Bolalar nutqining rivojlanish bosqichlari X. U. Davlatova (AnDU) Annotation



Yüklə 57,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix25.12.2023
ölçüsü57,37 Kb.
#194525
  1   2   3   4   5


275 
BOLALAR NUTQINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI 
 
X.U.Davlatova (AnDU) 
 
Annotation. In the process of writing this article, we came to the conclusion that the 
study of speech act, the emergence and development of speech, the formation of speech 
competence in children’s speech: speech is a process and a result, as well as speech texts, 
oral and written, books, stories, songs appear in different guises. Speech is material, and it 
is perceived by the senses, this is only done in the process of using the language that 
manifests itself in speech.
Keywords: speech act, speech texts, speech competence, communication, upbringing, 
language. 
Аннотация. В процессе написания данной статьи мы пришли к выводу, что 
изучение речевого акта, возникновения и развития речи, формирования речевой 
компетенции в детской речи: речь – процесс, а результат – речевые тексты, устные 
и написано, книги, рассказы, песни появляются в представлениях. Речь материальна 
и воспринимается органами чувств – это происходит только в процессе 
использования языка, который проявляется в речи.
Ключевые слова: речевой акт, речевые тексты, речевая компетенция, 
общение, образование, язык. 
Nutq mahorati terminiga o‘nlab yetuk olimlar tomonidan ko‘plab ta’riflar berilgan. 
Ulardan eng samarali izlanishlar olib borganlaridan biri A.Leontyevdir, uning fikricha, 
“mukammallikka erishilgan nutq bo‘lishi uchun o‘ylash jarayonining butunligi, amalga 
oshirish jarayonida spontanligi, avtomatizmi va barqarorligi bilan ajralib turadi” [11:214]. 
Nutq va til kompetensiyasi haqidagi fikrlar, muloqotning keng nutq amaliyoti 
ekanligi, turli janrdagi adabiyotlarni o‘qishning katta hajmi bilan belgilanishi va 
kommunikativ kompetensiya, nutq kompetensiyasining diskursiv xususiyatga ega ekanligi 
hamda talabalar og‘zaki xulq-atvorining aks ettirishi N.N.Romanova tomonidan tahlil 
qilindi.[8] 
So‘zdan foydalanishning to‘g‘riligi muloqotga kirishuvchilarning nutq mavzusini qay 
darajada bilishi, qanchalik bilimdon ekanligi, mantiqiy fikrlay olishi, til konunlari va uning 
qoidalarini bilishiga bog‘liq. Ushbu maqolani yozish jarayonida nutqiy akt, nutqning paydo 
bo‘lishi, rivojlanishi, bolalar nutqida nutqiy kompetensiyaning shakllanishiga oid 
materiallarni o‘rganish mobaynida shunday xulosaga keldik. Nutq jarayon va natija bo‘lish 
bilan birgalikda, nutq matnlari, og‘zaki va yozma, kitoblar, hikoyalar, qo‘shiqlar kabi turli 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Nutq moddiy bo‘lib, uni hislar idrok etadi, bu faqat nutqda 
o‘zini namoyon qiladigan tilni qo‘llash jarayonida amalga oshadi. 
Oila – bu bolalarning nutqi shakllanishida asosiy maskan hisoblanadi va bu dargohda 
bola kamol topib, voyaga yetadi. Barchamizga ma’lumki, farzandlarimiz uch yoshga 
to‘lguncha nutqiy tarbiya asoslarini oila a’zolaridan o‘rganadilar va bu jarayon nutqni 
rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga egaligi bilan alohida o‘rin tutadi. Shu o‘rinda, 
bolalarning chaqaloqlik davrlaridan boshlab nutqining rivojlanishiga oid ayrim fikrlarni 
keltiramiz. 
Chaqaloqlar ikki oylik bo‘lganlaridan so‘ng yig‘lash, qo‘llarini qimirlatish va turli 
shakldagi tovushlarni chiqarishni boshlaydilar. Chaqaloqlar 3-4 oyga to‘lganlarida ota-
onasi, birga yashovchi va boshqa insonlar bilan ko‘z hamda tabassum orqali aloqa qilishni 
boshlaydilar va o‘sha odamning yuz ifodasini kuzatadilar. Agar chaqaloqqa nisbatan 


276 
erkalatuvchi so‘zlar bilan murojat qilinsa, ularning yuz ifodasida kulgu alomatlari seziladi. 
Aksincha, do‘q-po‘pisaga o‘xshash so‘zlar qo‘llansa, (ha, seni qara-yu, yig‘lamasdan birpas 
jim yotsang bo‘lmaydimi) ularning yuzlarida yig‘i alomatlari bilina boshlaydi, lablarini 
bujmaytirib yig‘lashni boshlaydilar. Asta-sekinlik bilan shu davrdan boshlab quvnoq va 
kulgiga o‘xshash tovushlarni chiqara boshlaydilar. Taxminan, 5 oylikdan boshlab tovush 
hosil bo‘lishini va artikulyatsiya harakatlarini boshqarish qobiliyati rivojlanadi. Ovozlari 
bilan qiyqiriq tovushlar chiqarishni boshlaydilar.
Chaqaloqlar 6 oylik bo‘lganlaridan boshlab, atrofdagilarga ko‘proq e’tibor berishni 
boshlaydilar va asta-sekin kattalar e’tiborini o‘zlariga jalb qilish uchun imo-ishoralar, 
qarashlar, tovushlardan foydalanadilar. Ular 10 oyliklardan boshlab inson nutq tovushlariga 
o‘xshash tovushlarni baqiriqlar, chinqiriqlar orqali chiqara boshlaydilar. Ular ilk so‘zlarni 9-
12 oyliklarida

Yüklə 57,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin