59
16-DARS.
HUJJATLARDA RASMLAR BILAN ISHLASH
59
turli ko‘rinishlarda bezash usullari, ranglar kombinatsiyalaridan foydalanish mumkin. Lekin
rasmlarning chegara qismini va soyasini turli usullarda ifodalash uchun avval uni hujjatga
yuklab olamiz. Yuklangan rasmni sichqoncha
bilan belgilab olgach, menyu tasmasidan Работа
с рисунками ФОРМАТ paneli faollashadi va undan ixtiyoriy dizayndagi rasm maketi tanlanadi.
1-mashq. MS Word dasturini ishga tushiring. Menyu bo‘limidan Вставка Фигуры
Основные фигуры – oynachasida oval va yurakcha shakllarini tanlang
va rasmlar hosil qiling
Qo‘yilgan rasmlarni burish uchun,
uni belgilash, so‘ngra sichqoncha bilan burish nuqtasini
harakatga keltirish lozim. Shunda siz gul rasmini hosil qilish
uchun yurakchani turli
yo‘nalishda aks ettirishingiz mumkin.
2-mashq. Taomlar ro‘yxati (Menyu) varaqasini hosil qilamiz va Параметры разметки
yordamida rasmlarni matnga nisbatan tekislash usullaridan foydalanamiz.