14
3- amaliy ish
Truecrypt yordamida ma'lumotlarni shifrlashni o‘rganish
Ishdan maqsad:
TrueCrypt yordamida ma'lumotlarni
maxfiyligini
ta’minlash bo‘yicha nazariy va amaliy bilim ko‘nikmalarni shakllantirish.
Nazariy
Axborotlarni maxfiyligini va butunligini ta’minlash murakkab hisoblanadi
va ma'lumotlarni (fayllar yoki butun diskni) maxfiyligini ishonchli ta’minlashda
TrueCrypt juda ishonchli.
TrueCrypt quydagi xususiyatlarga ega:
–
C, C++, Assembly dasturlash tillaridan foydalanib yozilgan;
–
Windows (10/8/7 / Vista / XP), Mac va Linux operatsion tizimlari bilan
ishlay oladi;
–
virtual fayl, disklarini bitta fayl shaklida yaratish
va shifrlanish imkonini
beradi;
–
shifrlash algoritmlari sifatida AES, Serpent va Twofish blokli
shifrlash
algoritmlaridan foydaniladi.
TrueCrypt blokli shifrlash algoritmlaridan foydalangan
holda maxfiylikni
ta’minlaydi. Shifrlash algoritmlari, kalitlardan foydalanish turlariga ko‘ra,
simmetrik va asimmetrik sinflarga bo‘linadi. Agar shifrlash va deshifrlash
jarayonlari bir xil
kalit bilan amalga oshirilsa, bunday shifrlash algoritmi
simmetrik shifrlash algoritmi deyiladi. O‘z navbatida simmetrik shifrlash
algoritmlari oqimli va blokli bo‘lib, shifrlash jarayoni ochiq ma’lumot
alifbosi
belgilarining ikki va undan ortiq chekli sondagi birikmalarini shifrma’lumot
alifbosi belgilarining birikmalariga akslantirishga asoslangan bo‘lsa, bunday
shifrlash algoritmi blokli shifrlash deyiladi.
Blokli shifrlash algoritmlari kriptografik algoritmlar orasida keng tarqalgan
algoritm turi bo‘lib, mohiyat jixatdan ma’lum uzunlikdagi ma’lumot bitlari ustida
qayta-qayta amallar bajarilish orqali amalga oshiriladi. Blokli simmetrik shifrlash
algoritmlari ma’lumotni maxfiyligini ta’minlashda keng foydalanilib, boshqa
15
shifrlash algoritmlariga qaraganda o‘zining tezkorligi
va kriptobardoshligi bilan
ajralib turadi. Blokli shifrlash algoritmlariga misol sifatida DES, AES, Blowfish,
GOST 28147-89. TrueCrypt orqali fayl, disklarni shifrlash quydagi ketma-ketlikda
amalga oshiriladi.