8-sinflar uchun ona tili fanidan test savollari (II chorak)N=1



Yüklə 31,5 Kb.
tarix22.09.2023
ölçüsü31,5 Kb.
#147425
8-sinf-ona-tili-va-adabiyoti-fanidan-testlar-3


8-sinflar uchun ona tili fanidan test savollari (II chorak)N=1

1. Qaysi qatordagi gapda payt holi ishtirok etgan?


A) Ikkovlari gangir-gungur gaplashib o’tirishdi
B) Biz ataylab o’qish uchuinb shu dargohga kelganmiz
S) Bahor kechasi.Yulduzlar porlab turibdi
D) Ko’plab kitob o’qish,o’qiganda ham uni tushunib o’qishda hikmat katta.

2. Quyida berilgan gapda holning qaysi turi ishtirok etgan?


Ichkarida bo’layotgan baqiriqlarni eshitib qo’rqqanidan yuragi qinidan chiqayozdi
A) o’rin holi B) payt holi S) maqsad holi D) sabab holi

3. Qaysi qator ushbu gapning davomi bo’la oladi?


Shirin til odamni…
A) maqsadga yetaklaydi B) baxtiyor qiladi S) farovon qiladi D) boyitadi

4. Qaysi o’rinda vositasiz to’ldiruvchi belgisiz qo’llana oladi?


A) Otabek tovush egasini tanidi B) Til kishini baxtli qiladi
S) Vaqtingning ko’p qismini kitob o’qishga sarfla.
D) So’zni bilib so’zlasa,donolik sanalur

5. Qaysi qatordagi gapda iboralardan tuzilgan vositasiz to’ldiruvchi qo’llangan ?


A) Chappar urib gullagan bog’in, B) Er so’zlasa,el-yurtning baxtini ko’zlarmish
O’par edim Vatan tuprog’in
S) Umrni ilmga bag’ishlagan odam abadiy umrga erishadi
D) qilib qo’ygan ishidan pushaymon yeb,barmog’ini tishlab qoldi

6. Murakkab vositasiz to’ldiruvchi ishtirok etgan gapni toping.


A) O’rik suvi tashnalikni qondiradi
B) Yaxshi odam beg’ubor keng fe’lli bo’ladi
S) Boshim omon bo’lsin desang,tilingni ehtiyot qil
D) O’zbek adabiy tili o’zbek xalqining milliy davlat tilidir

7. Harakat nomi bilan ifodalangan to’ldiruvchili gap qaysi qatorda berilgan?


A) So’z qanchadan-qancha dilkash kishilarni bir to’lqin bilan yarqiratib,dilini xushnud etadi
B) Jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni farqlash kerak
S) Biror narsani yomon bilgandan ko’ra butunlay bilmagan ma’qul
D) Yotishdan oldin og’iz chayishni,oyoqni iliq suv bilan yuvishni unutmang

8. Sifatdosh birikmalari bilan ifodalangan murakkab vositasiz to’ldiruvchili gap qatorini aniqlang.


A) Ilm buloqlaridan bahramand bo’lishning o’zi bir baxt
B) Kitob o’qimagan kishining zehni o’tmaslasha boradi
S) Olimlarning ilmga katta muhabbatidan buyuk kashfiyotlar yuzaga keladi
D) O’rtog;ining xushxabar keltirganini eshitgan Dildora unga minnatdorchilik bildirdi

9. Berilgan ko’chirma gaplarning qaysi birida vositasiz to’ldituvchi mavjud?


A) “Inson insonni boshiga ko’ratmasa,bu dunyo barbod bo’ladi!” – deb hikoya qiladi yozuvchi
B) “Choy damlab kelay ,ichamiz ona - bola” – dedi u
S) “Musiqa ovozi yangrayapti,yoshlar o’yinga tushayapti” – dedi onam
D) “Xo’sh,nega tushunmas ekansan?” – hayron bo’ldi muallim

10. Qaysi qatordagi gapda vositali to’ldiruvchi son bilan ifodalangan?


A) Men bunaqa voqealar to’g’risida qanchadan-qancha kitoblar o’qiganman
B) Qudratning birdan-bir maqsadi ularning hammasida haqiqiy fanga qiziqish uyg’otish edi
S) G’ulomjon o’ng qo’lini ko’ksiga qo’yib turib ta’zim qildi
D) Yoshi qirqlardan sal oshgan,chang bosgan palto va katak cholvor kiygan kishi uyga kirib keldi

11. Ko’makchili to’ldiruvchi ishtirok etgan gap qatorini aniqlang


A) Ko’ngil daryosining gavhari tildir,til gavhardan afzal va martabasi balanddir
B) Til millatning qalbi
S) Tilimizning sofligi uchun jon kuydursak,farzandlik burchimizni ado etgan bo’lamiz
D) Ko’p tilni bilish bir qulfning ko’p kalitiga ega bo’lish demakdir

12. Qaratqichli aniqlovchi ishtirok etgan gapni toping


A) XV asr ona tilimizning gullash davri sanaladi
B) Nutq og’zaki va yozma shaklda bo’ladi
S) Meni kutgil va men albatta qaytaman
D) Yaxshi kishi doim topadi

13. Belgisiz qaratqich aniqlovchili so’z birikmalari qaysi qatorda berilgan?


A) musaffo havo,nafis gullar B) oy shu’lasi,institut binosi
S) navbahor kezlari,oydin kechalar D) g’ayrat bilan ishlamoq

14. Izohlovchili birikmalar qaysi qatorda berilgan?


A) bilimli bola,bilim maskani B) salqin havo,havoning ta’siri
S) ayol uchuvchi,professor Komilov D) dala hovli ,hovli sahni

15. Murakkab birikmalar berilgan qatorni aniqlang


A) yoshlik yillari,oltin dalalar B) mehr bilan parvarishlamoq,tinchlik haqida bitim
S) qo’li ochiq kishi,puxta bilimli bola D) shirmon yuz, buyuk mutafakkir

16. Izohlovchi ishtirok etgan gapni yozing.


17. Sifatlovchi-aniqlovchi ishtirok etgan gap tuzing.
18. Atov gapga misol keltiring
19. Uyushiq bo’lakli gap yozing.
20. Hol uyushib kelgan gap tuzing.
21. Qaysi til birligi hokim so’z va tobe so’zdan tuziladi?
22. Boshqaruvli birikma tuzing
23. Bitishuvli birikma tuzing.
24. Moslashuvli birikma tuzing.
25.Sintaktik tahlil qiling. Biz rostgo’ylik va halollikni hamisha ulug’laymiz.
Yüklə 31,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin