3-DARS
AR – TO‘LDIRILGAN VOQELIK TEXNOLOGIYASI
AR – TO‘LDIRILGAN VOQELIK TEXNOLOGIYASI
235
Qayta ishlash.
AR, asosan, tasvir va ovozni qayta ishlashning zamonaviy texnikasi tufayli
amalga oshiriladi. Har qanday AR mahsuloti
atrof-muhitni aniq anglash, yorug‘likni baholash
va muhim xususiyat nuqtalari va tekisliklarni aniqlash uchun tasvirni qayta ishlashga
tayanadi.
Akslantirish.
AR texnologiyasining asosiy maqsadi virtual obyektlarni haqiqiy sahnalarga
birlashtirish orqali fotorealistik tasvirlarni yaratishdan iborat. Bunday tasvirlar ilg‘or
modellashtirishdan foydalangan holda yaratiladi. Virtual aks
ettirish ARda real hayot
manzaralarini ko‘paytiradigan virtual obyektlardagi real dunyo obyektlarining akslarini
simulyatsiya qilish uchun ishlatiladigan usul hisoblanadi.
Mobil qurilmalar
Bir necha o‘n yillar oldin ARni faqat maxsus jihozlangan xonalarda tajriba sifatida ko‘rish
mumkin edi va u juda ko‘p jihozlarni talab qilardi. Bugungi mobil ilovalar esa haqiqiy AR
tajribalarini taqdim etmoqda. Bugungi kunda iOS va Android qurilmalarida
ARdan foydalanish
mumkin.
ARga asoslangan qurilmalar
Mobil texnologiyalar dunyoga yangi ixtirolarni olib kirishda jadal rivojlanayotgan bir paytda
maxsus AR moslamalari (taqiladigan aqlli ko‘zoynak, shlem,
giroskop, raqamli kompas, GPS,
protsessor va displey)
yanada realistik, rivojlangan va professional ko‘rinishga ega. Eng keng
tarqalgan maxsus qurilma bu foydalanuvchi to‘liq immersiv AR tajribasini qo‘llashi
uchun
foydalaniladigan shlemdir.
AR ko‘zoyn
agi
Google Glasse
s va Laster SeeThru kabi brendlar mashhur aqlli ko‘zoynaklar sirasiga kiradi.
AR bilan boyitilgan linzalar AR ko‘zoynaklariga ham kiritilgan, masalan, AV Walker –
dunyoni
raqamli tarkib bilan qoplaydigan yapon AR ko‘zoynagi.
Dostları ilə paylaş: