Marketing axborot tizimi (MAT) - 1) marketing tadbirlarini rejalashtirish, xayotga tatbiq etish va nazorat maqsadida aniq, dolzarb ma’lumotlarni o’z vaqtida to’plash, tasniflash, tahlil qilish, baholash va undan marketing sohasida foydalanish maqsadida tarqatish uchun muljallangan metodik usullar, asbob-uskunalar va odamlarning muntazam faoliyat ko’rsatuvchi o’zaro aloqalar tizimi; 2) marketing sohasida qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida foydalaniluvchi ma’lumotlarni to’plash, tahlil qilish va yetkazish usullari, asbob-uskunalar va xodimlar majmui.