I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
289
Keng qo‘llaniladigan shifrlash algoritmlari
shu qadar murakkabki, hatto ko‘plab super
kompyuterlarning birlashtirilgan hisoblash kuchi ham ularni “sindira” olmaydi.
Assimmetrik shifrlashda
shaxsiy kalitlardan foydalaniladi. Bu usul 2 ta:
bitta ochiq va bitta yopiq
kalit bilan ishlaydi. Ochiq kalitni hammaga berish mumkin, ammo yopiq kalit
albatta maxfiy qolishi
lozim. Chunki ma’lumot yoki xabarlar ochiq kalit yordamida shifrlansa,
yopiq kalit yordamida
deshifrlanadi.
Deylik, maxfiy ma’lumotlar saqlangan qutiga 2 ta
kalit qo‘yilgan. Ulardan faqat bittasi asosiy kalit
hisoblanadi va unga hamma ega bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi kalit esa sizga va qutini yuborayotgan
do‘stingizga ma’lum qilinishi mumkin.
Siz qutini
do‘stingizga boshqa shaxs orqali berib yuborasiz.
U ochishga urinib ko‘radi, chunki unda qulfni ochish
uchun bitta kalit bor. Afsuski, uning urinishi muvaffaqiyatsiz tugallanadi va do‘stingizga qutini
butunligicha yetkazib beradi. Do‘stingiz esa ikkinchi kalit yordamida
qutidagi shifrlangan
ma’lumotlarni bemalol o‘qiy oladi.
Assimmetrik shifrlash usuli quyidagi vizual ko‘rinishga ega:
Simmetrik va assimetrik shifrlashlar o‘rtasidagi farqni Javohir va Nuriddin ismli
qahramonlarimiz duch kelgan muammoli vaziyat misolida ko‘rib chiqamiz.
Muammoli vaziyat.
Nuriddin xorijiy davlatlarning biriga davlat ahamiyatiga molik maxfiy
topshiriqni bajarish uchun jo‘nab ketgan. Javohir kurator sifatida
uning faoliyatini kuzatadi
va boshqarib boradi. Nuriddin Javohirga yuborish uchun ma’lumot to‘plamoqda. Nuriddin
Javohirga jo‘natmoqchi bo‘lgan ma’lumotlar begonalar qo‘liga
tushib qolishi, hammasi
oshkor bo‘lishidan xavotirda.
1. Muammoni simmetrik shifrlash yordamida hal etish.
Xavfsizlikni ta’minlash