I I BOB.
PYTHONDA STT (SPEECH-TO-TEXT) DASTURINI TUZISH
118
Dragon Anywhere
dasturi
nutqni yuqori sifatda aniqlash, desktop
dasturiy ta’minoti bilan birga ishlash va kuchli nutqni tanib olish
imkoniyatlariga ega. Dragon Anywhere bulutli qayta ishlash usuli
yordamida audio fayllarni matnli ko‘rinishga konvertatsiya qiladi.
Dastur
Android va IOS mobil tizimlarida ishlaydi. Bundan tashqari, u Dropbox
bulutli xizmati orqali matnli fayllarni saqlash
va ulashish imkoniyatini
ham taqdim etadi. Dasturning kamchiligi sifatida boshqa matnli dasturlar bilan ishlay
olmasligini ko‘rsatish mumkin. Dasturdan foydalanish pullik.
Dragon Professional
dasturi kuchli nutqni tanib olish xususiyati,
orfografik xatolardan xoliligi va daqiqasiga 160 tagacha so‘z
yoza olish
imkoniyati bilan boshqa dasturlardan farq qiladi. Shuningdek, dastur
foydalanuvchilarga o‘z ovozlari yordamida
hujjat yozish va tahrirlash,
jadvallarni yaratish va Internetdan kerakli ma’lumotlarni ko‘rib chiqish
vositalarini taqdim etadi. Dastur matnlarni 98 % aniqlikda to‘g‘ri va imlo
xatolarisiz yoza oladi. Dragon Professional dasturi pullik dasturlar sirasiga kiradi.
Otter
mobil qurilma va kompyuterlarda
bulutga asoslangan nutqni
qayta ishlash dasturi hisoblanadi. Dastur transkripsiyani real vaqtda
taqdim etadi, bu esa foydalanuvchiga ovozli ma’lumotning kerakli
qismini
qidirish,
tahrirlash, o‘qish va tartibga solish imkonini beradi.
Otter faqat ingliz tili va uning ma’lum bir shevalaridagina ishlaydi. Dastur
Dropbox bulutli xizmati bilan hamkorlik qiladi.
Verbit
dasturi neyron tarmoqlar va algoritmlardan foydalanib, fon
shovqinini kamaytiradi, atamalarga e’tiborni qaratadi, shuningdek,
talaffuzidan qat’i nazar, ma’ruzachilarni farqlay oladi.
Dastur tijoriy
maqsadda yaratilgan va undan foydalanish pullikdir.
Braina
dasturi nafaqat nutqni matn ko‘rinishiga o‘tkazishni, balki
shaxsiy kompyuterda turli xil vazifalarni bajarishga yordam beruvchi
ovozli buyruqlarni ham taqdim etadi. 90 ga yaqin tillarni qo‘llab-
quvatlashi dasturning kuchli tomonlaridan biri hisoblanadi. Braina,
shuningdek, shaxsiy kompyuterdan faylni qidirish yoki Internetdan ma’lumot qidirish, MP3
faylini tinglash, elektron kitobni ovoz chiqarib o‘qish kabi ishlarni bajarishga ko‘maklashuvchi
virtual yordamchidir. Dastur Internet yordamida Windows va Android tizimlarida ishlaydi.