Benzolga bromli suvning ta’siri. Probirkaga 3 tomchi benzol quyib, unga 2 tomchi bromli suv qo’shing va chayqating. Bir oz tinch qoldirgandan so’ng probirkadagi pastki qavat (bromli suv) rangsizlanadi, yuqorigi qavat (benzol) esa sarg’ish jigar rangga bo’yaladi. Brom suvga nisbatan benzolda yaхshi eriydi va shuning uchun ham u chayqatilganda suvli qavatdan benzol qavatiga o’tadi. Odatdagi sharoitda brom benzolga birikmaydi. glevodorodlar — molekulalari faqat uglerod va vodorod atomlaridan tuzilgan organik birikmalar sinfi. U. tuzilishiga koʻra, atsiklik yoki alifatik (molekuladagi uglerod atomlari birbiri bilan chiziqli yoki tarmoklangan zanjir boʻlib boglangan), izotsiklik yoki karboiiklik (molekulasi 3 ta va undan koʻp uglerod atomi halqasi — siklidan iborat) xilga boʻlinadi. Bu guruh U. atsiklik va aromatik uglevodorodlardan iborat (yana qarang Aromatik birikmalar). Atsiklik U. toʻyingan uglevodorodlar va toʻyinmagan uglevodorodlarsan tashkil topgan. Alitsiklik U. ham toʻyingan va tuyinmagan bulishi mumkin. U. gomologik katorlar hosil qiladi (yana qarang Organik kime). Neft, tabiiy yonuvchi gazlar, baʼzi sanoat gazlari va smolasi U.dan iborat Benzin misolida koʻrganimizdek, uglevodorodlar turli xil shakllarda boʻladi. Ular uzunligi jihatidan farq qilishi, tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan, chiziqli yoki halqali shaklga ega (yoki ikkalasi ham) boʻlishi mumkin va uglerodlar bir-biri bilan yakka, qoʻshbogʻ va uchbogʻ kabi turli xil birikmalarni hosil qilishi mumkin. Ikkita uglevodorod bir xil molekulyar formulaga ega boʻlsa ham, ularning atomlari bir-biri bilan turli yoʻllar bilan bogʻlanib, izomerlar hosil qila oladi (va baʼzida bu ikki molekulaga bir-biridan farq qiluvchi xossalarni beradi).
Ushbu strukturaviy xossalarning har biri uglevodorod molekulasining uch oʻlchamli shakliga yoki molekulyar geometriyasiga taʼsir qilishi mumkin. DNK, oqsillar va uglevodlar kabi yirik biologik molekulalarda uglerod skeletidagi strukturaviy farqlar koʻpincha molekulaning funksiyasiga taʼsir qiladi.