Va terrorizmga



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/66
tarix24.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#59250
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

«...dunyoviylik – bu dahriylik degani emas. Din va diniy e’tiqod 
butunlay rad etiladigan hayot qanday g‘ayriinsoniy ko‘rinishga ega 
ekanini biz kechagi tariximiz misolida yaxshi bilamiz. Bunday maf-
kuraning xatarli tomoni shundaki, u necha asrlar davomida din ne-
gizida shakllangan, xalq hayotining ajralmas qismiga aylanib ketgan 
qadriyatlar – bu yozma yoki og‘zaki, moddiy yoki ma’naviy meros 
bo‘ladimi, axloq yoki an’analar bo‘ladimi, milliy dunyoqarash yoki 
turmush tarzi bo‘ladimi – bularning barchasini rad etadi. Oxir oqi-
batda bunday odam ota-onasini ham, o‘z millati, xalqi va Vatanini 
ham tanimaydigan ayanchli holatga tushib qoladi».
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, dunyoviy davlatda din dav­
latdan ajratilsa­da, jamiyatdan ajratilmaydi. U muhim sotsial ins­
titut sifatida ijtimoiy hayotda o‘zining alohida o‘rniga ega. Dav­
latdan ajratilgan bo‘lsa­da, din ijtimoiy muammolarni bartaraf 
qilishda dunyoviylik bilan yaqindan hamkorlik qiladi. 


31
Dunyoviylik va ijtimoiy­iqtisodiy taraqqiyot ehtiyojlari hami­
sha hamohanglik kasb etib kelgan. Ya’ni dunyoviylik qotib qol­
gan dogma emas, aksincha, u muntazam ravishda takomillashib 
boruvchi hodisadir. Zamonaviy ilmiy tilda aytganda, dunyoviylik 
modernizatsiya deb nomlanuvchi jarayonning harakatlantiruvchi 
kuchi. U jamiyat ilmiy salohiyatining uzluksiz oshib borishi, tex­
nologik taraqqiyotning davomiyligi, iqtisodiy hayotning ratsio­
nallashuvi, madaniyatning yuksalib borishi kabi muhim jarayon­
lar bilan uyg‘un ravishda takomillashib boradi.
Shu o‘rinda qayd etish joizki, har bir davlat o‘zining dinga 
bo‘lgan munosabatini muayyan me’yoriy­huquqiy hujjatlar va 
qonunlar orqali tartibga solib kelgan.
«Mamlakatimizni demokratik tamoyillar, ilm-fan yutuqlari, yuksak tex-
nologiyalar asosida modernizatsiya qilish bilan birga, muqad das dinimizni, 
milliy o‘zligimizni asrab-avaylab yashashni maqsad qilib qo‘yganmiz». 
Islom Karimov
Bugungi kunda diniy­huquqiy ta’limotlarning davlat va huquq 
rivojlanishiga, vijdon va e’tiqod erkinligi amalga oshirilishiga ta’si­
ri quyidagi xalqaro­huquqiy shakllarda namoyon bo‘ladi: 
fikrlash, vijdon, din va e’tiqod erkinligining hamda din va 
e’tiqod asosida toqatsizlik va kamsitilishlarga yo‘l qo‘ymaslikning 
konstitutsiyaviy va huquqiy kafolatlari. Davlatlar tomonidan qabul 
qilingan konstitutsiyalar va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan 
asosiy qoidalar inson huquqlarini ta’minlashda favqulodda muhim 
ahamiyatga ega. Zero, aynan ular davlat organlari aralashuvidan xo­
li bo‘lgan shaxs va jamoa erkinligi, jumladan, fikrlash, vijdon, din 
va e’tiqod erkinligi kabi asosiy tamoyillarga taalluqli sohani yaratadi;
– milliy konstitutsiyalar va qonunchilik doirasida fikrlash, vij­
don, din va e’tiqod erkinligining huquqiy kafolatlari;
– din va e’tiqod asosida toqatsizlik va kamsitishlarning ol dini 
olishga qaratilgan va bunday harakatlar sodir etilganda tegishli 
javobgarlikni nazarda tutadigan jinoyat qonunchiligi;


32
– shaxsning o‘z xohishiga ko‘ra dinga yoki e’tiqodga ega 
bo‘lish erkinligini kamsituvchi, majburlashni taqiqlovchi konsti­
tutsiyaviy va huquqiy qoidalar;
– din yoki e’tiqod bilan bog‘liq marosimlarni bajarish yoki 
shu sabab bilan to‘planish, shu maqsad uchun joylar tashkil etish, 
ularni saqlash;
– tegishli xayriya va insonparvarlik tashkilotlarini tuzish ham­
da ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
– diniy marosimlar yoki urf­odatlar yoxud e’tiqod bilan bog‘liq 
axborot materiallarini yaratish, chop etish va tarqatish;
– din yoki e’tiqod bilan bog‘liq ta’limni bunday maqsad uchun 
mos bo‘lgan joylarda olib borish;
– alohida shaxslar va tashkilotlardan ko‘ngilli moliyaviy yor­
dam hamda boshqa ehsonlarni so‘rash va qabul qilish;
– u yoki bu din yoki e’tiqod ehtiyojlari va me’yorlariga mos 
ravishda tegishli diniy xodimlarni tayyorlash, tayinlash, saylash 
yoki vorislik asosida tayinlash;
– din yoki e’tiqod qoidalariga muvofiq ravishda dam olish kun­
lariga rioya etish, bayramlarni nishonlash, marosimlarni bajarish;
– milliy va xalqaro darajada din va e’tiqod sohasida alohida 
shaxslar va jamoalar bilan aloqalar o‘rnatish; 
– din va e’tiqod subyektlariga taalluqli huquq va erkinliklar 
bilan bog‘liq konstitutsiyaviy va huquqiy qoidalar. Hozirgi davrda 
davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar bir qator xususiyatlari bi­
lan ajralib turishini ta’kidlash zarur. Eng avvalo, «sovuq urush» 
davri tugagandan keyin siyosiy mafkuraga muvofiq o‘tkazib ke­
lingan dinga qarshi siyosat hamda diniy faoliyat ustidan nazorat 
qilish siyosati asta­sekin susayayotganini qayd etish lozim. 
Shu bilan birga, avtoritar tuzumlar tomonidan ijtimoiy muno­
sabatlarga zid, deb hisoblangan holda o‘z diniy e’tiqodiga ega ja­
moalarga nisbatan toqatsizlik va kamsitish siyosatining saqlab qo­
linayotganini ham yoddan chiqarib bo‘lmaydi.
Ayni paytda, bunday siyosat mohiyatan siyosiy xususiyatga 
ega nizolar doirasida ba’zi etnik diniy jamoalarga nisbatan ham 


33
amalga oshirilmoqda. Kam sonli diniy jamoalarga nisbatan yoki 
aholining ko‘pchiligini tashkil qiluvchi muayyan dinga e’tiqod 
qo‘yganlarga nisbatan davlat doirasidagi siyosat, qonunchilik va 
amaliyotni saqlab turishni ham hozirgi davrda davlat va din mu­
nosabatlariga xos xususiyatlar qatorida sanash mumkin.
Hozirgi davr diniy sektalarning ko‘pligi, yangilarining paydo 
bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi. Mazkur jarayon sektalar yoki 
yangi diniy oqimlarga nisbatan toqatsizlik va kamsitish sohasida­
gi siyosatning hamda qonunchilik amaliyotining kuchaytirilishi 
kabi holatlarning kuzatilishida o‘z ifodasini topmoqda.
E’tiqodi nuqtayi nazaridan harbiy xizmatni o‘tashdan bo‘yin 
tovlayotganlarga qarshi yo‘naltirilgan siyosat, qonunchilik va 
amaliyotni saqlab turishni ham yuqorida qayd etilgan xususiyat­
lar qatorida sanash mumkin.
Umuman olganda, kam bo‘lsa­da, uchraydigan yuqoridagi ka­
bi holatlar shaxsiy maqom to‘g‘risidagi qonunlar, qoidalar mav­
judligi, ularning talqin etilishi, an’analar, ijtimoiy omillar hamda 
ekstremizm deb ataluvchi hodisalar bilan izohlanadi. Bu davlat­
lar va huquqiy munosabatlarning nodavlat subyektlariga bir xil­
da xosdir.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin