Barqaror tiklanish yo’lida – Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida pandemiyaga qarshi kurash


Aholining eng kambag'al va zaif qatlamlarini himoya qilish



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#167044
1   2   3   4   5   6
Toward-a-Resilient-Recovery-Battling-the-Pandemic-in-ECA-UZ

Aholining eng kambag'al va zaif qatlamlarini himoya qilish 
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasiga yordami eng kambag'al va zaif 
uy xo'jaliklari va ishsizlarning daromadlarini qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga oldi. Bu ijtimoiy 
himoya sohasidagi tashabbuslarni takomillashtirish va kengaytirish bo’yicha milliy va 
mahalliy hokimiyat organlari bilan ishlashni anglatadi. 
O'zbekistonda
 Jahon banki iqtisodiy inqirozdan jabr ko'rgan odamlarning katta qismini 
qo'llab-quvvatlash uchun ularni ijtimoiy himoya tizimi bilan qamrab olishni kengaytirishda 
hukumatga yordam ko’rsatdi. Shunga ko’ra, 2020-yilning noyabridan 2021-yilning 
fevraligacha bir milliondan ortiq uy xo'jaliklari umumiy qiymati 51,8 million dollar bo’lgan 
kam taʼminlangan oilalarga to’lanadigan nafaqalar oldilar. Bundan 
tashqari, 2020-yilning 
dekabridan 2021-yilning mayigacha ishsiz qolgan fuqarolarga umumiy qiymati 3,7 million 
dollar bo’lgan jami 75 mingdan ortiq ishsizlik nafaqalari berildi.
Foto: muhtojlarga oziq-
ovqat to’plamlari yetkazib berish, O‘zbekiston (O'zbek
iston 
Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi) 
Moldovada Jahon bankining COVID
-
19 pandemiyasiga qarshi kurash loyihasi sogʻliqni 
saqlash sektorining pandemiyaga javob choralarini qoʻllab
-quvvatlash bilan birga 
aholining 
kambagʻal va eng zaif qatlamlariga pandemiyaning bevosita oqibatlarini 
engishga yo’naltirilgan yordamni ham oʻz ichiga oldi. Loyiha doirasida bugungi kunga 
qadar kam ta’minlangan uy xo'jaliklariga 26 million dollarga yaqin ijtimoiy va moliyaviy 
yordam ko‘rsatildi. 
Tojikistonda Jahon banki moliyalashtirgan dastur doirasida 65 mingdan ortiq yosh bolali 
kam ta’minlangan oilalar bir martalik 
favqulodda pul to'lovlari
 
oldilar. Oziq
-ovqat narxining 
tez o'sishi natijasida ko'plab oilalar oziq-ovqat iste'molini qisqartirishga majbur bo'lgan 
sharoitda, bu favqulodda mablag'lar ularni etarli miqdorda oziq-ovqat bilan ta'minlashga 
yordam berdi. Bank tomonidan 2021-yilning fevral oyida tasdiqlangan 
qo‘shimcha
 
moliyalashtirish 
tufayli Tojikistonda yana 70 ming kishi shunday yordam oladi. 
 


Foto: Varzobdagi markaziy tuman kasalxonasi oldida bemorlar va tashrif buyuruvchilar, 
Tojikiston (Jahon banki)
Gruziyada COVID
-19 ga favqulodda javob choralari loyihasi shuningdek inqirozdan kelib 
chiqqan iqtisodiy oqibatlarn
i engishga yordam berdi. 750 mingga yaqin eng kambag'al va 
o’ta himoyasiz fuqarolar har xil turdagi ijtimoiy ko’mak va ishsizlik nafaqalari ko'rinishidagi 
pul yordamidan foydalandilar. 2021-yilning oktabr oyiga qadar aholining ijtimoiy himoyaga 
eng muhtoj qatlamlari uchun vaqtinchalik favqulodda nafaqalar, shuningdek, vaqtinchalik 
ishsizlik nafaqalari va o'zini o'zi band qilgan fuqarolarga bir martalik nafaqalar uchun 72 
million dollarga yaqin mablag‘ taqdim etildi. 
Pandemiya G‘arbiy Bolqonda bandlikka, ayniqsa yoshlar va ayollar orasidagi bandlikka 
misli ko‘rilmagan ta’sir ko‘rsatdi. Ishini yoki boshqa daromad manbayini yo'qotgan 
odamlarni qo'llab-quvvatlash va favqulodda vaziyatlarda qo'llab-quvvatlash dasturlarining 
mavjud benefitsiarlarini himoya qilish uchun mintaqa davlatlari zudlik bilan choralar 
ko'rdilar. 
Misol tariqasida, 
Shimoliy Makedoniyada
 hukumat pandemiya yaratgan sharoitlarga 
qaramay, ijtimoiy yordam toʻlovlarini davom ettirishni taʼminladi. Hukumat, shuningdek, 
pandemiyadan zarar ko'rgan kambag'al odamlarni qamrab olish uchun oxirgi chora 
sifatida daromadni qo'llab-quvvatlash dasturi (kafolatlangan minimal yordam - KMY) ga 
muvofiqlik mezonlarini tezkor o'zgartirdi, aks holda bu odamlar ushbu yordamni olishga 
haqli bo'lolmasdilar. Bu ishlar dasturning qamrovini moslashuvchan ravishda kengaytirish 
imkonini berdi. 
Jahon banki «
Shimoliy Make
doniyada COVID
-19 tufayli favqulodda vaziyat» loyihasi
 
orqali inqirozga javoban ijtimoiy himoya tizimlarini modifikatsiya qilishda hukumatga 
yordam berdi, shuningdek KMYni kengaytirishda qo’llab-quvvatlashni moliyalashtirdi. 
Ukrainada 
Ijtimoiy himoya tarmoqlarini modernizatsiya qilish loyihasi bo'yicha COVID
-
19ga javob choralarini ikkinchi qo'shimcha moliyalashtirish 
doirasida Ukrainaning kam 
ta'minlangan uy xo'jaliklari uchun ijtimoiy yordam va ijtimoiy xizmatlar tizimini 
takomillashtirish va pandemiyaning iqtisodiy oqibatlaridan jabrlangan uy xo'jaliklarining 
daromadlarini qo'llab-quvvatlash uchun 300 million dollar ajratildi.



Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin