Toblab pishirilgan tovuq Tovuq — 1,5-2 kg, asal — 2 osh qoshiq, xantal — 3-4 osh qoshiq, o‘simlik yog‘i — 3 osh qoshiq, tuz — 1-1,5 choy qoshiq, yanchilgan qora murch — 0,5-1 choy qoshiq.
Tovuq yaxshilab yuviladi. Sochiqchada artib quritiladi, ichi va ustiga o‘simlik yog‘i surilib, tuz va murch sepiladi.
Asal, xantal va qolgan o‘simlik yog‘i aralashtiriladi. Aralashma tovuqning ichi va ustiga surilib, usti yopiladi. 1,5 soat shu holda qoldiriladi.
Gaz pechi 200 darajagacha qizdiriladi. Tovuq zar qog‘oz solingan tovaga qo‘yilib, ustiga asal va xantal aralashmasi quyiladi.
Tovuq ustiga har 15 daqiqada ajralib chiqayotgan shirasini quyib turgan holatda, 1 soat toblab pishiriladi.
Tayyor bo‘lgan tovuq pechdan olinib, 10 daqiqa zar qog‘ozga o‘rab qo‘yiladi
Nazorat savollari: Parranda go’shtiga dastlabki ishlov qanday beriladi?
Pazandachilik va mehanik ishlovlar qanday bo’ladi?
Parranda go’shtini pishirishda nimalarga etibor berish kerak?
O’quv mashg’uloti maqsadi;
Baliq taomlarini tayyorlash ko’nikmalarini shakllantrish
O’qitish natijasi
Ushbu mazmuni o’zlashlashtrish natijasida o’quvchida shakllanadigan bilim, ko’nikma yoki konsepsiya shakllanadi.
Pedagogik vazifalar .
Qovurilgan ,baliq taomlarini tayyorlash uchun zarur xom ashyo maxsulotlarini tanlash va ishlov berishni tushuntrish.
Qovurilgan baliq taomlaridan Xamirga botirib qovurilgan ,baliq taomlarini tayyorlash tehnologiyasi va yoriqnomasi bilan tanishtrish.
Taomlarni tayyorlashda aniqlangan kamchiliklarni ko’rsatish.
Qovurilgan ,baliq taomlarini tayyorlash uchun zarur xom ashyo maxsulotlarini tanlash va ishlov berishni bilib oladilar
Qovurilgan baliq taomlaridan Xamirga botirib qovurilgan ,baliq taomlarini tayyorlash tehnologiyasi va yoriqnomasi bilan tanishtrishib chiqadilar
Taomlarni tayyorlashda aniqlangan kamchiliklarni bilib oladialar.
O’qitish usullari
Tushuntrish, namoish metodi, tezkor – so’rov javob ,muammoli vaziyat.
O’qitish faoliyatini tashkil etish
Jamoaviy,kichik guruhlarda ishlash,frontal.
| O’qitish vositalari
Mavzuga oid yordamchi ta’lim vositalari –rangli modellarning illyustratsiyalari,namunalar,namunalar,video roliklar,ishchi anjomlar ish varaqasi .Yo’riqli tehnologik harita
O’qitish sharoiti
Mahsus kiyimlar ishchi anjomlar bilan jihozlanagan guruhli shakllarda ishlashga mo’njallangan amaliyot honasi.
Qayta aloqaning uslub va vositalari
Nazorati ,bajarilgan ishlarni tekshirish og’zaki savol javob va boshqalar.