I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
284
2.
Axborot xavfsizligining asosiy xatarlari – … .
a)
buzilish, tovushni pasaytirish, ma’lumotlarni
qayta kodlash;
b)
texnik aralashuv, tarmoq uskunalarini o‘chirish;
c)
ma’lumotni yo‘qotish, buzish, yoqish.
2-topshiriq.
Microsoft Word dasturlarida yaratilgan shaxsiy faylingizni bulutli xizmatlar
yordamida zaxiralang.
3-topshiriq.
Windows 10 operatsion tizimida yangi foydalanuvchi hisobi (foydalanuvchini
ro‘yxatdan o‘tkazish)ni qo‘shing va unga kirish uchun login va parol o‘rnating.
Eslatma!
https://dr.rtm.uz/ saytidagi elektron ta’lim resurslarida
joylashtirilgan
videomaterial bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Buning uchun:
“Пуск”? “Параметры” “Учетные записи” buyruqlarini tanlang.
Hosil bo‘lgan oynadan “Семья и другие пользователи” (Windows ayrim
versiyalarida bu buyruq “Другие пользователи” tarzida keladi) bandini
faollashtiring.
“Добавить пользователя для этого компьютера” buyrug‘i
yordamida hosil
qilingan oynadan “У меня нет учетных данных этого пользователя” bandini
tanlang.
Keyingi sahifadan “Добавить пользователя без учетной записи Microsoft”
banfini tanlang.
Foydalanuvchi nomi-logini, paroli, parolni yodga solish uchun eslatma matni yoki
xavfsizlik savollarini kiriting va “Далее” tugmachasini bosing.
4-topshiriq.
3-topshiriqda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yangi foydalanuvchi hisobini tizimdan
o‘chiring.
Buning uchun:
“Пуск” “Параметры” “Учетные записи” “Семья и другие пользователи”
buyruqlarini tanlang.
Foydalanuvchi nomi yoki elektron pochta manzilini tanlang (o‘ta e’tiborli bo‘ling!
Boshqa foydalanuvchi hisobini tanlab qo‘ymang!) va “Удалить” buyrug‘ini bosing.
Yodingizda bo‘lsin, bu foydalanuvchi Microsoft hisob qaydnomasini o‘chirmaydi.
Faqat sizning kompyuteringizdagi uning kirish ma’lumotlari o‘chiriladi.