Reja: 1.Biznesni tashkil etish tartibi; 2.Biznesni tashkil etishning xususiyatlari va ularning mazmuni; 3.Biznesni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab quvvatlash; 4.Biznesni qayta tashkil etish va yopish tartibi.
Biznesni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi, biznes faoliyatilar to‘g‘risidagi, xususiylashtirish va davlat tasaruffidan chiqarish to‘g‘risidagi va boshqa bir qator me’yoriy xujjatlarda ko‘p ukladlilik asoslari belgilanib, ular mulkchilikning barcha shakllarining teng huquqliligini qaror toptirish, mulkdorlarning huquqlarini qat’iy himoyalanishi, xususiy mulkni yanada himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish va chet el investitsiyalarini jalb etishga qaratilgandir. Tovar-pul munosabatlari rivojlanayotgan va boshqariladigan bozor sharoitida mulkchilikning barcha shakliga mansub biznes faoliyatilarni barpo etish, ular faoliyatining, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy xuquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari mazkur me’yoriy xujjatlarda keng yoritib berilgan. “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunida belgilab qo‘yilgan mulk shakllariga muvofiq quyidagi turdagi biznes faoliyatilarga bo‘linadi:
-O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek ajnabiy fuqarolarning individual (xususiy) mulkiga asoslangan biznes faoliyati;
-jamoa mukiga asoslangan jamoa, oila, maxalla, ishlab chiqarish kooperativlari; kooperativlarga qarashli, aksiyali jamiyatlarga, mas’uliyatli cheklangan jamiyatlarga, o‘zga xo‘jalik jamiyatlari yoki shirkatlariga qarashli; jamoat tashkilotlarining, diniy tashkilotlarining va jamoa mulkchiligining boshqa shakllariga asoslangan biznes faoliyati;
-davlat mulkiga asoslangan respublika davlat, Qoraqalpog‘iston respublikasi davlat korxonalari, kichik va xususiy, viloyatlararo, viloyat, tumanlararo, tuman, shaxar davlat korxonalari, kichik va xususiy biznes faoliyatlarining boshqa turlari;
-to‘la yoki ulush qo‘shib ishtirok etishga asoslangan (qo‘shma biznes faoliyatilar) respublika mulki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ajnabiy xuquqiy shaxslar, firmalar va davlatlar mulki bo‘lgan biznes faoliyati;
-mulkchilikning aralash shakllariga asoslangan biznes faoliyati.
Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, biznes faoliyati ishlovchilar soniga qarab kichik biznes faoliyatilar jumlasiga kiritilgan, bunday biznes faoliyatilarni barpo etish va ular faoliyatining o‘ziga xos jixatlari, maqomi, ularni ro‘yxatga olish shartlari, shuningdek biznes faoliyatilarni bu turga kiritish tartibi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar mahkamasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tartibga solinadi.
Kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, uni rivojlantirishning xuquqiy asoslari, shuningdek rag‘batlantirish yo‘llari “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida” (1991 yil 15 fevral) va “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi (2005 yil 21 sentyabr) Farmonlarda o‘z aksini topdi. Mazkur qonunlar tadbirkorlikning iqtisodiy va xuquqiy mustaqilligiga kafolat beradi, ularning huquq va ma’suliyatini aniqlaydi, tadbirkorlarning boshqa biznes faoliyatilari davlat boshqaruvi idoralari bilan munosabatlarini tartibga soladi. Bundan tashqari, fuqarolarning tadbirkorlik qobiliyatini butun choralar bilan ishga solish, ularning ishbilarmonligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirishning xuquqiy kafolatlrini belgilash asosida bozor munosabatlarini jadallashtirishga qaratilgandir. Tadbirkorlik to‘g‘risidagi me’yoriy xujjatlar mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllarini erkin tanlash, bu shakllarning tenghuquqlilik asosida amal qilishi, o‘zaro hamkorlik va erkin raqobatlashuv ta’minlanadigan sharoitlarning yaratilishiga kumaklashadi. Tadbirkorlikning o‘zi- uning faoliyatini amalga oshirish asoslari va rivojlantirishning asosiy qoidalari nimalardan iborat?
Tadbirkorlik-mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida, amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishidir.
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik:
-tadbirkorning shaxsiy mol-mulki asosida;
-tadbirkorning boshqa fuqarolar va yuridik shaxslar, shu jumladan ajnabiy fuqaroalar xamda yuridik shaxslarning mol-mulklarini turli shakllarda jalb etishi asosida;
-tadbirkorning davlat va jamoat tashkilotlari mol-mulklaridan foydalanishi asosida;
-yuqorida qayd etilgan shakllarni qo‘shib olib borish asosida amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik faoliyatning va mulkdor bilan bo‘lgan munosabatlarning xarakteridan kelib chiqqan xolda tadbirkorlik faoliyati mulkdor tomonidan ham, xo‘jalikni to‘liq yuritish huquqi asosida (ana shu chegaralari mulk egasi tomonidan belgilangan xolda) mulkdorning mol-mulkini idora qiluvchi sub’ekt tomonidan ham amalga oshiriladi. Har qanday shakldagi tadbirkorlik mulk egasining ishlab chiqarish jarayonida shaxsan bevosita ishtirok etishiga va boshqa fuqarolarning mexnatini qo‘llash yo‘li bilan foydalanishiga asoslanadi.
Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
-qonun bilan taqiqlanmaydigan har qanday tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda tadbirkorning o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkdan foydalanish erkinligi;
-tadbirkorning xo‘jalik faoliyatini yuritishdagi va faoliyat maxsulini taqsimlashdagi mustaqilligi;
-tadbirkorning barcha turdagi ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini yuritishda, mulk shakllaridan qat’iy nazar, qonun oldida teng huquqliligi;
-tadbirkorlikni amalga oshirish vva xodimlar yollashning ixtiyoriyligi;
-daromad olishning manbalari va usullari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, solik idoralari xuzurida xisob berishning asoslov (deklarativ) shakli, tadbirkorlarning daromadlarini yashirib qolganlik (pasaytirib ko‘rsatganlik) uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan moddiy javobgarligi.