143
143
143
143
42-dars. TASVIR BILAN ISHLASH. ANIMATSIYA
Canvas maydonidagi rasm har doim bir xil bo‘lishi shart emas. Python dasturlash tilida tasvir
ko‘rinishini o‘zgartirish va uni harakatlantirish imkoniyatlari mavjud. Demak, avval yaratilgan
tasvir elementlarini qanday o‘zgartirish hamda animatsiya yaratishni ko‘rib chiqamiz.
Canvas maydonida figurani yaratuvchi metodlar obyektlar sonli identifikatorlarini qaytaradi.
Identifikatorlar o‘zgaruvchilarga o‘zlashtirilganligi tufayli, keyinchalik o‘zgaruvchilar yordamida
figuralarga murojaat etish mumkin. Quyidagi dasturiy kodda head, eye1, eyeball1, eye2,
eyeball2, mouth kabi indentifikatorlar ishlatilgan.
from tkinter import *
Kutubxonadan tkinter modulini
yuklab oladi.
window=Tk()
Tkinter oynasini yaratadi.
window.title('Smaylik')
Oyna sarlavhasini hosil qiladi.
c=Canvas(window, width=400, height=400)
c.pack()
Eni 400, bo‘yi 400 ga teng Canvas
maydonini yaratadi.
head=c.create_oval(50,50,350,350, fill='yellow')
Smaylik boshini chizadi.
ey
e1=c.create_oval(120,130,170,180,
fill='white')
Smaylik 1-ko‘zini chizadi.
eye
ball1=c.create_oval(135,145,155,165,
fill='black')
Smaylik 1-ko‘zi qorachig‘ini chizadi.
eye2=c.create_oval(220,130,270,180, fill='white')
Smaylik 2-ko‘zini chizadi.
eyeb
all2=c.create_oval(235,145,255,165,
fill='black')
Smaylik 2-ko‘zi qorachig‘ini chizadi
mouth=c.create_oval(130,225,260,270,fill='red')
Smaylik og‘zini chizadi.
window.mainloop()
Asosiy siklga kirish.
Dostları ilə paylaş: