Virtual muzey yaratish texnologiyasi va amaliyotda qo‘llash tajribasidan


FRAUNHOFER VIRTUAL REALITY SOLUTION CENTER



Yüklə 279,05 Kb.
səhifə5/6
tarix20.11.2023
ölçüsü279,05 Kb.
#165612
1   2   3   4   5   6
Virtual muzey yaratish texnologiyasi va amaliyotda qo‘llash tajr

FRAUNHOFER VIRTUAL REALITY SOLUTION CENTER

Gap sun’iy yaratilgan olam haqida ketganda, maxsus uskunalar va qurilish texnologiyalarini yaratuvchi Frauenhofer Instituti qoshidagi VR Yechimlar Markazini( Virtual Reality Solution Center des Fraunhofer-Instituts) tilga olish shart: markaz sanoat ishlab chiqarish jarayonlari, aytaylik, avtomobil sanoati uchun 3D uskunalaridan tashqari, vizualizatsiya usullari va tezkor prototiplash usullarini yaratadi. Ular dastgohlarning dizaynini to’laligicha virtual reallikda yaratib, keyin ishlab chiqaradigan yechimlar ustida ish olib boradi.



Borliq — obʼyektiv mavjud reallikni ifodalovchi falsafiy tushuncha. U moddiypredmet olamidangina iborat emas. B. turli darajada namoyon boʻladi: organik va noorganik tabiat, biosfera, ijtimoiy B., obʼyektivideal B. (madaniy qadriyatlar, ilmiy bilimning umumiy prinsiplari, tushunchalari va h.k.), inson turmushi. B. falsafa tarixida turlicha talqin qilingan. Yaqin va Oʻrta Sharq falsafasida Kindiy, Forobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Ibn Rushd kabi mutafakkirlar B. ni ikkiga — vujudi mumkin va vujudi vojibga boʻladilar. Ularning falsafasida B. ning dastlabki sababchisi Alloh (vujudi vojib), lekin Alloh bilan B. ni bir-biridan ajratib tasavvur qilib boʻlmaydi, bular sababoqibat shaklida bir-birlari bilan uzviy bogʻliq, degan tushuncha yotadi.
Real va xayoliy B. oʻrtasida alohida tafovut bor. Real B. mavjudlikni, xayoliy B. mohiyatni belgilaydi. Real B. narsalar, jarayonlar, shaxslar, xattiharakatlar va boshqa ning realligini bildiradi; u makon va zamon harakteriga ega, u alohida, betakror. Xayoliy B. (gʻoya maʼnosida) vaqtinchalik, haqiqiy, tajribaviy harakteridan mahrum, u fakt boʻla olmaydi; u qatʼiy oʻzgarmas (qotib qojan), abadiy mavjud (N. Gartman). Xayoliy B. bu maʼnoda qadriyat, gʻoya, matematik va mantiqiy tushuncha sifatida yuzaga chiqadi. Platon unda chin, xususiy "real" B. ni koʻradi. Umumiy maʼnodagi B. dan muayyan B. farq qiladi. Geraklit fikricha, hech qanday qotib qolgan B. yoʻq, doimo oʻzgaruvchan B. bor. Metafiziklar "haqiqiy" B. transsendent, narsa oʻzidadir deb biladilar. Barcha mavjud narsalarning yigʻindisini, umuman olamni B. deb ataydilar. J. Berkli, D. Yum B. faqat subʼyektda, ongdagina mavjud deb biladilar. Baʼzi faylasuflar B. ni qandaydir dunyoviy ruhning , gʻayri moddiy kuchning koʻrinishlaridan iborat, deb hisoblaydilar. Xususan Gegel falsafasida B. mutlaq gʻoyaning oʻzligidan, mavhumlikdan konkretlikka tomon yuksalib boruvchi dastlabki, bevosita va juda noaniq bosqichi hisoblanadi. B. ni ruhmahsuli sifatida qarash 19-asr oxiri — 20-asr boshidagi falsafaga ham xos. L. Feyerbax, A. I. Gersen, N. G. Chernishevskiy B. obʼyektiv, u harakatdagi materiya bilan bogʻliq deb taʼkidlaydilar. Baʼzi falsafiy oqimlar mavjud olamning realligini, B. ning obʼyektivligini eʼtirof etadilar. B. ning eng muhim xususiyati — moddiyligida ekanligini alohida taʼkidlaydilar. Hozirgi zamon ontologiyasiga koʻra, B. — barcha mavjudotning turlituman koʻrinishlari bilan aynandir.


Yüklə 279,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin