
hisoblanadi. Ko’pchilik WLAN tarmoqlarini diapazoni yoki qoplash maydoni
160 metrni tashkil qiladi, bu albatta uning yo’lidagi to’siqlarning qanaqaligiga
va qanchaligiga bog’liq bo’ladi. Ushbu tarmoqni ishlash tezligi kabelli tarmoq
bilan tenglashashi ham mumkin va undan bir necha barobar yuqori ham bo’lishi
mumkin.
WI-FI TEXNOLOGIYASI
Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunga kelib kompyuter olamida eng perspektiv
kompyuter tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Wi-Fi (Wireless Fidelity) —
ingliz tili so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, «simsiz bog’lanish» ma’nosini
anglatadi. Wi-Fi texnologiyasi raqamli ma’lumotlarni radiokanallar orqali
jo’natish turlaridan biridir. Ushbu texnologiya yaratilishida avvalo korporativ
foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, kabelli tarmoqni o’rnini egallashi
bashorat qilingandi. Bizga ma’lumki kabelli tarmoqli kompyuter tarmog’ini
yaratish uchun bir necha ming kabel tarmog’ini qo’lda o’rnatish hamda maxsus
tarmoq topologiyasini o’rnatish talab qilinadi. Wi-Fi radiochastotalarning
qisqartirilgan boshqaruv chastotalarida ishlovchi simsiz ma’lumot almashinish
standartlashtirilgan texnologiyasi. Odatda Wi-Fi tarmog’i orqali
7
WLAN(Wireless Local Area Network — Simsiz Lokal Tarmoq) tarmoqlar
yaratiladi. Ushbu tarmoqda yuqori radioto’lqinlar orqali aloqa tashkil qilinuvchi
hamda ma’lumot almashinishini ko’rish mumkin bo’ladi. Bu tizim kabelli
tarmoqni kengayishi yoki unga alternativ sifatida bitta ofis, butun bir
bino yoki bir maydon territoriyasida ishlatiladi. Wi-Fi texnologiyasi
minglab kabel tarmog’ini tushirish kabi mablag’li jarayon uchun
mablag’laringizni tejash bilan birga, o’rnatishni oddiyligi esa murakkab texnik
o’rnatish jarayonlariga vaqtni iqtisod qilinishini bu tarmoqni boshqa
tarmoqlardan ustun qilib qo’yadi. Simsiz tarmoqlar radiochastotalardan
foydalanishiga sabab radioto’lqinlar bino yoki umuman ofislardagi devor yoki
shunga o’xshagan to’siqlardan ham o’tib
ketaveradi va umuman hech narsa unga to’siq bo’la olmaydi(masofadan
tashqari
albatta!). Simsiz tarmoqlar o’z-o’zidan kabelli tarmoqlardan ishonchliroq
hisoblanadi. Ko’pchilik WLAN tarmoqlarini diapazoni yoki qoplash
maydoni 160 metrni tashkil qiladi, bu albatta uning yo’lidagi to’siqlarning
qanaqaligiga va qanchaligiga bog’liq bo’ladi. Ushbu tarmoqni ishlash tezligi
kabelli tarmoq bilan tenglashashi ham mumkin va undan bir necha barobar
yuqori ham bo’lishi
mumkin. Bu albatta qaysi standartidan foydalanishga ham bo’gliq bo’ladi.
1-rasm. Wi-Fi aloqa tarmog’i Xuddi oddiy tarmoqlar kabi WLAN
tarmog’ida ham ma’lumotlarning o’tkazuvchanlik qobiliyati uning
topologiyasidan, yuklanishidan, yuklanish nuqtasining masofasiga va shu kabi
parametrlarga bog’liq bo’ladi. Ushbu tarmoqni eng qulay tomonlaridan
birinchisi uni oson o’rnatilishida bo’lsa ikkinchisi esa Wi-Fi tarmog’ini
kengaytirishdagi muammolarni umuman yo’qligi yoki boshqacha qilib aytganda
ushbu tarmoq kengayishi oson bo’lgan eng sodda tarmoq hisoblanadi desam
mubolag’a bo’lmasa kerak. Ushbu WLAN tarmo’gini kengaytirish uchun esa
amaliy jihatdan yondoshib qaraganda yangi ulanish nuqtalarini yaratishning
o’zigina kifoya. Wi-Fi qurilmasini yoki razvyortkasini sotib olayotgan
8
foydalanuvchi o’zini bemalol quyidagi imkoniyatlarni ega deb hisoblashi
mumkin:
1. Ko’p funksional multiservisli simsiz aloqa bilan birgalikda qo’shimcha
qurilmalar bilan ishlovchi maxsus qurilma
2. Yuqori tezlikda uzoq masofalarga ma’lumot almashinish imkoniyatiga
ega bo’lasiz
3. Tarmoqni kengaytirish uchun deyarli hech qanday ishni amalga
oshirishni
keragi yo’q:yangi foydalanuvchi tarmoqqa ulanish uchun tarmoqqa ulanish
parolini bilishi buning uchun yetarli hisoblanadi.
4.Ushbu foydalanuvchi internet texnologiyalari hamda telekommunikatsiya
sohalarining eng oxirgi yutuqlaridan foydalanayotgan bo’ladi.
Quyidagi rasmda Wi-Fi tarmog’iga ulanish qurilmalari keltirilgan.
2-rasm. Wi-Fi tarmog’iga ulanish qurilmalari
Xuddi oddiy tarmoqlar kabi WLAN tarmog’ida ham ma’lumotlarning
o’tkazuvchanlik qobiliyati uning topologiyasidan, yuklanishidan, yuklanish
nuqtasining masofasiga va shu kabi parametrlarga bog’liq bo’ladi. Ushbu
tarmoqni eng qulay tomonlaridan birinchisi uni oson o’rnatilishida bo’lsa
ikkinchisi esa Wi-Fi tarmog’ini kengaytirishdagi muammolarni umuman
yo’qligi yoki boshqacha qilib aytganda ushbu tarmoq kengayishi oson bo’lgan
9
eng sodda tarmoq hisoblanadi desam mubolag’a bo’lmasa kerak. Ushbu WLAN
tarmo’gini kengaytirish uchun esa amaliy jihatdan yondoshib qaraganda yangi
ulanish nuqtalarini yaratishning o’zigina kifoya.
INTERNET – jahon bo‘yicha kompyuter tarmoqlaridan tuzilgan yaxlit
tarmoq bo‘lib, axborot almashinuvining yagona til – andoza – qoidalar majmuyi
asosida ishlaydi.
INTERNET tarmog‘i istalgan axborotni zamon va makoniga bog‘liq
bo‘lmagan xolda olish imkoniyatini yaratib beradi.
Apparat va dasturiy vositalarning rivojlanishi, mukammalligi va shu bilan
bir qatorda, ko`rinishidan soddaligi, ko`pchilik foydalanuvchilar tarmoqlari o`z
kuchlari bilan o`rnata oladigan darajaga keltirilgan.
Ammo har bir tarmoq bilan ishlovchi yoki tanishishni xohlagan
foydalanuvchi mavjud adabiyotlardan qoniqa olmasligi mumkin. Chunki
adabiyotlarning aksariyati ko`p va katta masalalarni bir kitob doirasida qamrab
olishga harakat qilingan.
Axborotlarni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi
hisoblsh texnikasi paydo bol`gandan beri mavjuddir.
10
Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni
birgalikda ishlashni tashkil qilish, bir masalani bir necha kompyuter yordamida
hal qilish imkoniyatini beradi.
Ayniqsa, Windows operatsion sistemasining oxirgi versiyalarida ancha
rivojlangan tarmoq vositalari mavjudligi maxsus tarmoq dasturlarini xarid
qilishdan ozod qiladi.
Bundan tashqari, har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga
ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish
hamda ko`pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bo`ladi.
Yana tarmoqning asosiy texnik ko`rsatkichlaridan biri – katta yuklamada
ishlash imkoniyatidir, ya’ni axborot almashish tezligi (yana boshqacha qilib
aytganda, katta trafik bilan).
Tarmoqda qo`llanilayotgan axborot almashinuvi boshqaruvchi mexanizm
unumli bo`lmasa, u holda kompyuterlar axborot uzatish uchun ko`p vaqt navbat
kutib qolishi mumkin.
Navbat kelganidan so`ng katta tezlikda va bexato axborot uzatilsa ham,
tarmoqdan foydalanuvchiga baribir tarmoq resurslaridan foydalanish uchun
ma’lum vaqt kutishga to`g`ri keladi.
Har qanday axborot uzatishni boshqarish mexanizmi kafolatlangan
ravishda ishlashi uchun, oldindan tarmoqqa ulanishi mumkin bo`lgan
kompyuterlar, axborotlar soni ma’lum bo`lishi kerak.
Rejalashtirilganidan ko`p kompyuterlarni tarmoqqa ulanishi, yuklamaning
oshishiga olib kelishi natijasida har qanday mexanizm ham axborotlarni
uzatishga ulgura olmay qolishi tabiiydir.
Nihoyat, tarmoq deb, bu so`zning tub ma’nosi kabi, shunday axborot
uzatish sistemasini tushunish kerakki, bu mahalliy bir necha o`nlab
kompyuterlarni birlashtirgan bo`lishi lozim.
11
2. INTERNETning tuzilmasi va tashkil etuvchilari
Internet (International Network –xalqaro kompyutеr tarmog`i)-butun
dunyoni qamrab olgan global kompyutеr tarmog`idir.
Hozirgi kunda Internet dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida 100
millionlab abonеntlarga ega.
Har oyda tarmoq miqdori 5-10% ortib bormoqda.
Internet dunyodagi turli xil ma'lumotga oid axborot tarmoqlari o`rtasidagi
o`zaro aloqani amalga oshiruvchi yadroni tashkil qiladi.
Internet qachonlardir faqat tadqiqot va o`quv guruhlarigagina xizmat qilgan
bo`lsa, hozirgi kunga kеlib, u ishlab chiqarish doiralari orasida kеng
tarqalmoqda.
Kompaniyalarni Internet tarmog`ining tеzkorligi, arzon, kеng qamrovdagi
aloqa, hamkorlik ishlaridagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon
12
bеruvchi programma, hamda ma'lumotlarning noyob bazasi ekanligi o`ziga
tortmoqda.
Arzon xizmat narxi evaziga (faqat Internet tarmog`idan yoki tеlеfondan
foydalanganliklari uchun oyma-oy to`lanuvchi doimiy to`lovni nazarda tutmasa)
foydalanuvchilar AQSh, Kanada, Avstraliya va boshqa ko`pgina Yevropa
mamlakatlarining tijorat yoki notijorat axborot xizmatlariga yo`l topadilar.
Internetning erkin kiriladigan arxivida insoniyat faoliyatining barcha
jabhalarini qamrab oladigan axborotlarga, yangi ilmiy yangiliklardan tortib, to
ertangi kungi ob-havo ma'lumotigacha bilib olish mumkin.
Ayniqsa, kommunikatsiyaga muhtoj shaxslar, tashkilot, muassasalar uchun
ko`pincha tеlеfon orqali to`g`ridan-to`g`ri aloqaga nisbatan Internet
infrastrukturasidan foydalanish anchagina arzon tushadi. Bu narsa, ayniqsa, chеt
ellarda filiallari mavjud bo`lgan firmalar uchun qulaydir, chunki Internet ning
konfidеntsial noyob aloqalari butun dunyo bo`yicha imkoniyatga ega.
Intеrnеt 1983 yildа yarаtilgаn dеb qаbul qilingаn bo’lib, shu yili
kоmp`yutеr аlоqаsini dаsturiy tа`minоtidа rеvоlyutsiоn o’zgаrish yuz bеrdi.
Intеrnеtning pаydо bo’lish vаqti uning аsоsini tаshkil etuvchi TPC/IP
qаydnоmаlаrilаrining stаndаrt sifаtidа qаbul qilingаn vаqti bilаn bеlgilаngаn.
Kоmp`yutеr tаrmоqlаrini tаrmоqlаr аrо intеrfеys-GATEWAY (shlyuz)
оrqаli birlаshtirаdi.
Bu tаrmоq turli dаvlаt kоrxоnаlаri, o’quv yurtlаri, xususiy kоrxоnаlаr vа
13
shаxslаrning yangi kоmp`yutеr tеxnоlоgiyalаrini yarаtish, jоriy qilish vа
ulаrning shu sоhаdаgi hаrаkаtlаrini birlаshtirish uchun xizmаt qilаdi.
Hоzirdа u butun dunyo qit`аlаrini o’zidа birlаshtirаdi.
Intеrnеt tаrkibidаgi bа`zi kоmp`yutеr tаrmоqlаri CSNET, NSFNET-o’z
nаvbаtidа kаttа tаrmоqlаr bo’lib, o’zlаri hаm bir nеchа tаrmоqlаrdаn ibоrаt.
Intеrnеt ishini kоrdinаtsiya qilishni NIC (NetWork Information Centre)
Stеnfоrt univеrsitеtidаgi SRI (Stanfort Research Institute, ko’pinchа SRI-NIC
dеb yuritilаdi) mаzkаz tоmоnidаn bоshqаrilаdi.
Intеrnеtdа TELNET (Tеlеfоn tаrmоg’i) uzоqqа uzаtish, FTP (File
Transport Protocol) fаyl uzаtish, SMTP (Simple Mail Transport Protocol) оddiy
pоchtа jo’nаtish qаydnоmаlаridаn elеktrоn pоchtа uchun fоydаlаnilаdi.
MCI, ICT o’z mijоzlаrigа pоchtа, fаks vа tеlеks xizmаtlаrini ko’rsаtаdi.
NSFNET-АQShning milliy fоndi tаrmоg’i, eng yirik supеr kоmp`yutеrgа
ulаngаn bo’lib АQShdаgi ilmiy tаdqiqоt institutlаrini, kоrpоrаtsiya vа hukumаt
idоrаlаrini birlаshtirаdi.
UUNET-Sаvdо-sоtiq bilаn bоg’liq bo’lmаgаn tаrmоq bo’lib, USENET
yangiliklаrini UNIXdа bоshlаng’ich mаtnlаrni оlish kаbi ishlаrni tа`minlаydi.
UUCPNET (Unix to Unix Copy)-Xаlqаrо elеktrоn pоchtа bo’lib,
mа`lumоtlаr UUCP ismli dаsturlаr оrqаli jo’nаtilаdi.
UUCP-uzаtish uchun qаydnоmа, kоmmunikаtsiya mаqsаdlаri uchun fаyllаr
to’plаmi, kоmmunikаtsiоn dаsturlаr uchun esа buyruqlаr to’plаmidir.
Undаn elеktrоn pоchtаlаr yubоrish vа tеlеkоnfrеnsiyalаrdа qаtnаshish
uchun kеng fоydаlаnilаdi.
14
Butun dunyo miqyosidа kоmp`yutеrlаr оrqаli mulоqоt bo’lishi uchun ulаr
bir-birini tushunishi kеrаk.
Kоmp`yutеrlаr mutаnоsibligini tа`minlаsh mаqsаdidа ITO-(International
Telecommunication Union) Xаlqаrо tеlеkоmmunikаtsiya uyushmаsi tаshkil
qilingаn.
U tеlеfоn vа mа`lumоtlаrni uzаtish tizimlаrini nаzоrаt qiluvchi 3 tа
оrgаndаn ibоrаt.
Bu оrgаn CCITT dеb nоmlаnаdi vа tеlеvоn, tеlеgrаf, mа`lumоtlаrni uzаtish
xizmаti sоhаsidа tаkliflаr ishlаb chiqаdi.
Xаlqаrо аndоzаlаsh ISO (Organization and Standartizations-Xаlqаrо
аndоzаlаsh tаshkilоti) - U o’zidа 100 dan оrtiq mаmlаkаtlаrni birlаshtirgаn.
IEEE xаlqаrо tаshkilоt (Institute of Electrical and Electronics Enginers)
turli jurnаllаr chiqаrishdаn tаshqаri elеktrоn vа hisоblаsh tеxnikаsi bo’yichа
ko’plаb аndоzаlаrni ishlаb chiqаradi.
Lоkаl tаrmоq uchun IEEE 82 аndоzаsi аsоsiydir.
Shu bilan birga yana bir narsani aytish lozimki, yaqindan bеri bosma
nashrlarni kompyutеr tarmog‘i kanali orqali tarqatish boshlandi.
Tеz-tеz bizga kеrakli gazеta va jurnallarimizning oxirgi ma'lumotlarini
WWW so‘zlaridan boshlangan manzilda ko‘rish va uni shu manzildan nusxasini
ko‘chirib olish mumkin dеgan so‘zlar ko‘proq uchrab turibdi.
Shu bilan birga elеktron nashrlar tushunchalarining qamrovi oyma-oy
kеngayib bormoqda.
Yangi-yangi elеktron usulda chop etilgan jurnallar paydo bo`lmoqda.
Internetning tuzilmasi va tashkil etuvchilarini NFSnet (National Science
Foundation Net – Milliy ilmiy fondler tarmog’i) tashkil etadi.
Bu tarmoq AQSH hududi bo’ylab tarqalgan 10dan ortiq aloqa tugunlari
(uzeli) kabellar yordamida o’zaro birlashtirilgan tugunlarga kompyuterlar
ulanadi.
15
Boshqa mamlakatlardagi aloqa tugunlari tayanch tugunlariga to’g’ridan-
to’gri ulanadi, o’z navbatida u tugunlarga boshqa tugunlar ulanib tarmoq
daraxtsimon tuzilmadagi barglarga o’xshab ko’payib boradi.
Shu tariqa jahon kompyuter tarmog’i Internet shakllanib taraqqiy etmoqda.
Tayanch tarmoqqa bevosita yoki bilvosita ulangan boshqa tarmoqlar,
Internetning asosiy hizmatlarini o’zida mujassamlashtirgan holda Internet
qismlarini tashkil etuvchilari hisoblanadi.
World Wide Web (WWW, tarjimasi – Jahon o’rgimchak to’ri) Internetning
eng yaxshi hizmatlaridan bo’lib, matn, grafik axborot, tovushli fragmentlardan
tasgkil topgan hujjatlar bilan ishlash imkoniyatini yaratib beradi.
WWW foudalanuvchiga Internetning istalgan qismidagi serverdagi
hujjatni topib o’qishni ta’minlovchi tizimdir.
WWWning muhim hossalaridan biri hujjatlarga gipermatn ishoratlari
(«Ссылка»лaри) kiritilishi mumkinligidadir.
Bu ishoratlarning afzalligi shundan iboratki, ular yordamida
foydalanuvchi yangi hujjatni ekranga yuklash jarayonini juda oson yo’l bilan
amalga oshiradi: ya’ni sichqoncha ko’rsatkichi gipermatndagi kerakli ishoratga
keltirilib bosilishi kifoya.
Istalgan hijjat boshqa hujjatlarga ishoratlarni ma’lum ko’rinishda saqlashi
mumkin.
Agar matnda boshqa hujjatlarga ishorat bo’lsa, bunday hujjat Gipermatn
deyiladi.
Amalda WWW tizimida barcha hujjatlar gipermatn ko’rinishida bo’lib,
ko’pchiligi grafik tasvir, tovush ma’lumotlari va videofragmentlarni o’z ichiga
oladi.
4. Internetning resurslari va ulardan foydalanish usullari
Citations (0)
References (7)
PRACTICAL WAYS TO LEARN AND USE THE EDUCATIONAL CLUSTER
Article
Full-text available
Bekjan Akhmedov
Majidov J.M.
View
Show abstract
CLUSTER METHODS OF LEARNING ENGLISH USING INFORMATION TECHNOLOGY
Article
Full-text available
Bekjan Akhmedov
Kuchkarov Sh
View
Show abstract
CLUSTER METHOD OF USING MOBILE APPLICATIONS IN THE EDUCATION PROCESS
Article
Full-text available
Bekjan Akhmedov
Eshnazarova M.Yu
Rustamov U.R.
Xudoyberdiyev R.F.
View
Show abstract
CLUSTER METHOD FOR THE DEVELOPMENT OF CREATIVE THINKING OF STUDENTS OF HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS
Article
Full-text available
Bekjan Akhmedov
M.X. Xalmetova
G.S. Rahmonova
Kh.S.Khasanova
View
Show abstract
Dostları ilə paylaş: |