1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/27
tarix21.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#188979
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish ta


1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi
Parazitologiya fanining maqsad va vazifalari odamlarda, hayvonlarda hamda o‘simliklarda parazitlik qilib hayot kechiradigan hayvonlarni tuzilishi, rivojlanishi, tarqalishi, o’ziga xos biologik va ekologik xususiyatlarini, parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklarni o‘rganish hamda ularga qarshi kurash choralarini to’g’ri tashkil qilishdan iboratdir.
Tirik organizmni o‘ziga xos xususiyati, bu uni tashqi muhit bilan bog‘liqligidir. Tirik organizmlar o‘rtasida biotik bog‘lanishlar murakkab va xilma-xilligi bilan xarakterlanadi va uni asosida oziqa va makon bog‘lanishlari yotadi.
Demak, organik olamdagi ikkita boshqa-boshqa turga mansub organizmlarni bir-biri bilan bo‘lgan munosabatlarini bir ko‘rinishi bu parazitizm hodisasi hisoblanadi.
Parazitizm tabiatda keng tarqalgan hodisa bo‘lib, uni yuzaga chiqish shakllari xilma-xildir. Barcha mikroorganizmlar (virus, bakteriya, zamburug‘) parazitlik qilib hayot kechirishga o‘tgan.
Yuksak o‘simliklar orasida ham parazit formalarni kuzatish mumkin (zarpechak, pechak). Hayvonlar orasida ham bir qancha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi.
Umuman, parazitlarni o‘rganish ob’yektlariga ko‘ra

  • tibbiyot parazitologiyasi

  • veterinariya parazitologiyasi

  • agronomiya parazitologiyasi

  • umumiy parazitologiyaga bo‘linadi

Eramizgacha yashab o‘tgan yunon vrachi, tibbiyot ilmining asoschilaridan biri Gippokrat (460-375-y.y.) odamlarda askarida, ostritsa, exinokokk uchrashi haqida ma’lumotlar qoldirgan. Olim fanga birinchi bo‘lib «askaridoz», «helmins» atamalarini kiritgan.
Gippokrat gelmintlarni invazion kasalliklarning qo’zg’atuvchisi emas, balki o‘z-o‘zidan vujudga keladigan biror kasallikning oqibati, deb noto‘g‘ri tushuncha bergan.
Eramizdan avvalgi 384-322-yillarda yashagan yunon faylasufi Arestotel qoramollardagi exinokokkoz, cho‘chqalardagi sistiserkoz, odam askaridasi va ostritsa to‘g‘risida ma’lumotlar yozib qoldirgan.
Eramizdan avvalgi 116-27-yillarda yashagan Rim olimi Varron hayvonlarni botqoqlik, to‘qayzorlarda boqqanda og‘iz va nafas yo‘llari orqali qoramol organizmiga ko‘zga ko‘rinmaydigan parazitlar kirib kasallik qo‘zg‘atadi deb fikr yuritgan.
XVII–XVIII-asrlarda asosan, parazitlarning morfologik tuzilishi o‘rganilgan. XVII asrning o‘rtalariga kelib, Italiya tabiatshunosi F. Redi (1626–1698) tadqiqotlar orqali, go‘sht qurtlari o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini.
Ular pashshalar tuxumidan chiqqan lichinkalari ekanligi va bu bilan organizmlar Arastu davridan mavjud bo‘lgan o‘z-o‘zidan yaralish qonunini noto‘g‘ri ekanligini, ya’ni yo‘qdan bor bo‘lmasligini ilmiy tomondan isbotlab berdi.
K.A.Rudolfi (1771-1832) butun hayotini parazit chuvalchanglarni o‘rganishga bag‘ishladi. U birinchi marta o‘ziga ma’lum bo‘lgan 981 tur parazit chuvalchanglarni to‘rtta sinfga: Trematoda, Cestoda, Nematoda, Akantosephala va 30 ta avlodga bo‘ldi.
Parazitologiya fanining taraqqiyotiga mikroskop va mikroskopik tadqiqotlarning takomillashuvi yordam berdi, shu tufayli XIX-asrda parazitologiya fan sifatida shakllandi.
Mana shu vaqtdan boshlab parazitlarning biologiyasi o‘rganila boshlandi va eksperimental parazitologiyaga asos solindi.
Akademik K.I. Skryabin (1878-1972) gelmintologiya maktabini asoschisi hisoblanadi. K. I. Skryabin 1878-yil 7-dekabrda Sankt-Peterburgda tug‘ilgan. U 1905-yili Yurev (hozirgi Estoniya Respublikasining Tartu shahridagi) veterinariya institutini tugatgan.
K.I.Skryabin veterinariya, tibbiyot hamda biologiya yo‘nalishidagi gelmintolog mutaxassislarni birlashtirib, gelmintologiya maktabini yaratgan va bu maktabning asoschisi hisoblanadi.
K.I. Skryabin O’rta Osiyoda, shu jumladan, O’zbekistonda gelmintologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. U O’zbekistonning turli mintaqalariga bir necha marta gelmintologik ekspeditsiyalar uyushtirgan.
O‘zbekiston FA zoologiya instituti qoshida gelmintologiya laboratoriyasini tashkil etgan.
K.I. Skryabin gelmintlarning 200 dan ortiq yangi turlarini aniqlagan va 120 ta avlodini tavsiflab bergan, 200 dan ortiq tur gelmintlar uning nomi bilan ataladi.
1917-yilda Novocherkaskda veterinariya instituti (hozirgi Don qishloq xo‘jalik instituti) qoshida Rossiyada birinchi marta parazitologiya kafedrasi tashkil etilgan bo‘lib, unga 1917-yil 2-maydan K.I. Skryabin professor etib saylangan.
U 1917-1920-yillarda Novocherkask shahridagi veterinariya institutining parazitologiya kafedrasida (Don veterinariya institutida) professor lavozimida ishlagan.
1921-1949-yillarda E.I. Martsinovskiy nomidagi Tibbiyot parazitologiyasi va tropik tibbiyot institutida gelmintologiya bo‘limlari mudiri.
1942-1972-yillarda Butunittifoq qishloq xo‘jalik Fanlari Akademiyasi gelmintologiya laboratoriyasi mudiri.
1943-1952-yillarda sobiq ittifoq FA Qirg‘iziston filiali prezidiumi raisi.
1956-1961-yillarda esa Butunittifoq qishloq xo‘jalik FA vitse-prezidenti lavozimlarida ishlagan.
Prof. V.A. Dogel (1882-1955) ekologik parazitologiya maktabining asoschisi. U baliqlarni parazitologik yorib ko‘rish, parazitlarni yig‘ish va aniqlash usullarini ishlab chiqqan.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin