I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
305
1.
Axborotlashgan jamiyat qanday jamiyat hisoblanadi?
2.
“Axborot madaniyati” nima? Inson axborot madaniyati qanday ko‘rsatkichlar
bilan
belgilanadi?
3. Faol va passiv raqamli izlar bir-biridan qanday farqlanadi?
4. Deylik, yaqinda ijtimoiy tarmoqda tanishgan do‘stingiz bilan tortishib qoldingiz. U
sizga tarmoq orqali tahdid qilishni boshladi. Bunday vaziyatda siz qanday yo‘l tutasiz?
5.
Yaxshi raqamli fuqaro bo‘lish uchun siz nimalar qilishingiz kerak? Hayotiy misollar
orqali tushuntiring.
6.
Ishonchli ma’lumot manbayiga ega bo‘lish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.
Kompyuter savodxonligi va kommunikativ savodxonlikning umumiy hamda o‘ziga
xos xususiyatlarini Venn diagrammasida ifodalang:
UYGA VAZIFA
Kompyuter
savodxonligi
Kommunikativ
savodxonlik
2. Ijtimoiy tarmoqda ulashish uchun o‘zingiz haqingizda birorta voqeani bayon qiling.
Bayonda xavfsizlik qoidalari hamda raqamli etiketga roiya qildingizmi?
3. Faoliyatlarni quyida berilgan toifalarga ajrating:
1) ijtimoiy tarmoqlarda xushmuomala bo‘lish;
2) profilda yashash manzili va telefon raqamini ko‘rsatish;
3)
shubhali xabarlarni ochish va ularni do‘stlarga
yuborish;
4)
elektron aloqa vositalari orqali ta’qib, haqorat va tahdid qilish;
5)
o‘zi haqidagi ma’lumotlarni
yashirish;
6)
antivirus dasturini muntazam yangilab turish;
7) raqamli dunyoda turli tahdidlarga uchraganda, unga so‘zsiz “javob” qaytarish.
Xavfli
Xavfsiz
4. Xavfsiz parollarga misollar keltiring.
5. Shaxsiy elektron pochtangizga kelgan xabarlar bilan tanishib chiqing.
Ular ichida
shubhali elektron pochta xabarlari mavjud yoki mavjud emasligini aniqlang. Mav
-
jud bo‘lsa, nega shubhali ekanligini asoslang.