Antik davrda qullar mehnatidan keng
foydalanilgan.
Mil. avv. III asrning o’rtalarida mustaqil davlat
sifatida tashkil topgan Parfiya davlati hozirgi
Turkmaniston va Eronning bir qismini o’z
ichiga olgan. Bu davlatning birinchi hukmdori
Arshak bo’lib, u mil. avv. 247 yili taxtga
o’tiradi. Mil. avv. 235
yildan boshlab, Parfiya
podsholari o’z erlari hududlarini kengaytirib
bordilar. Milodiy III asrning birinchi choragida
sosoniylar arshakiylar hukmronligini tugatib,
Parfiyada hokimiyatni qo’lga oldilar. Antik
davr Parfiyaning qishloq xo’jaligida qullar
mehnatidan keng foydalanilgan. Mil. avv. III
asr o’rtalaridan boshlab Parfiya davlati hozirgi
O’zbekiston hududlarida joylashgan qadimgi
viloyatlar
– Xorazm, Baqtriya, So’g`diyona
bilan siyosiy, madaniy va iqtisodiy
munosabatlarni ayniqsa rivojlantirdi.
Undan tashqari, parfiyaliklar besh
asr davomida Hindiston,
O’rta Osiyo va Xitoyning Qarb mamlakatlari bilan qilgan savdo
aloqalarida vositachilik qildilar. Parfiyaliklarning yozuvi oromiy
(Niso hujjatlari) yozuvi bo’lib, zardo’shtiylik diniga e’tiqod
qilishgan.
Qadimgi Farg`ona turli
davr manbalarida Dovon, Boxan,
Polona, Parkana kabi nomlar bilan eslatib o’tiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda Ershi (Marhamat) shahri Dovonning
poytaxti edi. Antik davr
Dovon aholisi dehqonchilik, uzumchilik,
yilqichilik bilan shug`ullanishgan. Dovonning «samoviy otlari»
o’lkadan tashqarida ham ma’lum va mashhur bo’lgan.
Antik davr O’rta Osiyo xalqlari moddiy va ma’naviy
madaniyatida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’lishi.
Mil. avv. IV-II asrlar oromiy yozuvi
asosida Xorazm, Parfiya va So’g`d
yozuvlari paydo bo’ldi. Kushon
davriga kelib yana
bir yozuv-Kushon
(Baqtriya) yozuvi shakllanadi. O’rta
Osiyo va Afg`oniston hududidagi
arxeologik tadqiqiotlar antik davr
madaniyatining gullab yashnaganidan
dalolat beradi. Ayritom va Ko’hna
Termizda Budda ibodatxonalari
ochilgan. Fayoztepa, Quva,
Xolchayon, Dalvarzin kabi ko’hna
shaharlarda ham saroylar,
ibodatxonalar ochilib, ular yuksak
madaniyatga ega ekanligi kuzatilgan.