III bosqich. Guruh a’zolari baholanadi. Adabiyotlar:
O.Madayev, A.Sobirov, Z.Xolmanova, Sh.Toshmirzayeva, G.Ziyodullayeva, M.Shamsiyeva. Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant. -Toshkent “Turon zamin ziyo”, 2017.
G‘ulomov A., Qodirov M. Ona tili o‘qitish mеtodikasi. – T: Fan va texnologiyalar, 2012. :
Kompetensiyaga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi: Ona tili, adabiyot, o‘zbek tili (5-9 sinflar). Toshkent. 2016.
To‘xliyеv B., Shamsiyеva M., Ziyodova T. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi. – T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. 2010.
15-Mavzu:Muhokama bayon
Talabalar kichik guruhlarda ishlaydi. I bosqich. Guruh a’zolarini faollashtirish uchun savollar beriladi. 1-variant. Bayon nima?
2-variant. Muhokama bayon deganda nimani tushunasiz?
3-variant. Bayon qanday baholanadi?
4-variant. Bayon yozish texnologiyasini izohlang.
II bosqich. Guruh a’zolariga topshiriqlar beriladi. 1-variant. Matnda qo‘llangan nutq tiplariga ko‘ra bayon turlarini “Tushunchalar tahlili” texnologiyasi asosida izohlang.