I I I BOB.
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
136
World Wide Web
(WWW) – Internet orqali kirish mumkin bo‘lgan veb-saytlar.
Intranet
– korxonaning ichki tarmog‘i bо‘lib, korxona hayoti to‘g‘risida ma‘lumot
beruvchi veb-sayt, ma‘lumotnoma va boshqalardan tarkib topgan.
Shifr
– ma’lumotlarni kodlash texnologiyasi.
Autentifikatsiya
(ing. Authentication) – kim yoki nimaning haqiqiyligini tekshirish
jarayoni.
Internet Protocol
(IP) – umumiy tarmoq (Internet) orqali ma’lumotlarni yetkazib
berishni belgilaydigan qoidalar to‘plami.
Intranet
– veb-saytga asoslangan xususiy tarmoq. U faqat tashkilot xodimlariga taqdim
etiladi. Intranet tarmoqdagi ma’lumotlar va ma’lumotlarni
almashish uchun Internet
protokollaridan foydalangan holda ishlaydi. Soddaroq aytganda, intranet xususiy Internetga
o‘xshaydi. Ko‘pincha kompaniya
Intranetidan
boshqalar bilishi lozim bo‘lmagan kompaniya
xodimlari ma’lu-
motlari (masalan, xodimlarning aloqa ma’lumotlari va taqvimlari) joy oladi.
Intranet, shuningdek, kompaniyaning muhim
aloqa vositasi hisoblanadi, chunki u barcha
xodimlarga birgalikda ishlash, ma’lumot topish,
kontent yaratish, vazifalarni tez va oson alma-
shish imkoniyatini beradi. Intranet hamkorlikdagi veb-sayt va aloqa kanali vazifasini bajaradi.
INTERNET, INTRANET, VPN
Internet
– butun dunyo bo‘ylab bir-biriga ulangan, bir-biri bilan aloqa
qiluvchi millionlab kom-
pyuterlari mavjud ulkan tarmoqlar tarmog‘i. Tuzilishiga ko‘ra Internet markazlashtirilmagan,
ya’ni uni yagona markaziy hokimiyat boshqarmaydi. Har bir kompyuter yoki xost mustaqil
bo‘lib, xost egasi yoki operatori qaysi Internet
xizmatlaridan foydalanish, ommaga qaysi
mahalliy xizmatlarni taqdim etishni o‘zi tanlashi mumkin.
Internetning o‘zi hamma uchun ochiq, lekin u Internet orqali ma’lumot
olishning oddiy usuli
bo‘lmish World Wide Web (WWW) emas. Internetga kirishni, odatda, Internet-provayderlar
ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: