ED - oliy.
FT — 1998- yilda Angliyaga borgan.
Ba'zi bandlar matnli faylning bir necha satrida yoziladi va butun
anketadagi satrlar soni o'zgaruvchan bo'ladi. Egallagan lavozimi. unvonlari,
faoliyat ko'rsatgan institutlari «ochiq» matnga kiritiladi va ularning
nomlarini yozish ixtiyoriy ko'rinishda bo'ladi. Masalan: «laboratoriya mud»
yoki «lab mud».Tushunariiki, bunga o'xshash ma'lumotlar omborlari ish
jarayo-nida juda asqotadi: ularni o'qish, nusxalash, o'zgartirish, qog'ozga
chiqarish, biror bo'lagini ajratib olish, hattoki oddiy axborotni izlash (NA,
ED kabi) osongina bajarilishi mumkin. Ammo bunday omborlarning
afzalliklari shu bilan tugaydi. So'ngra uning kamchilik-lari ketma-ket sanab
o'tiladi. Bir tomondan, yuqorida qayd qilingan ko'rinishda axborotni kiritish
juda murakkab va qiyin ish. Bir xil bandlarni ko'p marotaba kiritishga
to'g'ri keladi. Boshqa tomondan esa, fayllarga kirish oson bo'lganligi
sababli fayllarni saqlash paytida undagi ma'lumotlarning buzilishi (qisman
uchib ketishi, o'zgari-shi)ga olib kelishi mumkin.
Eng asosiysi shundaki, ma'lumotlar omborini yaratishdan maq-sad hosil
qilingan ma'lumotlardan foydalanish qulayligidir. Birinchidan, turli
alomatlariga ko'ra axborotlarni tartiblash, ikkinchidan, ixtiyoriy belgilariga
ko'ra ajratib olish oson. Matnli fayllar esa ma'lumotlarni bunday
tashkillashtirishni amalga oshira olmaydi.
Axborotlar tizimi vositasida qayta ishlash uchun jadval ko'rinishi-dagi
ma'lumotlar qulay hisoblanadi. Kompyuterning dasturiy ta'minotiga
kiradigan dasturlar xotiradagi jadvallarni «taniydi». Kompyuter xotirasida
jadval sifatida saqlanadigan fayllar, asosan, kengaytmasi dbf (Data Base
File) bo'lgan fayllardir. Biz yuqorida ko'rib o'tgan olimlar haqidagi
ma'lumotlarni saqlovchi fayl ham dbf kengaytmali faylga misol bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: