Virtual oʻyinlarning asorati reja: O‘yinlarining yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri



Yüklə 52,54 Kb.
tarix07.08.2023
ölçüsü52,54 Kb.
#138826
Presentation15

VIRTUAL OʻYINLARNING ASORATI

Reja:

O‘yinlarining yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri

Vertual o‘yinlarning salbiy oqibatlari

Internet o‘yinlarining ta’siri

XXI asrda dunyoning mafkuraviy manzarasi tubdan o‘zgarib, global integratsiya jarayonlarining jadallashuvi yangicha tafakkur uslubini taqozo qilmoqda. Yoshlar, o‘smirlar ongida Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish, mustaqillikning oliy ne’mat ekanligini tushuntirish, millat va xalq manfaati yo‘lida kerak bo‘lsa fidoyilik ko‘rsata oladigan, mustaqilligimizning mohiyatini va qadrini anglaydigan, uni har qanday xavf-xatardan asrashni o‘zining muqaddas burchi deb biladigan, muayyan mutaxassislikni, kasb-hunarni chuqur egallagan, mustaqil, erkin fikrlaydigan, ma’naviy va jismonan barkamol insonni tarbiyalash dolzarb vazifalardan biriga aylanib qolmoqda.


Bu esa yoshlarda tarixiy voqelikka ob’ektiv baho berish va to‘g‘ri xulosa chiqarish malakalarini shaklantirishni talab qiladi.
Ayni davrda yoshlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli xil vayronkor g‘oyalarning kirib kelishi ayniqsa, internet tarmog‘i orqali ko‘proq ko‘zga tashlanyapti. Bu jarayon farzandlarimizning kompyuter texnologiyalari, turli kompyuter o‘yinlariga qiziqishining ortishi bilan ham bog‘liq.
Ularning bu qiziqishlaridan buzg‘unchi g‘oya targ‘ibotchilari o‘z maqsadlari yo‘lida samarali foydalanishga harakat qilmoqda. Boshqacha aytganda, «o‘yinbozlik» jamiyatning ma’lum bir qismiga tahdid ekanligini yaxshi biladigan ekstremistlar o‘smirlar, yoshlar ongini shu yo‘l bilan egallashga harakat qilmoqda.

Olimlar I. P. Korolenko va T. A. Donskix o‘yinbozlik alomatlarini shunday tasniflashgan: O‘smirning o‘yinda o‘tkazayotgan vaqti miqdorining oshib borishi Oldingi odatlar, qiziqishlar doirasi torayib, o‘yin haqida ko‘proq o‘ylashi; Yutsa ham, yutqizsa ham o‘yindan chiqa olmasligi; O‘yin boshlanishini orziqib kutish, o‘yinsiz qolganda bezovta bo‘lib, asabiylashish;

Tobora ko‘proq o‘ynash istagi, o‘yinga tobora ko‘proq narsa tika borish O‘yindan o‘zini to‘xtata olmay qolishi. «Bo‘ldi, o‘yinni tashladim», – deydi, biroq oldin birga o‘ynagan sheriklarini ko‘rsa, o‘yin haqida gap ochilsa, o‘yingohning yonidan o‘tayotganda qaroridan tez aynib qoladi; Ota-onasidan o‘yinga pul olish uchun yolg‘on gapirishi, o‘g‘irlik qilishi; Oila a’zolaridan, shifokorlardan va boshqalardan o‘zining o‘ta o‘yinparastligini yashirib, yolg‘on gapirishi kabilar o‘smirning o‘yinparastligidan dalolat beradi».

Ko‘rinib turibdiki, o‘smirlik davrida tarbiyaga jiddiy yondashmaslik, farzandning xatti-haraktlariga nisbatan befarqlik natijasida ko‘pchilik hollarda farzandni qo‘ldan chiqarish mumkin. Zero, «o‘yinbozlik»ning oqibati yoki turli informatsion o‘yinlarga mukkasidan ketish natijasida nafaqat mutaassiblik, balki turli xil kasalliklarning kelib chiqishi ham kuzatilyapti. Ya’ni internet o‘yinlariga ishqibozlik oqibatida miya faoliyati bilan bog‘liq insult, ludomaniya, ruhiy kasalliklar, aksariyat hollarda yuragi yorilib o‘lish kabi salbiy oqibatlar ko‘zga tashlanyapti. Bu esa rivojlanib borayotgan davlatimiz uchun eng katta tahdidlardan biri hisoblanadi.

Demak, tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, farzand tarbiyasini doimiy nazorat qilish g‘oyat muhim. Farzandga internetni butunlay cheklash mumkin emas. Ta’qiqlangan narsaga nisbatan bolada qiziqishning kuchayishi tabiiy. Turli xil kompyuter o‘yini, ya’ni «aksion», «strategiya» yoki «shuter» kabi bir qator o‘yinlarning qay biri bo‘lishidan qat’iy nazar bolani jazavaga tushish, tajovuzkorlik, ruhiy buzilishlardan asrash uchun internetdan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish muhim. Boshqacha aytganda, internet global tarmog‘i insoniyat hayotiga qandaydir o‘yinlarni o‘ynab huzurlanish uchun emas, balki ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan ilmiy ma’lumot va axborotlarni olish imkonini yaratish maqsadida kirib kelgan.

Darhaqiqat, bolaning fiziologik va aqliy rivojlanishi bevosita tarbiya jarayoniga bog‘liq. Bu jarayonni ota-onalar mas’uliyat bilan sidqidildan amalga oshirishga majburdirlar. Azaldan farzand tarbiyasida muhim o‘rin egallab kelgan, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladigan, faoliyat mezonini ezgulikka yo‘naltiradigan milliy o‘yinchoqlar o‘rnini qandaydir odam o‘ldirib huzurlanishga yo‘naltirilgan internet o‘yinlari egallab olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ma’lumki, o‘sib kelayotgan bola beg‘ubor bo‘lgani bois ro‘parasidagi odamdan yomonlikdan kutmaydi. Xuddi shu tariqa bola uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yinlarning salbiy oqibatlarga olib kelishi uning xayoliga ham kelmaydi.

  • Azaldan farzand tarbiyasida muhim o‘rin egallab kelgan, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladigan, faoliyat mezonini ezgulikka yo‘naltiradigan milliy o‘yinchoqlar o‘rnini qandaydir odam o‘ldirib huzurlanishga yo‘naltirilgan internet o‘yinlari egallab olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ma’lumki, o‘sib kelayotgan bola beg‘ubor bo‘lgani bois ro‘parasidagi odamdan yomonlikdan kutmaydi. Xuddi shu tariqa bola uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yinlarning salbiy oqibatlarga olib kelishi uning xayoliga ham kelmaydi. Ularni hushyorlikka o‘rgatish, tushuntirish ishlarini olib borish, eng asosiysi, ko‘ziga chiroyli ko‘ringan narsalarga mahliyo bo‘lib ketadigan darajada nodonlik botqog‘iga botmasligining oldini olish ota-ona va pedagoglarning jamiyat oldidagi ajralmas burchidir.

Yüklə 52,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin