7
uchun uning ruhiyatini bilish lozim. Millatning o‗ziga xosligini tayin etadigan eng
katta va asosiy belgi til bo‗lsa, uni unutgan odamda millat tuyg‗usi bo‗lmaydi.
―Alpomish‖ dostoni o‗zbekning ruhiy olamini anglatish jihatidan tengsiz badiiy
obidadir.
―Alpomish‖ dostonining turkiy dostonlar qatorida tutgan o‗rni, uning epik
timsollar tizimi tadrijidagi mavqei, jahon mifologik tafakkur tajribasining
―Alpomish‖ dostoniga ko‗rsatgan ta‘siri va undan o‗rganilgan jihatlar, doston
sujetining yaratilishiga sabab bo‗lgan ijtimoiy-siyosiy, tarixiy-falsafiy, etnik-maishiy
omillar, asardagi timsollar tizimi va boshqalar tekshirilgan. Bevosita doston
badiiyatini o‗rganishga qaratilgan ishlar sirasiga M.Saidovning ―O‗zbek xalq
dostonchiligida badiiy mahorat masalalari‖ (T.,1969), I.Yormatovning ―O‗zbek xalq
eposi badiiyati (―Alpomish‖ dostoni asosida)‖ (T.,1993), yana shu muallifning
―O‗zbek xalq qahramonlik eposi badiiyati‖ (T., 1994), Q.Yo‗ldoshevning
―Alpomish‖talqinlari (T., 2002) kabi ishlarni kiritish mumkin. Ammo dostonni
o‗qimishliligini ta‘minlagan, xalqimiz qalbidan chuqur o‗rin olgan jihati uning milliy
ruhiyatimiz bilan chambarchas bog‗liqligidadir. Holbuki, ―Alpomish‖ millat uchun
faqat o‗tmish emas, hozir va kelajak hamdir. U- barcha badiiy buyuk asarlar singari
abadiyatga daxldor. Shuning uchun asarni o‗qitishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanishni tadqiq etish adabiyotshunosligimizning kechiktirib
bo‗lmas masalalaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: