221-Turizm Aminov Kamronbek



Yüklə 21,03 Kb.
tarix22.10.2023
ölçüsü21,03 Kb.
#159911
Aminov K 221 T


221-Turizm Aminov Kamronbek
№40 Mavzu:Monopoliya va oligapoliya shakllariga tushuuncha bering va ularning har biriga xos misollar ko’rsating.Misollar keltiring.
Bu mustaqil ishda monopoliya va oligapoliya shakllariga ta’rif beriladi. Ularnig qanday shakllari xuxusiyatlari, bozordagi o’rni, bozorni nazorat qilish yo’llari haqida o’zimning shaxsiy fikrlarim va boshqalar quyida muhokama qilinadi.
Monopoliya yunoncha “mono” yagona yakka degan ma’noni anglatadi. Ya’ni biror tashkilot, korxona yoki firmaning bozordagi yakka hukmronligini anglatadi. Monopoliya bozorda yakka ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Ko’pincha bozorning shu tarmoqdagi 80% mahsulotini ishlab chiqaradigan korxona mopoliya deyiladi. Monopoliya bozorni turli xil usullar orqali nazorat qiladi. Ya’ni yakka ishlab chiqaruvchi bo’lgandan keyin Iste’molchilar hohlaydimi yo’qmi shu taklif asosida talabini qoniqtiradi. Monopol korxona unga xoxlaga bahosini qo’yadi. Monopoliyaga erishish uchun korxonalar oldin mahsulot bahosini boshqa sotuvchilarga nisbatan kamaytiradi. Natijada qo’shimcha mablag’lari kam korxonalar bozordan surib chiqariladi. Kimning ko’proq qo’shimchasi bo’lsa bozorda uzoqqa boradi. Korxona monopoliyaga erishgach, narxni asta sekin o’zgartiradi. Monopoliyaga erishish uchun korxona albatta talabga mos tovar ishlab chiqarishi va uning sifatigayam e’tibor berishi zarur. Ya’ni siz bozorda raqobatchilar mavjudligida raqobatga dosh beradigan mahsulot ishlab chiqarsangizgina monopoliyaga aylana olasiz.
Monopoliya taklifning ustiudan nazorat qilish bilan narxni boshqaradi. Xoxlasa bozorda sun’iy taqchillik keltirib chiqarishi mumkin. Ya’ni ishlab chiqargan mahsulotini omborlarda to’playdi ammo bozorga ishlab chiqarish 0 ga tengligi haqida malumot beradi. O’ziga maksimal foyda sharoitida esa to’plangan tovarlarni asta sekinlik bilan bozorda sotishni boshlaydi. Monopoliyaning hosil bo’lish usullari ham mavjud. Bular tabiiy, legal va sun’iy monopoliyalarga bo’linadi. Tabiiy monopoliyalar asosan davlatga tegishli idoralar yoki nodir metal foydali qazilma sohasida shug’ullanadigan korxonalar misol bo’la oladi. Misol uchun O’zbekiston Respublikasida xuddi shundaydir. Olmaliq KNMK yoki Navoiy KMK bunga misol bo’la oladi.
Legal monopoliyalar bu qonun asosida o’zini huqlari orqali vujudga keladigan monopoliya. Ya’ni korxonalar o’zi yaratgan brend savdo belgisi, patent tizimi yoki mualliflik huqulari asosida boshqa ishlab chiqaruchilarni bozordan suqib chiqarishdir. Patent tizimi ixtirolar davrida ish beradi misol uchun biror narsani ishlab chiqarish huquqini davlatdan bir korxona qo’lga kiritadi. “Mercedes” kompaniyasi ya’ni Daimler va Benzlar dastlabki yoqilg’i dvigatelini ishlab chiqqan va unga patent olishgan. Korxona dastlabki davrlarda monopoliyaga aylangan. Yoki tomas Edison dastlabki davrlarda cho’g’lanma lampaga patent olgan.
Savdo belgisiga ko’ra huquqini himoya qilish ya’ni. Misol uchun siz “Coca-Cola” yoki “Pepsi” nomlari asosida mahsulot ishlab chiqara olmaysiz. Chunki Ular bu savdo belgini mualliflik huquqi asosida himoya qilishadi. Yoki Sveytsariya pichoqlari.
Sun’iy monopoliya. Oldin oddiy korxona sifatida tashkil etilgan ammo monopol foyda olish maqsadida bozorni egallagan korxona. Buning uchun korxona bir necha usullarni qo’llaydi. Misol uchun yuqorida eslatib o’tilgan demping narxdan foydalanish yoki energiya xomashyo ba’zalarini egallash va banklardan yangi raqobatdoshga kredit ajratishga qarshiliklar ko’rsatish. Yoki o’z mahsuloti yuqori reklama qiladi. Misol Uchun “Coca-cola” kompaniyasi reklama uchun yiliga 4 mlrd $ sarflagan. Kompaniya O’zbekiston alkogolsiz ichimliklar bozorining 50% ini egallaydi.
Monopoliya bu ishlab chiqarishning to’planishi hamdir. Monopoliyaning ijobiy va salbiy taraflari mavjuddir. Misol uchun texnika va texnalogilayar taraqqiyoti Korxona yiriklashsa shunchalik yangi va foydali texnologiyalarni qo’llashga qurbi yetadi. Ya’ni kichik korxonalardan ko’ra yirik korxonalarda texnologilar tez tatbiq qilinadi. Yoki shuning aksi ya’ni monopol korxona bunga erishgach mahsulot sifati bilan qiziqmay qo’yadi. Texnika taraqqiyotidan o’zini uzadi. Mahsulot ishlab chiqarishni arzonlashtishi mumkin ya’ni mayda ishlab chiqaruvchilarda talab katta narsani ishlab chiqarish qimmarga tushadi. Bu xomashyoni olib kelish malakali ishchi maoshi va boshqalarda ko’rinadi. Monopol korxona bozor segmentlariga qaramsdan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti bunga qarshi va shuning uchun monopoliyaga qarshi qonunlar o’ylab topadi yoki tashkilotlar tuzadi yoki mayda ishlab chiqaruvchilarni qo’llab quvvatlaydi.
Monopoliyani tashkil etishning bir nechta turlari mavjud.bular quyidagilar: Kartel; Sindikat; Trest; Tonsorsium; Konsern.
Kartel tarmoqdagi korxonalarning uyushmasi bo’lib ular o’zaro sotish miqdori narxi bozor hududi yoki shunga o’xshash narsalarni kelishib oladi. Kartellar tuzish taqiqlangan ammo hozir ham yirik kartellar mavjud. Misol uchun OPEK neftni eksport qiluvchi mamlakatlar ittifoqi. Ular xalqaro neft sotish miqdori uning narxi va boshqalarni o’zaro kelishga holda amalga oshiradi.
Sindikat bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar asosida tashkil etiladi ammo sotish yagona tashkil etilgan savdo tashkiloti orqali amalga oshiriladi.
Trest ishlab chiqarishga birgalikdagi egalikni tashkil etadigan korxona yokki tashkilotlar. Misol uchun mustaqillikning dastlabki yillaridagi kolxoz savxozlar.
Konsorsium yirik moliyaviy operatsiyalarni birgalikda bajarish uchun birlashish.Biror yirik loyihaga kredit yoki investitsiya kirishida qo’llaniladi. Misol O’zbekiston Elektr Tarmoqlari korxonasi “Power Nebras”( Qatar) “EDF”( Fransiya) va “Sojitz” ( Yaponiya ) korxonalar konsorsiumidan ko’p miqdorda elektrda sotib olish bo’yicha shartnoma imzoladi.
Kansern rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan korxolar uyushmasi va ko’p tarmoqli hisoblanadi. Misol uchun Wolksvagen konsern. “Audi” “Lamborgini” “Dugati” “Bugati” “Bentley” “Skoda” korxonalari mavjud va ular “Wolksvagen”ga bo’ysunadi.
Oligapoliya bu bozorni to’liq egallash uchun monopolistik korxonalarning norasmiy ittifoqidir. Oligapoliya bo’lishi uchun 2 yoki undan ko’p korxonalar qatnashishi kerak. 2ta korxona bo’sa duopoliya deyiladi. Ular bozordagi mahsulotning miqdori yoki narxini nazorat qilish bilan hamkorlik qilishadi. Va iloji boricha bozorga yangi korxonaning kirib kelishiga qarshilik ko’rsatadi. Oligapoliyalarga ko’pincha aloqa vositalari, avtomobil ishlab chiqarish va boshqalar misol bo’lai. Oligapoliyaning asosiy jihati korxonalar o’zaro kelishadi bozor hududini bo’lib olishadi. Misol uchun O’zbekistondagi “Sarbas” va “Qibray” pivo ishlab chiqaruvchi korxonalar pivo narxi va bozor hududini o’zaro taqsimlab olishgan. Ya’ni “Qibray” mahsulotlari Toshkebt viloyati vodiy, Jizzax, Sirdaryo hududlariga sotsa, “Sarbas” korxonasini o’z mahsulotini voha va boshqa viloyatlarga qaratgan. Ular pivo narxini o’zaro kelishishgan. Mening o’ylashimcha “Pepsi” va “Coca-Cola” ham oligapoliyadir. Chunki ikkala korxona mahsulotlari o’xshash va narxlari yaqin. Buni Rossiyadagi shu yilgi inqiroz davrida ko’rish mumkin. “Pepsi” va “Coca-Cola” talab Rossiyada yuqori ammo “Coca-Cola” bu davlatni tark etganda “Pepsi”da butun Rossiya bozorini egallash imkoni boredi ammo buni qilmadi. Yoki 2013 -14 yillardagi O’zbekistondagi holat kabi.
Yoki aloqa vositalari Misol “Ucell” “Beeline” “Uzmobile” va boshqalardagi internet mblari sms va minut narxlari juda yaqin va boshqa tashkilot kirib kelishiga qarshilik ko’rsatishadi. O’zbekistoonning qayeridadir “Beeline” antennalari yaxshi ishlasa qayeridadir “Uzmobile” yoki “Uell” yaxshi ishlaydi. Bu uning oligapoliyaligidan darak beradi. Yoki dori darmon ishlab chiqaruvchi korxonalar ular bir xil bo’lgan xomashyodan birx xil foydali mahsulotlar ishlab chiqaradi va narxlarni o’zaro kelishadi. Shuning uchun ham dori darmonlar nomlari juda ko’p ammo ularning foydasi deyarli bir xildir.
Xulosa qillib aytadigan bo’lsak, monopoliya va Oligapoliya shakillari nomukammal raqobatdir. Shuning uchun bozorda bunga qarshi chiqish zarur. Bozor iqtisodiyotining eng zaif tomoni ham monopoliyadir shuning uchun ham haligacha bozor iqtisodiyoti mukammal iqtisodiy tizim emasdir.
Monopoliyalarga qarshi kurashda davlat muhim rol o’ynaydi. Ammo Davlatning proteksionistik siyosati ham monopoliyani qo’llab quvvatlaydi. Misol O’zavtosanoat korxonasi O’zb Respublikasining bojxona qoidalari orqali juda katta foyda ko’radi va o’zbekiston avtomobil bozoridagi o’rnini mustahkamlaydi.
Sof Monopoliya va Oligapoliyda korxonalar Iste’molchilar didi va hoxishini inobatga olmaydi. Fikrimcha Monopoliya buz zo’r ajoyib faqat bu korxona senga tegishli bo’lsa. Oligapolia bu yomon agar sen Iste’molchi yoki Yangi korxona bo’lsang. Oligapoliyani tashkil etuvchi korxonalar kelishga holda faoliyatini amalga oshiradi. Va Bu korxonalar uchun foydali.

Yüklə 21,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin