MA’RUZA MASHG’ULOTLARI 1-modul. Nutq madaniyati 1-mavzu: «Nutq madaniyati» faniga kirish. Nutq madaniyati tushunchasi, tarixi. Fanning maqsad, vazifalari. Nutq madaniyati tushunchasi va tarixi. Nutq madaniyati va muomala odobi. «Qutadg‘u bilig», «Hibat ul haqoyiq», «Qobusnoma», «Mahbub ul qulub» kabi asarlarda nutq madaniyati, so‘zlashish odobi masalalari. Jamiyat va nutq madaniyati. Nutq madaniyatining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
2-mavzu: Notiqlik san’ati tarixi Notiqlik san’atining shakllanish tarixi. Notiqlikning yuzaga kelish omillari. Yunon notiqligi. Qadimgi Yunoniston – notiqlik san’atining vatani. Qadimgi Gretsiyada notiqlar faoliyati. Xalq yig‘inlarining notiqlik san’atining shakllantirishdagi o‘rni. Ijtimoiy-siyosiy masalalarda omma e’tiborini tortishning muhimligi. Fikr va g‘oyalarni to‘g‘ri va ta’sirchan ifodalashning ahamiyati. Huquq tizimida notiqlikning o‘rni. Yunon ritorlarining og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini egallashdagi faoliyatlari. Falsafa maktablarining notiqlik san’atiga munosabatlari.
Aristotelning notiqlik san’ati taraqqiyotidagi xizmatlari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
3-mavzu: Rim notiqlik san’ati.
Rim notiqlik maktabining o‘ziga xosliklari. Sitseronning notiqlik san’ati haqidagi qarashlari. Notiqlik vazifalari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
4-mavzu: Sharqda voizlik san’ati. Sharq notiqligi haqida ma’lumot. Sharq voizlarining qarashlari. Mumtoz asarlarda voizlik san’atining ulug‘lanishi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
5-mavzu: Nutq madaniyati va adabiy til me’yorlari Til me’yori lingvistik tushuncha sifatida. O‘zbek adabiy tili – umumxalq o‘zbek tilining oliy shakli. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining shakllanishi. Adabiy tilga ta’rif. Adabiy tilga xos muhim belgilar: me’yorlashganlik, xalqchillik, umummajburiylik, ko‘p vazifalilik, uslubiy tarmoqlanganlik, qayd etilganlik, tanlanganlik, barqarorlik va o‘zgaruvchanlik, zamonaviylik.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
6-mavzu: Me’yor ko‘rinishlari: fonetik, leksik, orfografik, orfoepik, so‘z yasash, so‘z qo‘llash me’yorlari; punktuatsion, sintaktik, stilistik me’yorlar. Me’yoriylikdan maqsadli chekinish. Lug‘atlarning nutq madaniyati bo‘yicha universal manba sifatidagi ahamiyati.
Adabiy til nutq madaniyatining asosi sifatida. Adabiy til me’yorlarini egallashga to‘siq bo‘luvchi ba’zi holat va sabablar.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
7-mavzu: Nutqning kommunikativ sifatlari Nutq sifatlari. Nutqning to‘g‘riligi – nutq madaniyatining birlamchi sharti. Nutqning aniqligi, mantiqiyligi, jo‘yaliligi, maqsadga muvofiqligi va ta’sirchanligi.
Til sofligi, nutq sofligi uchun kurash – umuxalq ishi. Nutq boyligi va ta’sirchanligi, ularga erishi yo‘llari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
8-mavzu: Nutq shakllari va turlari.
Og‘zaki nutq xususiyatlari. To‘g‘ri talaffuz me’yorlari. O‘zbek tilida urg‘u. Olinma so‘zlar talaffuzi.
Yozma nutq xususiyatlari. Yozma nutqda oldindan hozirlanish xosligi hamda unda tahrir imkoniyatining mavjudligi. Matnni tahrirlash. Yozma nutqning nisbatan to‘g‘ri va aniqligi. Imlo me’yorlari: yozma nutqda uchraydigan tipik xatolar va ularning tasnifi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.