Blocking – port bloklangan va ma’lumot uzatilmaydi.
Listening – eshitish. Port 15 sekund kutadi.
Learning – o’rganish. MAC – adreslar 15 sekund davomida kommutatorga yoziladi.
Forwarding – uzatish. Qaysi portlar bloklash, qaysilari uzatish holatiga o’tishini aniqlaydigan jarayon.
Portfast funksiyasi yoqilganda 2 va 3 bosqichlar amalga oshirilmaydi. Shuning hisobiga kommutatorning portlari tez yonadi.
RSTP(Rapid Spanning Tree Protocol) – STP protokoli bajargan vazifani bajaradi.
RSTP da portlar holati quyidagicha bo’ladi:
Down – o’chirilgan.
Discarding – bloklangan.
Learning – o’rganish.
Forwarding – uzatish.
Kommutatorlar sozlangandan keyin har ikkala kommutatorga quyidagicha buyruq teriladi:
en conf t spanning-tree mode rapid-pvst exit LACP va PAgP LACP(Link Agregation Control Protocol) va PAgP(Port Aggregation Protocol) kanallarni agregatlash protokollari.
Ethernet Channel kanallarni agregatsiyalash (birlashtirish) texnologiyasi hisoblanadi. Bu kommutatorlar orasidagi ulanishlarni bitta mantiqiy liniyaga ulanishni bildiradi. Agregatlash natijasida switchlarning o’tkazish qobiliyati oshadi.
LACP va PAgP protokollari 3 ta ish rejimida ishlaydi:
LACP - ON, ACTIVE, PASSIVE PAgP – ON, DESIRABLE, AUTO Agregatlashda maksimal 8ta portdan 6 ta guruhgacha birlashtirish mumkin.
LACP ni sozlash.
Enable Configure terminal Interface range fa 0/2-4 1-kommutator Channel-protocol lacp Channel-group 1 mode active
Enable Configure terminal Interface range fa 0/2, fa 0/6, fa 0/10 2-kommutator Channel-protocol lacp Channel-group 1 mode passive
LACP protokoli sozlanganda ikkala kommutator aktiv holatda bo’lmasligi lozim, ya’ni ikkalasi ham passiv yoki birinchisi passiv, ikkinchisi aktiv holatda bo’lishi kerak.
Agregatlash sozlanmalarini ko’rish uchun quyidagi buyruqlardan foydalaniladi.
1. show etherchannel summary 2. show etherchannel 1 port-channel 3. show interfaces etherchannel Lacp va pagp protokollari ishlaganda STP va RSTP protokollari ishlamaydi.