Viloyat iib boshligʻining 2016-yil 12-maydagi 21-sonli buyrugʻi bilan fuqaro


 Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix09.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#56850
1   2   3   4   5   6   7   8   9
murmam

2. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha 

qayta koʻrish  yuzasidan ish yuritishni tahlil qiling. Fikringizni amaliy misollar 

asosida bayon qiling. 

Sud  o‘zi  qabul  qilgan  hamda  qonuniy  kuchga  kirgan  sud  hujjatini  ushbu 

bobda nazarda tutilgan  asoslarga ko‘ra va tartibda yangi  ochilgan  holatlar  bo‘yicha 

qayta ko‘rishi mumkin.  Birinchi  instansiya  sudi tomonidan qabul qilingan,  qonuniy 

kuchga kirgan  hal  qiluv  qarori, ajrim  yangi  ochilgan  holatlar  bo‘yicha shu hal  qiluv 

qarorini, ajrimni  qabul qilgan sud tomonidan qayta ko‘riladi. Yangi ochilgan holatlar 




bo‘yicha apellatsiya  yoki  kassatsiya instansiyasining  sud hujjati  o‘zgartirilgan  yoki 

yangi  sud hujjati  qabul  qilingan  qarorlari  va  ajrimlarini  qayta  ko‘rish  sud hujjati 

o‘zgartirilgan  yoki  yangi  sud hujjati  qabul  qilingan  instansiya  tomonidan  amalga 

oshiriladi.

5

  Qonuniy kuchga kirgan  sud hujjatlarini  yangi ochilgan  holatlar  bo‘yicha 



qayta ko‘rish uchun asoslar quyidagilardan  iborat: 

1) sud hujjati  qabul qilingan  paytda mavjud bo‘lgan, lekin  arizachiga  ma’lum 

bo‘lmagan va ma’lum  bo‘lishi mumkin  bo‘lmagan, ish uchun muhim  holatlar; 

2)  ekspertning  bila  turib  yolg‘on  xulosa  berganligi,  guvohning  bila  turib 

yolg‘on  ko‘rsatuvlar  berganligi,  bila  turib  noto‘g‘ri  tarjima  qilinganligi  sudning 

qonuniy  kuchga kirgan  hukmi  bilan  aniqlangan  bo‘lsa va ular  mazkur  ish bo‘yicha 

qonunga xilof yoki asoslanmagan sud hujjati  qabul qilinishiga  sabab bo‘lgan bo‘lsa; 

3) ishda ishtirok  etuvchi  shaxsning  yoki  uning  vakilining  yoxud sudyaning 

mazkur  ishni  ko‘rish chog‘ida sodir etilgan,  sudning qonuniy kuchga kirgan  hukmi, 

ajrimi  bilan  aniqlangan  jinoiy  qilmishlari; 

4) ma’muriy  sudning yoki fuqarolik  ishlari  bo‘yicha sudning, jinoyat  ishlari 

bo‘yicha sudning  yoki  iqtisodiy  sudning  mazkur  ish  bo‘yicha sud hujjatini  qabul 

qilishga  asos bo‘lgan  sud hujjati  yoxud  boshqa organning  shunday  hujjati  bekor 

qilinganligi.  Qonuniy  kuchga  kirgan  sud hujjatini  yangi  ochilgan  holatlar  bo‘yicha 

qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza  ushbu sud hujjatini  qabul qilgan  sudga sud hujjatini 

qayta  ko‘rish uchun  asos bo‘ladigan  holatlar  ochilgan  kundan  e’tiboran bir  oydan 

kechiktirmay,  ishda ishtirok  etuvchi shaxslar yoki prokuror tomonidan beriladi. 

Arizaga  ariza  va unga ilova qilingan  hujjatlarning  ko‘chirma nusxalari  ishda 

ishtirok  etuvchi  boshqa  shaxslarga  yuborilganligini  tasdiqlovchi  hujjatlar  ilova 

qilinadi. 

Ariza  berishning  o‘tkazib  yuborilgan  muddati,  ariza  bilan  murojaat  qilgan 

shaxsning  iltimosnomasi  bo‘yicha,  agar  iltimosnoma  qayta  ko‘rish  uchun  asos 

bo‘ladigan  holatlar  ochilgan  kundan  e’tiboran  olti  oydan  kechiktirmay  berilgan 

bo‘lsa  va  sud  muddatni  o‘tkazib  yuborish  sabablarini  uzrli  deb  tan  olsa,  sud 

tomonidan tiklanishi  mumkin. 

 

 



 

 

 



                                                                 

5

 Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeks, 268-modda 





Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin