Rustаm MUSURMON
46
* * *
Ko‘kragimga
mushtlaydi birov,
Mushtlayverar ichkarisidan:
– Nima bo‘ldi, ochingizlar-ov,
Bu vujudning tashqarisida?!
Haqiqatni aytaman og‘ir,
Og‘ir mushtlar tushar siynamga.
O‘zimdan
ham qiyinroq, axir,
Ichimdagi jabrdiydaga.
– Bandim, meni mushtlayver, yig‘lab,
Qattiqroq
chek afsus, nadomat.
Xuddi sendek birovni bog‘lab,
Olib ketdi bir sarviqomat…
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
47
DАRVISH
Dedi: “Gar kashkulingda
Dinor yo‘qdir,
qalandar,
Quvonursan, kulursan –
Ko‘ngling to‘qdir, qalandar?!”
Dedimki: “Bexabarsan,
Kashkulimga, jonona,
Ul ikki ko‘z – qo‘sh dinor
Tashlab o‘tdi pinhona”.
Dediki: “Gar boshingda
Panoh yo‘qdur, qalandar,
Quvonursan, kulursan –
Ko‘ngling to‘qdir, qalandar?!”
Dedim: “Shukur,
mening ham
Panohim bor, jonona –
Muhabbat bor boshimda,
Ilohim bor, jonona”.
Dedi: “Qayga ketursan?”
Dedim: “Yorga yeturman”.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
48
* * *
Yolg‘iz senga aytmoq bo‘lgan gaplarim
Qo‘shiq bo‘lib “Bahor valsi”da yangrar.
Yurakda limmo-lim to‘lgan dardlarim
Gulparast bulbulning bo‘g‘zida ingrar.
Sargardon gadodek qo‘llarin cho‘zib,
Muhabbatim sendan tilar sadaqa –
Uning nigohidan ko‘zlaring uzib,
Mehring xazinasidan bermaysan chaqa.
Xanjar
sanchib asov yurakkinamga,
Bo‘yashga rang olding tirnoqlar uchun.
Xudo seni olov quchoqqinamga
Surgun qilsin o‘sha gunohlar uchun.
www.ziyouz.com kutubxonasi