Ataxonova Nargiza Ma'murovna Samarqand viloyati Qo'shrabot tumani XTB ga qarashli 37-maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi Annotatsiya: Bugungi kunda fanlarni o’qitishda jahon tajribalaridan foydalanish davr talabi hisoblanadi. Shu o’rinda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik, fanlar integratsiyasi asosida fanlarni o’qitishni yo’lga qo’yish muhim hisoblanadi. Ushbu maqola boshlang’ich talim tizimida fanlararo integratsiyaning ahamiyatiga bag’ishlangan. Kalit so’zlar:integratsiya, maqsad, muammo, o’quv reja, ko’p fanlar integratsiyasi, chegaradosh fanlar. Integratsiya - fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish bilan shug’ullanadi. U har xil turlar, usullar, uslublar, fanlararo integratsiya obyektlari asosida tuzilgan. Endigina maktabga qadam qo’ygan boshlangich sinf o’quvchilariga fanlarni o’zaro bog’lab va farqli jihatdan asoslab o’rgatish bir muncha qiziq va o’quvchilarni diqqatini, e’tiborini tortadigan jarayon bo’lib xizmat qiladi. Integratsiyaning sinflarga bo'linishini turli asoslarda qilish mumkin. Masalan: 1. maqsad va muammolar asosida 2. maktab tabiiy-ilmiy tizimidagi vazifalari asosida 3. qo'shiluvchi fan tarmoqlari asosida 4.integratsiya usullari va yo'llari asosida 5. o'quv rejasidagi o'rni asosida 6. darsni o'rganishda sarflangan vaqt asosida: 6. o'quvchilar uchun qiyinli darajasi asosida va h.k. Shuni e'tiborga olamizki, bu kabi asoslarni o’ziga dasturilamal qilib olgan o’qituvchilar odatda o'z oldilariga bir necha maqsad va muammolarni yechish masalasini qo'yadilar, shu sabali dars jarayonlari ko'p maqsadli, turli vazifali bo'ladi. Ko'p miqdordagi dasturlar va ularni tadbiq etishga urinishlarini ko'rib chiqib, biz umumta’lim maktablarida darslar qurilishining asosiy yo'nalishlarini ajratishimiz va ularni mohiyatiga qarab sinflarga bo'lishimiz mumkin. Integrativ ta'limning sinflarga bo'linishi (klassifikatsiya) quyidagicha: 1. Ko'p fanlar integratsiyasi. Ularni ya'ni universal yoki bir necha asosiy tizim darslarini almashtiruvchi umumiy deb ham atash mumkin. Masalan, o'qish, tabiat, rasm darslarining bitta umumiy darsga birlashtirish. Odatda, bunday darslarning mualliflari tabiiy fanlar materiallarini birlashtirib, ularni bir ma'lum tizimga keltirishida va o'z darslarini integrativ yoki kompleks (umumiy) deb ataydilar. Ko'rinib turibdiki boshlang'ich ta'lim tizimidagi tabiiy fanlar materiallarini berishda to'g'ri ketma-ketlikga faqat darslar tuzilishini saqlab qolibgina erishish mumkin. Ba'zi e'tiborli olimlar ta'kidlaydilarki, bu an’anaviy maktablarda ham tabiiy fanlarni ketma-ket o'rganish yo'li bilan ham hal qilinmoqda. Bir qator olimlar boshlang'ich ta'limga ham darslarga ajratib o'qitish ananalari tarqalgan deb hisoblaydilar. Tabiiy fanlarni o'qitishni tizim bo'yicha davom ettirishni bekor qilish va soddalashtirish uchun ko'pgina mualliflar gumanitar sinflar uchun umumlashtirilgan darslar taklif qiladilar. Bularga umumiy tushunchalar beruvchi, bolalarda tabiiy fanlarni o'rganishga qiziqish uyg'otish vazifasini bajaruvchi, tabiat haqida qiziqarli ko'rinishda hikoya qiluvchi boshlang'ich tabiiy fanlar darslari (masalan, boshlang'ich sinflardagi “tabiatshunoslik ”) kiradi. 2. Chegaradosh fanlar asosida tuzilgan darslar. Keng integratsiya jarayoni oldingi ilmiy yo'nalishlarni bog'lovchi yangi tabiiy fanlar va ilmiy yo'nalishlar hosil bo'lishiga olib keladi. Boshlang'ich sinflarda ekologik ta'limni kuzatib, o'qish , tabiatshunoslik, texnologiya (tabiiy materiallar bilan ishlash), rasm fanlarida ekologik mavzular kiritilgani ko'riladi. Bu fanlar asosida maktab integrativ tabiiy fanlari tuziladi. 3. Asosiy fanlar asosida tuzilgan darslar. Zamonaviy bilimlarning har bir bo'limini qamrab oluvchi asosiy fanlar asosida tuziladi. Ular qatoriga pedagogika, pedogogik texnologiya, pedogogik psixologiya, inson yoshi psixologiyasi, fan rivojlanishi jarayoni o'rganuvchi pedagogik psixologiya, informatika inson hayotining turli jarayonlarida ilmiy yo'nalish bo'lgan sistemalarning aloqalarini o'rganuvchi sinergetikaning qo'llanishi. Bu sinfdagi integrativ darslarni mazmuni shu fanlar ma'nosi va strukturasi asosida tuziladi. Yuqoridagi barcha mavzularning integrativ mazmunga ega va tadbiq etishga katta imkoniyatlari bor, afsuski, bunday darslar maktab ish faoliyatida qo'llanuvchi materialning va o'qitish uslubining murakkabligi tufayli hali keng tarqalgani yo'q. Qolaversa, bugungi kunda integrativ darslarni turli lokal (mahalliy) va global (umumjahon) muammolar asosida tadbiq etishga urinishlar ko'p uchraydi. Bunda tabiiy ilmiy fanlarning muammolar asosida birlashtirilishi qo'llaniladi. Bu sinfdagi integrativ darslar ( asosan ekologiya bilan bog'liq darslar) maktablar ish faoliyatida keng tarqalgan. Muammolar bo'yicha tuzilgan integrativ darslar rivojlanishiga global ta'limning rivojlanishi ham turtki bo'ldi. Bu yo'nalishning tarafdorlari zamonaviy shaxsning rivojlanishiga bugungi kunda mamlakatlarning va millatlarning ekonomika, fan, siyosat, ma'naviyatining uzviy bog'liqligidan kelib chiquvchi globallik omili kuchli ta'sir ko'rsatadi degan tasdiqlashni asos qilib olganlar. Tabiiy fanlarni o'zlashtirishni tekshirishlar natijalari shuni ko'rsatadiki, o'zbek o'quvchilari chet ellik o'quvchilarga nisbatan ko'p ma'lumot o'zlashtirsalar ham, uni tadbiq qilishda sezilarli darajada orqada qoladilar. Ko'pchilik bunga sabab asosiy ko'nikmalarning moslashtirilmaganida deb biladi. Sabab nimada? Balki ularning biri ko'p yillar davomida an'anaviy maktabda integrativ darslarga e'tibor berilmaganidadir? Xulosa qilib aytganda, fanlararo integratsiya qanchalik tez umumta’lim maktablarining darslariga kirib borsa, o’quvchilarning ham nazariya bilan amaliyotni birlashtirishi shunchalik tez bo’ladi.
1. R Mavlonova., N. Raxmonqulova..Boshlang`ich ta`limning integratsiyalashgan pedagogikasi. T.: “O`qituvchi” 2006-yil 2. I. Tursunov., U. Nishonaliyev “Pedagogika darsi”.T.:“O`qituvchi”-1997-yil