37
Loyihani “Qizil shapkacha” nomi bilan saqlang.
7-topshiriq.
1. Multiplikatsiya nima? Multfilm-chi?
2. Texnologik jarayonlarga kо‘ra multfilmlarni qanday turlarga ajratish mumkin?
3. Yaxshi multfilm yaratish uchun nimalar zarur?
4. Ssenariysiz multfilm yaratish mumkinmi? Nima uchun?
5. Nima uchun multfilm yaratish vaqtida sprayt va fonlarni o‘zgartirish muhim sanaladi?
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. “Qizil shapkacha” nomli loyihada ishtirok etgan har bir skript tomonidan namoyish qilingan
matnlarga mos ovozlarni yozing (eslatma: ovoz yozish uchun “Choose a Sound” bandidan
“Record” buyrug‘i tanlanadi; hosil bo‘lgan oynadagi “Record” tugmachasini bosish orqali
ovozni yozish mumkin.)
2. “Qizil shapkacha” nomli loyihada ishtirok etgan har bir skriptga mos matnlarni 1-topshiriqda
hosil qilgan ovozlarga almashtiring. Loyihani “Ovozli_multfilm_Qizil shapkacha” nomi bilan
saqlang.
UYGA VAZIFA
7) o‘tinchi qo‘lidagi bolta bilan bo‘rini chopib tashlasin;
8) sahnada Qizil shapkacha bilan buvisi namoyon bo‘lsin;
9) buvisi Qizil shapkachani eshik oldigacha kuzatib chiqsin va
“O‘rmonda bo‘rilar bilan gaplashish xavfli!” desin hamda multfilm
tugatilsin.
8-dars. KOMPYUTER O‘YINLARINI YARATISH
Scratch dasturi rasm va tovushlar bilan ishlash, dinamik
sahnalarni yaratish, harakatlar ketma-ketligini skript
shaklida yozib olish, animatsion interfaol hikoya va
kompyuter o‘yinlari kabi loyihalarni yaratish imkonini
beruvchi dasturlash muhiti ekanligi 5-sinf “Informatika
va axborot texnologiyalari” darsligidan ma’lum. Mazkur
dastur dasturlash asoslari bilan tanishtirish, animatsion va
interfaol loyihalarni amalga oshirish va multfilmlar yaratish
orqali o‘quvchi ijodiy, mantiqiy va fikrlash qobiliyatlarini
Dostları ilə paylaş: