1-DARS THE ALPHABET AND PHONETICS (Alifbo va Fonetika)
Ingliz tili alifbosida 26ta harf bo`lib, ularni 44ta tovush ifodalaydi.
Ingliz tili boshqa tillardan shu har bir harflari turlicha o`qilishi bilan farq qiladi. Misol bizning o`zbek tilimizda alifboda qanday bo`lsa shunday o`qilsa,ingliz tilida aksincha.
Endi sizlarda savol tug`ilishi mumkin. Nega yuqoridagi alifbo harflari yonida belgilar mavjud? Bu belgilar ingliz tilida ‘IPA’, ya`ni International Phonetic Alphabet. O`zbekchasiga Xalqaro Fonetik Alifbo degani. Ko`pchilik o`qituvchilar buni transkripsiya deb ham atashadi.
IPA nechta va qanday tovushlardan tashkil topgan? IPA 3xil turga bo`linadi bular ‘Vowels’ unlilar, ‘Diphtongs’ diftonglar va ‘Constonants’ undoshlar dan iborat. Shunda umumiy 44ta tovushdan tashkil topgan
Undosh harf tovushlar ikkiga bo`linadi. Jaransiz – p,f,t,c,k,s,q,h,x Jarangli – b,d,g,l,m,n,z,v,w,j
Ingliz tilida harflarni to`g`ri o`qishni o`rganish uchun ochiq bo`g`in va yopiq bo`g`inni tushinib olishimiz va o`qib mashq qilishimiz kerak.
Ochiq bo`g`inli so`zlar Ochiq bo`g`inli so`zlar deb oxiri unli harf bilan tugaydigan bo`g`inlarga aytiladi. Ochiq bo`g`inda unli harf doim alifbodagidek o`qiladi. 2 va undan ortiq unli harflar so`zda uchrab oxiri ‘e’ bilan tugasa ‘e’ni tushirib yuborib talafuz qilinadi va oxiridagi ‘e’ o`qilmaydi.