148
Bo‘linma boshlig‘i bo‘lishiga qadar1-2 yil:
- I daraja bosh dispetcher;
- Bosh texnolog;
- Bosh iqtisodchi.
Ushbu modelning asosiy afzalligi mutaxassisni qiziqtiruvchi va o‘ziga
chorlovchi boshqaruv funksiyalarini bilish ehtiyojini
qondirish imkoniyatida
ko‘rinadi. Bu boshqaruv apparatida kadrlarning muntazam almashinuvi, tayinlash va
joyini muntazam o‘zgartirib turishning aniq tizimi mavjudligi va jamoadagi ijtimoiy-
psixologik muhitni moyillik va har tomonlama chuqur tahlil asosida o‘rganishni
ko‘zda tutadi.
Lavozimda o‘sishning
“ilon”
modeli YAponiyada barcha firma va
kompaniyalarda eng ko‘p tarqalgan.
Mashhur “Z nazariyasi” kitobining muallifi U.Ouchi
YAponiyada kadrlar
joylashtirilishi haqida Shunday ta’kidlaydi: “Ehtimol, eng muhim fakt – bu har bir
xodim lavozimi o‘sishi davomida o‘z firmasining bir bo‘linmasidan boshqasiga, hatto
turli geografik joylaShuvdagi bo‘linmalarga o‘tishini oldindan bilib, unga ishonib va
iqror bo‘lib, o‘z mehnat faoliyatini yuritib boradi.
Bundan tashqari, ko‘plab yapon
firmalarida butun mehnat faoliyati davomida rotatsiyalar
barcha xodimlarga tegishli
bo‘ladi. CHizmalar loyihalashtirilishidagi muhandis-elektrik ishlab chiqarishga yoki
yig‘uv sexiga yuborilishi, texniklarni har yili olingan innovatsion talablarga muvofiq
dastgoh yoki boshqa bo‘linmalarga, rahbarlar – biznesning
barcha tarmoqlari
bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin. Kishilar uzoq vaqt bir mutaxassislikda ishlasalar-da,
ularda firma emas, balki faqat Shu mutaxassislikning kelajagi bilan bog‘liq barcha tor
maqsadlarni shakllantirish tendensiyalari yuzaga keladi”.
Lavozim o‘sishining
“ilon”
modelining salbiy tomonlari ham mavjud:
melanxolik yoki flegmatik temperamentiga ega
xodimlar jamoa yoki lavozim
149
o‘garishiga ko‘pincha moyil bo‘lishmaydi. Shu jihatdan jamoaning ushbu vakillari bu
modelni og‘ir qabul qiladilar va jamoada har xil ijtimoiy qarama-qarshiliklar paydo
bo‘lishiga olib kelishidan xoli bo‘lmaydi.
Lavozimda o‘sishning
Dostları ilə paylaş: