Plastmassa - plastik (yunon. qayishqoq) va massa (lot. yumaloqfangan narsa) so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan. Albatta, bu so‘z shartli tushunchaga ega. Birinchi kashf qilingan plastmassalar bosim va qizdirish natijasida muayyan shaklga aylanib, sovigandan keyin tashqi muhit ta’sirida ilgarigi holatiga qaytolmas edi. Keyinchalik issiqlik ta’sirida qayta ishlanadigan plastmassalar ham ixtiro qilingan. Jahonda birinchi bo‘lib plastmassa - selluloidni 1856- yili ingliz kimyogari Aleksandr Parkes ixtiro qilgan.
Plastmassalar shaklini qayta tiklanishi bo‘yicha termoplast va reaktoplast turlariga bo‘linadi. Termoplast plastmassalarning (masalan, polietilen, polivinilxlorid, polistirollarning) molekulalari bo‘ylama joylashganligi sababli issiqlik ta’sirida shaklini o‘zgartiradi. Ya’ni ulardan qilingan buyumlar chiqindilarini qayta ishlash mumkin. Reaktoplastlarning (masaian, aminoplast va ftoroplastlarning) molekulalari to‘rsimon joylashganligi sababli ularni qayta ishlab bo‘lmaydi.
Plastmassalar arzonligi va ba’zi xususiyatlari bo‘yicha boshqa materiallardan qolishmasligi sababli, ishlab chiqarishda ko‘p qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan materiallarning 20%ini plastmassa tashkil qiladi. Lekin ular parchalanmasligi tufayli atrof-imihitni ifloslaydi, o‘simliklar tomirlarini oziqlanishiga to‘sqinlik qiladi va gidrofobligi (suv shimmasligi) uchun organizmga zarari bor. Jizzax viloyatida Italiya bilan hamkorlikda qurilgan «O‘zitalplast» turli xil xalq iste’mol mollari ishlab chiqarmoqda. Plastmassalar olinishi bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi: polimerizatsion hamda polikondensatsion qatronlar va tabiiy polimerlar asosida olinadigan plastmassalar.
Plastik materiallar yoki plastmassalar — sintetik yoki tabiiy yuqori molekulali birikmalar asosidagi organik materiallardir. Ular isitish va bosim natijasida oʻz shaklini oʻzgartirish va sovutilgandan keyin berilgan shaklni saqlab qolish qobiliyatiga ega.