Va malakasini oshirish muassasalarining



Yüklə 307,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix22.02.2022
ölçüsü307,79 Kb.
#52969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
МОИ педагог

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent-2022 


 

Kirish 

 

Ushbu namunaviy o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  



“O‘zbekistonning  yangi  taraqqiyot  davrida  ta’lim-tarbiya  va  ilm-fan  sohalarini 

rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”  2020-yil  6-noyabrdagi  PF-6108-son 

Farmoni va “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha 

chora-tadbirlar  to‘g‘risida”  2020-yil  6-noyabrdagi  PQ-4884-son  hamda  “Xalq 

ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz 

kasbiy  rivojlantirish  tizimini  joriy  qilish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”  2021-yil  

25-yanvardagi PQ-4963-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, 

rahbar kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning 

ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy  mexanizmlarini  tatbiq  etish yo‘li bilan xalq 

ta’limi  tizimida  kadrlar  siyosatini  shakllantirishning  zamonaviy  tamoyillarini 

joriy  etish  bo‘yicha  belgilangan  ustuvor  vazifalar  mazmunidan  kelib  chiqqan 

holda tuzilgan bo‘lib, zamonaviy talablar asosida xalq ta’limi xodimlarini qayta 

tayyorlash  va  malakasini  oshirish  muassasalarining  professor-o‘qituvchilari 

malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning 

kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi. 

Dastur  mazmuni  O‘zbekiston  Respublikasining  ta’lim  sohasidagi  Davlat 

siyosati,  pedagogning  kommunikativ  ko‘nikmalarini  rivojlantirish,  axborot- 

kommunikatsiya texnologiyalari va mediasavodxonlik, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, 

uzluksiz kasbiy rivojlanish, pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi, inklyuziv 

ta’limni  joriy  etish  masalalari,  fandagi  yangiliklar,  fanni  o‘qitishning  dolzarb 

masalalari,  o‘qituvchining  kasbiy  kompetensiyalarini  baholash,  uzluksiz  kasbiy 

rivojlanishlarni  o‘z  ichiga  olib,  ular  bo‘yicha  tegishli  yangi  bilim,  ko‘nikma, 

malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.  

Mazkur dastur doirasida o‘quv modullarining taqdim etilayotgan mazmuni 

tinglovchilarning zamonaviy bilim va innovatsiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalardan 

samarali 

foydalanish, 

axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini 

o‘quv 


jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning kasb mahoratini 

muntazam yuksaltirishni nazarda tutadi. 

Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish shaklidagi  uzluksiz kasbiy 

rivojlantirish kursining namunaviy o‘quv dasturi quyidagi modullardan iborat: 

1.  Pedagogning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish   

2.  AKT va mediasavodxonlik  

3.  O‘zini-o‘zi rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish 

4.  Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi  

5.  Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari 

6.  Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 




Yüklə 307,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin