Fanni o’qitishdan maqsad - bo’lajak kadrlarga jismoniy tarbiya va sport bo’yicha sport sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlarining maqsadi hamda vazifalari, sport musobaqalarini tashkil etish, ularning mazmuni, shakllari va tuzilishi to’g‘risida chuqur va kasbiy bilimlar bilan qurollantirishni ko’zda tutadi. Kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy –amaliy ahamiyat kasb etuvchi jismoniy madaniyat bo’yicha kasbiy bilimlar, ko’nikma va malakalar hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalana olish kabi bilimlar bilan qurollantirishni ko’zda tutadi.