№4 2022
132
BO‘G‘IN USTIDA ISHLASH
Merxanova Lazzat Sansizbayevna
Navoiy viloyati Zarafshon shahar 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang'ich sinf o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7249249
Annotatsiya: Bo'g'in murakkab tushuncha bo'lgani uchun boshlang'ich sinflarda
uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko'ra, o'quvchilarda so'zni bo'g'inlarga bo'lish
ko'nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi. O'quvchilar so'zni bo'g'inlarga
bo'lishda so'zda nechta unli bo'lsa, shuncha bo'g'in bo'ladi,
degan tushunchaga
asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o'rgatish davridayoq hosil qiladilar.
Kalit so‘zlar: Undosh va unli tovushlar, O'zbek grafikasi, ko'nikma, og'zaki va
yozma, bo'g'in.
Bolalar yozilgan so'zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so'zda nechta unli
bo'lsa, uni shuncha qism (bo'g'in)ga bo'ladilar. 1-sinfda o'quv
yilining birinchi
yarmida og'zaki va yozma tarzda bo'g'inlarga bo'lish, shuningdek, o'qituvchi
topshirig'iga ko'ra, muayyan bo'g'inli so'z tanlash mashqlari har darsda o'tkaziladi.
So'zni bo'g'inlarga to'g'ri va tez bo'lish ko'nikmasini hosil qilish 1-sinfda
o'tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O'quvchilar o'qish va yozish
jarayonini egallashda mana shu ko'nikmaga tayanadilar. O'zbek grafikasida bo'g'in
tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O'quvchi so'zni to'g'ri yozish uchun uni avval
bo'g'inlarga bo'ladi. Bo'g'inlardagi tovushlarning o'zaro bir-biriga ta ’sirini aniqlaydi,
undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi. O'quvchi
quyidagicha m uhokam a yuritadi: — „Vatan" so'zida ikki bo'g'in bor.
Birinchi
bo'g'inga va; ya’ni v, a harflarini yozaman, ikkinchi bo'g'inga tan: ya’ni t, a, n
harflarini vozaman. O'quvchi so'zni bo'g'inlarga bo'lish, bo'g'indagi har bir
tovushning o'rnini, tartibini aniq ko'z
oldiga keltirib, bo'g'inlab aytish ko'nikmasiga
ega bo'lsa, so'zdagi harflarni tushirib qoldirmay, o'rnini almashtirmay yoza oladi.
Shuning uchun bo'g'in ustida ishlashga so'zni bo'g'inlab ko'chirib yozish. bo'g'inlab
diktovka bilan yozish (bo'g'inlab izohlab yozish) mashqlarini ham kiritish lozim.
Ikkinchidan, so'zni bo‘g‘inlarga bo‘lish ko'nikmasi o'quvchilar uchun so'zning oldingi
qatorga sig‘may qolgan qismini keyingi qatorga bo‘g‘inlab to‘g‘ri ko'chirish uchun
zarur. O 'quvchilar „So'zlar bir yo'ldan ikkinchi yo'Iga bo'g'inlab ko'chiriladi" va „Bir
harfdan iborat bo'g'inni oldingi yo'lda qoldirib yoki keyingi yo'lga ko'chirib bo'lm
aydi" degan asosiy bo'g'in ko'chirish qoidalarini I sinfdayoq o'rganadilar.
Oddiy
tuyulgan birinchi qoida ham so'zni bo'g'inlarga bo'lish, bo'g'in ko'chirish qoidasiga
mos keladigan maktab, Ra ’no, singil kabi so'zlar misolida juda ko'p mashqlar bilan
№4 2022
133
mustahkamlashni talab etadi. Bolalar, ayniqsa, singil, ko'ngil, tongi kabi so'zlarni
bo'g'inga bo'lishda qiynaladilar, chunki bu so'zlarda bitta jarangli undosh tovaish ng
harf birikmasi bilan ifodalanadi. Bu so'zlarni bo'g'inga bo'lishda bu ikki harf singlim,
ko‘ng-lim, tong-gi so'zlaridagi kabi oldingi bo'g'inda qolishi,
yoki si-ngil, ko‘-ngil,
to-ngi so'zlaridagi kabi keyingi bo'g'inga ko'chirilishi kerak (Bir tovushni ifodalagan
harfni ikkiga bo'lib bo'lmaydi). Keyingi qoida esa aka, ota, oila, mudofaa, mutolaa
kabi so'zlar misolida yanada ko'proq mashq bilan o'rgatish va mustahkamlashni talab
etadi. Bu qoidalar keyingi sinflarda yangi murakkabroq so'zlar
misolida
mustahkamlab boriladi. Dasturga ko'ra, tutuq belgili {ma’no, sun’iy kabi) so'zlarni
bo'g'inga bo'lish va ko'chirishda tutuq belgisi har doim birinchi bo'g'inda bo'lishi,
katta, ikki kabi ikkita bir xil undoshli so'zlarni bo'g'inga bo'lganda ikkita bir xil
undoshning biri oldingi bo'g'inda qolishi, ikkinchisi keyingi bo'g'inga o'tishi (kat-la,
ik-ki kabi) o'quvchilarga 2-sinfdayoq o'rgatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.K. Qosimova. Boshlang'ich sinflarda imlosi qiyin so'zlarni o'rgatish. — Т.:
1964.
2.R. Safarova va boshq. Savod o'rgatish darslari (Alifbeni o'qitish bo'yicha
metodik qo'llanma). - Т.: „Ma’naviyat", 2003
3.
www.ziyouz.com