Sterjen siljiganda ikkilamchi chulg‘amlardagi EYuK ning tengsizligi paydo bo‘ladi, bu esa chiqish tokining o‘zgarishiga olib keladi. Siljish datchigi sezuvchi elementlarga ega emas, shuning uchun uning chastotaviy diapazoni faqat apparaturaga o‘rnatilgan filtr bilan aniqlanadi.
Vibratsiya datchiklarida va siljish datchiklarida filtrlar uzib qo‘yilishi mumkin, bunda datchiklarning chastotaviy diapazonini va sezuvchanligini bir qancha oshadi, chunki filtr qarshiligidagi chiqish kuchlanishining pasayishi bo‘lmaydi.
Vibrosiljishlarni o‘lchash
Vibratsiyalarni o‘lchash uchun 12.2 – rasmda keltirilgan datchikni ishlatish mumkin. Datchikning harakatlanuvchi sistemasining havodagi xususiy chastotasi 6
– 10 Gs ga teng. Bu chastotalarda datchikning xarakteristikasi aniq ifodalangan rezonans ko‘rinishida bo‘ladi [9].