Va darsliklarning taxlili



Yüklə 342,49 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix09.05.2023
ölçüsü342,49 Kb.
#110160
15-amaliy mashg\'ulot 3 kurs



15-Amaliy mashg’ulot 
Mavzu: UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARINING BIOLOGIYA 
(SITOLOGIYA VA GENETIKA ASOSLARI) DAN DTS O’QUV DASTURLARI 
VA DARSLIKLARNING TAXLILI 
 
Darslikda hujayraning tashqi, ichki tuzilishi ayniqsa organoidlarning tuzilishi, 
funksiyasi, hujayraning kimyoviy tarkibi – anorganik moddalar, organik moddalar, 
oqsillar, uglevodlar, yog‘lar, nuklein kislotalar, moddalar va energiya almashinuvi 
haqida ma’lumotlar berilgan. Organizmlarning ko‘payishi va individual rivojlanishi 
bo‘limida esa jinssiz, jinsiy ko‘payish, hujayralarning mitoz, meyoz bo‘linishi, 
organizmlarning embrional, postembrional rivojlanishi haqida bilimlar keltirilgan. 
Genetika va seleksiya asoslari bo‘limida esa genetik tushunchalar, irsiyat qonunlari
o‘zgaruvchanlik qonunlari, odam genetikasi, uning o‘rganish metodlari, o‘simliklar, 
xayvonlar, mikroorganizmlar seleksiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoritilgan. Darslikda 
75 rasmlar berilgan. Ularning ko‘pchiligi rangli rasmlardir. Har bir paragraf so‘ngida 
bilimni tekshirish uchun savollar, test topshiriqlar berilgan.
Darslik birinchi marotaba nashr qilinganligi sababli unda bir qancha 
etishmovchiliklar mavjud. Darslikda bir-biriga zid fikrlar uchraydi. Bir tomondan 
darslik mualliflari tiriklikning molekula darajasini e’tirof etib, hayotning xujayrasiz 
shakllariga misol qilib viruslarni oladilar va ularning tuzilishi, hayot siklini 
tushuntiradilar. Ikkinchi tomondan esa “viruslar tirik organizm hisoblanmaydi, chunki 
ular hayotning xususiyatlarini o‘zida namoyon qilmaydi” deb o‘zlariga o‘zlari qarshi 
fikrda bo‘ladilar.
3. Akademik litsey, kasb – xunar kollej o‘quvchilari uchun yozilgan biologiya 
darsligi (mualliflar A.Abdukarimov, A. G‘ofurov, K. Nishonboev, J.Xamidov, 
B.Toshmuxamedov,O.Eshonqulov) 8 bobdan iborat bo‘lib, unda umum biologik 
qonunlar, nazariyalar, genetik injeneriya va biotexnologiya, evolyusion ta’limot, 
evolyusion dalillar, Erda xayotning paydo bo‘lishi va tarixiy taraqqiyoti, odamning 
paydo bo‘lishi, ekologiya asoslari, biosfera va uning evolyusiyasi kabi yirik mavzular 
bor. Darslik 80 soatga mo‘ljallangan, 39 paragrafdan tashkil topgan. Boshqa biologiya 
darsliklaridan farqli ravishda ushbu darslikda o‘quvchilarning mustaqil bilim 
egallashlarini nazarda tutib, uyga beriladigan vazifalar o‘tiladigan mavzudan keyin emas 


uning boshida qayd etilgan. Bu xar bir o‘quvchi o‘tiladigan dars mavzusini mustaqil 
ravishda o‘qib darsga ma’lum darajada tayyorgarlik bilan kelishini ta’min etadi.
1. Darsliklarga qo‘yilgan talablarni aniqlang
2. Darslikning asosiy komponentlari nimalardan iborat? 
3. Botanika darsligining tuzilishini va mazmunini aniqlang. 
4. Zoologiya va botanika darsligidan nimalari bilan tafovut qiladi? 
5. Zoologiya darsligida bilimlarni yoritish qanday prinsipga asoslangan? 
6. Odam va uning salomatlik darsligini tahlil qiling. 
7. 9-sinf biologiya darsligida qanday asosiy mavzular yoritilgan? 
8. Maktab botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi va biologiya (Sitologiya 
va genetika asoslari) darsliklarining tuzilishi va mazmuni bilan tanishib chiqing va 
tubandagi jadvalni to‘ldiring. 
 
 

Yüklə 342,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin