1. Professional etika tushunchasi va ahamiyati. Professional etika kategoriyalari


Professional Etikaning Kategoriyalari



Yüklə 65,68 Kb.
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü65,68 Kb.
#206582
1   2   3   4   5   6
mustaqil ish11

Professional Etikaning Kategoriyalari. Etika kategoriyalari jamiyat va uning a’zolarining axloqiy, ya’ni ma’naviy boyligini o‘zida to‘liq ifoda qiladigan tushunchalar majmuiga aytiladi. Kategoriya grekcha «kategoria» so‘zidan olingan bo‘lib, etikaning asosiy tushunchalari hisoblanadi, axloqning muhim tomonlarini hamda elementlarini o‘zida ifoda qiladi 5 .Demak, etika kategoriyalari jamiyat farovonligiga va uning a’zolarining ma’naviy madaniyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Kategoriyalar tabiatda ob’yektiv mavjud bo‘lib, jamiyatning rivojlanishi va odamlar madaniy hamda ma’rifiy saviyasining oshib borishi bilan ularning jamiyat uchun ahamiyati oshib, mazmuni esa chuqurlashib boradi. Kategoriyalarning zaruriyligining va mazmunining jamiyat tomonidan anglanishi ma’naviy hamda ma’rifiy tarbiyaviy ishlar bilan bevosita bog‘liq.
Burch.Shuni alohida ta’kidlash zarurki, kasb etikasida burch asosiy tushuncha hisoblanadi. Chunki, burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shahslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U vijdon, e’tiqod, mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda insonning har bir hatti-harakati zamirida burch tushunchasi - burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi.«Burch - ado etilishi, bajarilishi majburiy bo‘lgan vazifa, majburiyatdir». Demak, burch - qilinishi shart bo‘lgan ish, vazifa. Burch - biror hatti-harakat uchun javobgarlik hissidir. Avvalo, bu tushunchalar axloqiy va shu bilan birga huquqiy tushuncha hamdir. Axloqiy nuqtai nazardan qaraganda burch ijtimoiy-insoniy vazifalarni bajarishda keng namoyon bo‘ladi. Burch eng avvalo oilaviy – munosabatlarda mujassamlashadi. Ota-onalik burchi. Siyosiy va huquqiy burch, Vatan oldidagi burch Shular jumlasidandir. Davlat, jamiyat va xalq oldidagi burch aytish joiz bo‘lsa har bir inson-fuqaro hayot mazmun-maqsadi bo‘lishi kerak. Bugungi kunda Vatan oldidagi burch millat oldidagi burch bilan chambarchas bog‘lanib ketadi.
Vatan oldidagi burch haqida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida shunday deyilgan: “52-modda. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir”6. Burch manbaini, asosini ijtimoiy manfaatlar tashkil etadi. Burchda manfaat buyruq shaklida namoyon bo‘ladi. Demak, burchni anglash degani axloqli, tarbiyali, odobli, to‘g‘ri, mehnatsevar, vijdonli, xalqparvarlik hamdir. Boshqacharoq qilib aytganda burch va mas’uliyat bu - axloq-odobli bo‘lishdan tashqari Vatanga sodiqlik, Vatan yo‘lida fidokorona mehnat qilish, o‘qish va shu yo‘l bilan davlat va jamiyatni taraqqiyotga olib chiqish. Burch va mas’uliyat muhim axloqiy fazilatlardir. Ayniqsa Vatan va xalq oldidagi burch va mas’uliyatni chuqur tushunib unga amal qilish kishidan katta iroda talab qiladi.

Yüklə 65,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin