Abdulla Avloniy (1878- 1934) • «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo siyosat, yo falokat masalasidir» Abdulla Avloniy



Yüklə 178,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix17.06.2023
ölçüsü178,42 Kb.
#131953
  1   2
Abdulla Avloniy



Abdulla Avloniy
(1878- 1934)

«Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo
najot, yo halokat, yo siyosat, yo falokat
masalasidir» 
Abdulla Avloniy


Abdulla Avloniy hayot yo`li

o’zbek madaniyatining ulkan vakillaridan biri, pedagog, 
jamoat arbobi va yozuvchi Abdulla Avloniy 1878- yilda
Toshkent shahrida to’quvchi oilasida dunyoga keldi.

Abdulla Avloniy boshlang’ich diniy maktabda va
madrasada o’qidi, ilm-fanga ixlos qo’ydi. O’zbek va
boshqa SHarq xalqlari adabiyotini berilib o’rgandi. 
Abdulla Avloniy 14 yoshidan boshlab she’rlar yozishni
mashq qila boshladi. Uning bu davrda yozgan ilk 
she’rlari o’sha davr vaqtli matbuot sahifalarida bosilib
turdi.

Abdulla Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand
qilishni o’zining birdan bir burchi deb bildi va 1904-
yilda o’zi yashab turgan joy — Mirobodda maktab ochdi.


Abdulla Avloniy hayot yo`li

Abdulla Avloniy o’zi tashkil qilgan maktabda bolalar
diqqatini asosiy fanlarga jalb etib, ularning tezda
savodini chiqarishga va aniq fanlardan bahramand
bo’lishlariga harakat qildi. U bolalarga jug’rofiya, tarix, 
adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat (fizika) kabi
fanlardan ma’lumotlar berdi.

U 1907- yilda «SHuhrat» deb nomlangan gazeta tashkil
etdi va uning sahifalarida mehnatkash xalq
manfaatlarini himoya qilishga doir fikrlarni targ’ib etdi. 
Jumladan, gazetaning birinchi sonida: «Matbuot har
insonga o’z holini ko’rsatuvchi, ahvol-olamdan xabar
beruvchi, qorong’u kunlarni yorituvchi, xalq orasida fikr
tarqatuvchi, ilm, ittifoq, hikmat g’oyalarini yoyuvchidir», 
deb yozgan edi.


«Birinchi muallim» — «Alifbe»,

«Birinchi muallim» — «Alifbe», 32 harfning 
yolg’iz yoziladigan shakllarini bir sahifa alifbo
tartibida bergan. SHu sahifada alifning so’z
boshida, o’rtasida va oxirida yozilishini
ko’rsatgan, so’ng alifni barcha «bosh harflar»ga
qo’shib, bo’g’inlar hosil qilgan.


«Ikkinchi muallim» — «O’qish» 
kitoblari

«Ikkinchi muallim»da axloq-odobga doir, halollik va
poklikka oid turli she’rlar, hikoya, masal va ertaklar
jamlangan, rang-barang allegorik qiyofalardan
ustalik bilan foydalangan.

Kitob «Maktab» she’ri bilan boshlanadi. Unda kimki
maktabga borsa, o’qisa, savodxon bo’lsa, juda ko’p
narsalarga erishishi chiroyli ta’riflanadi:
Maktab dur-u gavhar sochar, 
Maktab sizga jannat ochar, 
Maktab jaholatdan qochar, 
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon!


Abdulla Avloniy ijodi

Darsliklar:
«Maktab gulistoni», 
«Turkiy guliston yoxud axloq» kabi
She`rlar:
«Bahor keldi»,
«Bulbul», 
«Bola ila gul», 
«Yolg’onchi cho’pon»,
«Tulki ila qarg’a»


Abdulla Avloniy ijodi

Abdulla Avloniy o’zbek adabiyotida drama 
janrining rivojlanishiga ham katta hissa qo’shdi. 
Uning «Advokatlik oson-mi?», «Pinak», «Biz va
siz» pesalari adabiyotimiz tarixida o’chmas iz
qoldirdi.

Abdulla Avloniy 1934- yilda vafot etdi. U 
ma’rifatchi, shoir, dramaturg, jurnalist, rejissor, 
tarjimon, aktyor, jamoatchi, muallif sifatida
xalqimiz qalbida mangu saqlanib qoldi.



Yüklə 178,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin