1-mavzu: QADIMGI DUNYO TARIXI Bugungi kunda olimlar insoniyat tarixini 4 davrga bo‘lishadi. Bular 1-qadimgi dunyo tarixi, 2-o‘rta asrlar tarixi, 3-yangi davr (yoki yangi tarix) , 4- eng yangi davr ( yoki eng yangi tarix).
Biz siz bilan o‘rganayotganimiz QADIMGI DUNYO TARIXI. Qadimgi dunyo tarixi deyilganda - odam yer yuzida paydo bo‘lgandan to G‘arbiy Rim imperiyasi qulagungacha (476-yil) bo‘lgan davr tushuniladi.
Ilk odamlar o‘z mehnat qurollarini toshdan yasaganliklari sabab olimlar odamzod ibtidosini “tosh asri “ deb atashadi.Tosh asri quydagi davrlarga bo‘linadi: 1.PALEOLIT – (yunon. “paleos” – qadimgi, ”litos” – tosh ) ---- Qadimgi tosh davri 2.MEZOLIT – (yunon. “mezos” – o‘rta, ”litos” – tosh )------------- O‘rta tosh davri 3.NEOLIT – (yunon. “neos” – yangi, ”litos” – tosh )-------------- Yаngi tosh davri 4.ENEOLIT – (lotin. “eneus” –mis , ”litos” – tosh )---------- - Mis-tosh davri
Yuqoridagi davrlarning har biri inson taraqqiyotida alohida o‘rin tutdi.SHu bois har bir davrga alohida to‘xtalib o‘tish joiz.
PALEOLIT Bu davr 3 davrga bo‘linadi.Bular:
A) ILK PALEOLIT – (miloddan 1million – 100 ming yil avval). - avsrolopitek,zinjantrop,pitikantrop va sinantrop odamlari yashagan.
- asosiy mashg‘ulot ovchilik va termachili bo‘lgan
- bu davr oxiridan buyuk muzlash boshlangan
B) O‘RTA PALEOLIT – (miloddan 100-40 ming yil avval) - neandertal odami yashagan
- buyuk muzlik davri davom etgan
- bu davr manzilgohi – Boysun tog‘laridagi Teshiktosh g‘ori
- asosiy mashg‘ulot ovchilik va termachilik