Vi semestr uchun o’quv materiallari 1-Mavzu: Diktant va uning turlari


-li mavjudlikni bildiruvchi sifat yasovchi qo‘shimcha. –li



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə41/98
tarix05.10.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#152405
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98
yozma ishlar

-li mavjudlikni bildiruvchi sifat yasovchi qo‘shimcha. –li qo‘shimchasi shaxsning mavjudligini (bolali), shaxslararo munosabat mavjudligini (oilali), belgi-xususiyatning kam darajada mavjudligini (yog‘li qo‘l), belgi-xususiyatning me’yordan ortiq darajada mavjudligini (yog‘li palov) bildiradi.
-lik qo‘shimchasi mansublikni (o‘zbekistonlik), xoslikni (bolalik) bildiradi, mavhum ot yasaydi (shodlik). Bolalik uy – bozor, bolasiz uy– mozor maqolida -lik qo‘shimchasi -li o‘rnida noto‘g‘ri qo‘llangan.
-ning qo‘shimchasi ot+ot tipidagi birikmalarni shakllantiradi: uzumning sharbati, do‘stimning suhbati. Hokim so‘zdagi egalik shakli –ning qo‘shimchasi qo‘shilishini ko‘rsatuvchi asos bo‘ladi.
-ni ot+fe’l tipidagi birikuvlarni yuzaga keltiradi: kinoni ko‘rmoq, suvni ichmoq. So‘zlashuv jarayonida ko‘p hollarda -ning o‘rnida -ni noto‘g‘ri qo‘llanadi: cho‘lni qovuni, hayotini mazmuni, so‘zni qudrati kabi.
Mantiqiy xatolarjumla mazmuni, mantiq bilan bog‘liq xatolar.
Shunday mantiqiy xatolar borki, ularni har doim ham ilg‘ash qiyin. Masalan, Momaqaldiroq guldurab, chaqmoq chaqdi va sharros yomg‘ir quya boshladi; Chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumburladi jumlasida momaqaldiroqning gumburlashi va chaqmoqning chaqishi ketma-ket ro‘y beradigan hodisa sifatida ifoda etilmoqda. Aslida bu ikki jarayon bir vaqtda sodir bo‘lib, yorug‘lik tezligi tovush tezligidan katta bo‘lgani sababli dastlab chaqmoq chaqib, keyin momaqaldiroq gumburlagandek tuyuladi.
Quyosh chiqdi, kun tikkaga keldi kabi birikuvlar ham mantiqiy jihatdan xatodir.


Savollar:
1. Yozma ishlarni tashkil etishda yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolar qaysilar?
2. Imloviy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun nimalarga ahamiyat berish lozim?
3. Qaysi yozma ish turida mantiqiy, uslubiy xatolarga ko‘p yo‘l qo‘yish mumkin?
4. Orfografik xatolarga yo‘l qo‘yishda orfoepiyaning ahamiyati haqida gapiring.


Adabiyotlar:

  1. O.Madayev, A.Sobirov, Z.Xolmanova, Sh.Toshmirzayeva, G.Ziyodullayeva, M.Shamsiyeva. Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant. -Toshkent “Turon zamin ziyo”, 2017.

  2. G‘ulomov A., Qodirov M. Ona tili o‘qitish mеtodikasi. – T: Fan va texnologiyalar, 2012.

  3. Kompetensiyaga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi: Ona tili, adabiyot, o‘zbek tili (5-9 sinflar). Toshkent. 2016.

  4. To‘xliyеv B., Shamsiyеva M., Ziyodova T. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi. – T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. 2010.




Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin