Biologiya oʻqituvchisining innovatsion modeli Bugungi kunda mamlakatimizda boshqa fanlarga berilayotgani kabi tabiiy fanlarga ham e’tibor juda yuqori. Respublika umumta’lim maktablarida tabiiy fanlarni o‘qitilishini nazorat qilish va shart-sharoitlar yaratish juda muhim hisoblanadi.
Hozirgi kunda o‘quvchilar, talabalar, tinglovchilar aqliy ta’limini rivojlantirish uchun ta’lim va tarbiya birligiga beriladigan bilimning ilmiy bo‘lishi, bilimning sistemali va izchil bo‘lishi barobarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga erishilmoqda
Har bir dars o‘quvchi uchun yangi axborot hioblanadi. Ayniqsa, yangi o‘quv materiali orqali o‘quvchilarni bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy ta’lim sifatini ta’minlovchi omildir. O‘quvchilarga yangi bilimlarni berish va olingan yangi bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirish uchun kichik guruhlarda ishlash, vizuallashtirish, mustaqil ijodiy ishlash, o‘yin mashqlari va rolli o‘yinlar kabi noan’anaviy ta’lim metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Mana shularni hisobga olgan holda, ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish borasida bugungi kunda juda ko’plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda
O‘quv jarayonining markazida o‘quvchi shaxsi va qadri, ma’naviyati turar ekan, har bir o‘qituvchi bu jarayonni samarali va qiziqarli qilib tashkil qila olishi kerak. Shuni e’tiborda tutish kerakki, shaxsga qaratilgan ta’lim, o‘quvchining o‘quv-biluv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, uning qiziqish, xohish, talab-istaklarini ro‘yobga chiqaruvchi kuch bo’lib xizmat qiladi. O‘quvchi shaxsiga qaratilgan ta’lim, o‘quvchining faolligini oshirish, mustaqil, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, mustaqillligi va erkinligini ta’min etish, qiziqishlari asosida ish yuritish, ichki imkoniyatlarini ishga solish, o‘z qiziqishlari orqali qo‘shimcha ta’lim olishga yo‘llash, o‘z-o‘zini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish maqsadida darslarda turli o‘yinlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O’yinlar vositasida darslarni tashkil etish o’quvchilar biologik qonuniyatlar, hodisalar va hayotiy jarayonlarni o‘rganish faoliyatini rivojlantiruvchi usullardan biridir. O‘yinlar o‘quvchilarning erkin fikrlash, mustaqil xulosa chiqarish, muammoli vaziyatlardan chiqa olish qobiliyatini oshiradi, tez javob topish ko’nikmasini rivojlantiradi, ziyrakligini orttiradi. O‘yin darslari o’qitishning faol shakllaridan biridir. O‘yin darslarining asosiy maqsadi o‘quvchilarning o‘quv jarayoniga qiziqishlarini orttirish va bu bilan o‘qish samaradorligini oshirishdir [3].
O‘yin darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarning o‘quv jarayoniga qiziqishlarni oshirish va bu bilan o‘qish samaradorligini oshirishdir. Tashqaridan qaraganda o‘yin yengil, betashvish ko‘rinishda, aslida boladan maksimum energiya berilishini aql, sabr toqat, mustaqillik kabi jihatlarni ishga solishni talab etadi. O‘yin jarayoni biroz shovqin va tartibsizlik bilan kechgani uchun o‘qituvchilar ko‘pincha jim o‘tirib tinglaydigan, shovqinsiz o‘tadigan an’anaviy darslarni ma’qul ko‘radi [3].
Biologik o‘yinlar nihoyatda xilma-xil bo‘lib, ushbu o‘yinlar dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarning qiziqarli bo‘lishida, o‘quvchilarning biologiya faniga bo‘lgan qiziqishini oshirishda qulay va samarali vositalardan biri hisoblanadi.
Men bugungi kunda pedagogik amaliyot mashg‘ulotlarimda amaliyot olib borayotgan o‘qituvchim bilan birgalikda biologiya darslarida quyidagi o‘yinlar va interfaol metodlardan foydalandim:
“Kim ko‘p biladi” o‘yini. Bu o‘yinni biologiyaning xohlagan mavzusini o‘rganishda qo’llash mumkin. Har bir ishtirokchi biror-bir mavzu yuzasidan bittadan muammoli savol tuza olishi kerak. Savollar yozilgan qog‘ozlarni o‘qituvchiga topshiradilar, sinf o‘quvchilari ikki guruhga bo‘linadi. Boshqaruvchi qo‘llarni sanab, har biriga 1 balldan qo‘yadi. Har bir savolga bir o‘quvchidan javob so‘raladi. Agar javob noto‘g‘ri bo’lsa, o‘sha guruhdan 1 ball olib tashlanadi, qaysi guruh ko‘p ball to‘plasa, o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi.
“Xayoliy sayohat” o‘yini. Ta’limning bu o‘yini biologiya, geografiya, til adabiyot va boshqa fanlarda qo‘llanilishi mumkin. O‘simlik yoki hayvonlar tarqalgan biogeografik viloyatlarga xayolan sayohat qilib, uni yozma tarzda yozish talab etiladi. Ishtirokchi o‘zi mustaqil o‘sha joyni yozma tasvirlashi kerak. Kimning yozma tasvirlashi mazmunan yuqori saviyada yozilgan bo’lsa, u g‘olib hisoblanadi
Xulosa qilib aytganda, biologiya - darslarni hayotga bog‘lash, ularni qiziqarli va ijodiy tashkil etish bosh maqsaddir. Bunda asosiy rolni biologik o‘yinlar egallaydi. Biologik o‘yinlar nihoyatda xilma-xil bo‘lib, darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni qiziqarli bo‘lishida o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda qulay va samarali vositalardan biri hisoblanadi.