Ushbu maqolada Muhammad Sodiq Qoshg‟riyning «Odob as- solihin» asarining



Yüklə 11,45 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü11,45 Kb.
#209553
Abdujalilov Dinshunoslik


ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Muhammad Sodiq Qoshg‟riyning «Odob as- solihin» asarining
hozirgi kunda yoshlar tarbiyasidagi tarbiyaviy ahamiyati xaqida fikr yuritiladi. Asarning
tarbiyaviy ahamiyatiga doir bo‟lgan qismlari misol tariqasida sharxlanadi. Adibning
quyidagi asari hozirda ham o‟z mohiyatini yo‟qotmagan va odobnoma qo‟llanmasi
sifatida qo‟llash mumkin
651 22 GURUH
ABDUJALILOV BOBURBEK
Kundan-kunga rivojlanib, sayqalanib borayotgan dunyo madaniyati shuni
o‟rsatadiki hech bir millat madaniyati va an‟analari , urf-odat , qadriyatlari o‟z-o‟zidan
vujudga kelgan emas. Xar bir xalqning buguni va yashash tarzi uning o‟tmishdagi
moddiy va ma‟naviy merosi bilan uzviy bog„langandir . Ana shunday xalqimizning
ma‟naviy meroslaridan biri bu Muhammad Sodiq Qoshg‟ariyning «Odob as- solihin»
asaridir. Asarni chinakam manoda odobnoma darsligi sifatida o‟qish va ta‟lim-tarbiya
jarayonida axloqiy manba, sifatida har bir sinfda tarbiya fani tarkibiga kiritish
mumkinligi uning qadr –qimmatini oshiribgina qolmasdan balki, hozirda ham o‟z
mohiyatini davr va zamon talabiga ko‟ra saqlab qolganidadir.
Mazkur asarning nomi va
mazmunidan ham anglanib turilganidek, unda ilgari surilgan g‟oyalar insonning hayoti
davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi xulq-odob qoidalari xususida kishilar, shu
jumladan, yoshlarga muayyan darajada ma‟lumotlar berishga xizmat qiladi. «Odob assolihin» asarida ijtimoiy hayot hamda kundalik turmushda har bir
inson tomonidan qat‟iy amal qilinishi zarur bo‟lgan zohiriy (tashqi)
va botiniy (ichki) odob va axloq qoidalari, ularning ijtimoiy ahamiyati, yoshlar tarbiyasini yo‟lga qo‟yishdagi o‟rni va roli borasida batafsil so‟z
yuritiladi.
Asarda ilgari surilgan asosiy g‟oya – insonlarning ijobiy xulq-atvorga ega bo‟lishlari
jamiyatda ruhiy xotirjamlik va moddiy farovonlikni qarortoptiruvchi asosiy omil
ekanligini asoslashdan iboratdir. Alloma mazkur g‟oya mohiyatini sharhlar ekan, inson
odob-axloq qoidalarini egallay olmasa hamda ijobiy xulq-atvori bilan muadab (odobli)
va muzazzab (toza) bo‟lmasa, nafaqat o‟zi, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi
degan qarashni ilgari suradi.
Uxlash qoidasi sifatida esa, uxlash oldidan eshiklarni mahkamlab yopish,
idishlarning og‟zini berkitish, o‟rnidagi ko‟rpa-to‟shaklarni bir bora qoqib yozish,
o‟choqdagi olovni hamda chiroqni o‟chirish, uxlaydigan o‟rnini yumshoq qilmaslik,
o‟ng qo‟lga bir oz suyanib yotish tavsiya etiladiki, ushbu qoidalarning ahamiyati ularga
rioya qilmaslik natijasida ro‟y bergan noxush voqealar misolida ochib beriladi.
Asarning ikkinchi faslida esa salomlashish odobining o‟n ikki qoidasi borasida
fikr yuritiladi. Mazkur o‟rinda salom berish va alik olish masalasida bugungi kunga
qadar davom etib kelayotgan munozaraga nuqta qo‟yilgan. Muallifning fikriga ko‟ra,
salom bermak sunnat, javobi farzu ayyondir. Muhammad Sodiq Qoshg‟ariyning e‟tirof
etishicha, salom quyidagi holatlarda quyidagi kishilar tomonidan berilishi maqsadga
muvofiqdir: ulug‟ kichikka, otliq piyodaga, yuruvchi o‟ltirguvchiga, ozchilik
ko‟pchilikka, xonaga kirib keluvchi, xona ichkarisida o‟tirgan kishilarga salom bergay”,
deb ta‟kidlar ekan, bir kishi ko‟pchilik oldiga kirib kelganda, birinchi bo‟lib salom
berishi, ko‟pchilik esa baravar ovoz chiqarmasdan salomga alik olishi joizligiga alohida
e‟tiborni qaratadi. Allomaning salomlashish odobi xususidagi fikrlari bilan tanishar
ekanmiz, ta‟lim muassasalarida muallim sinf xonasi yoki auditoriyaga kirib kelganda,
“Kim oldin salom berishi kerak?”, degan muammoning yechimini topgandek bo‟lamiz.
Mazkur bobda yana salomlashishdagi hatti-harakatlar, jismonan zaif yoki bemor kishilar tomonidan amal qilinishi lozim bo‟lgan, shuningdek, erkak va xotin-qizlaro‟rtasida kechuvchi salomlashish qoidalari, salom bermaslik va javob qaytarmaslik joiz deb topilgan holatlar borasida ham muhim tavsiyalar bayon etilganki, ushbu tavsiyalar bugungi kun uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir. Muallif asarda suxbatlashish odobiga batafsil to‟xtalib, muayyan mavzularda tashkil etilayotgan suhbat (bahs-munozara)ga tanning tozaligiga erishgan, shuningdek,og‟iz va tishlarni tozalagan holda pokiza libos bilan tashrif buyurish, suhbat ahliningbirbirlariga hurmat va iltifot ko‟rsatishlariga erishish, ulug‟larga e‟tiborini qaratish, o‟tirish qoidalariga rioya etish, ahli suhbat kirganda va chiqqanda o‟rindan turish va ulug‟larni yuqoriga o‟tkazish, beadab so‟zlar, yomon xatti-harakatlar hamda noo‟rin jimlikdan saqlanish, barchaga yaxshi muomalada bo‟lish, ularni izzat qilish, aksa kelsa og‟zini to‟sib, past ovozda, yengil aksaurish, suhbat ahliga ish buyurmaslik, ularga beminnat xizmat ko‟rsatish, do‟st va notanishlarga bir xil ochiq chehra, go‟zal xulq va odob bilan muomalada bo‟lish, akaukalar, opa-singillarning xatosini kechirish hamda ularning aybini yuzlariga solmaslik, agar joiz bo‟lsa, ularga boshqalarning e‟tiboridan chetda nasihat qilish, suhbat jarayonida ishtirok etayotgan biror kishining yomon qilig‟I yoki qabih fe‟liga baho bermaslik zarur amallardan deb baholaydi.
Asarda shuningdek mehmon kutish va mehmonga boorish odobi , yo‟lda yurish
odobi , motam tutish odobi, uylanish odobi , erkak kishining oila oldidagi odobi, ayol
kishining eriga nisbatan xurmat odobi, kasal ko‟rish odobi, kiyim kiyish odoblari
masalalari keltirilgan bo‟lib, hozirda yoshlar tarbiyasida juda muhimdir.
Asarda ilgari surilgan er va xotin o‟rtasida tashkil etiluvchi munosabatlar odobiga oid
qarashlar ham alohida diqqatga sazovordir.
Mazkur o‟rinda quyidagi fikrlar ilgari suriladi: uylanadigan yigitni kohdan oldin
o‟zi uylanmoqchi bo‟lgan qizni ko‟rmog‟i, uylanadigan qizning bokira bo‟lishi,
shuningdek, to‟rt narsa: umrda, qomatda, molda va nasabda erdan past va uch narsa:
husnu jamolda, hulq (odob)da hamda iffatda erdan yuqori bo‟lishi zarurligi muallif
tomonidan alohida takidlanadi. Yuqorida qayd etilgan fikrlarning ahamiyati amaliy
turmushda o‟z isbotini topgan bo‟lib, ularni bilish hamda mazkur fikrlarga amal qilish
oilalarda tinchlik-totuvlik, farovonlik va xotirjamlikning barqaror bo‟lishini
kafolatlovchi omillar bo‟lib xizmat qiladi.
Er kishi xotiniga yaxshi muomala qilish, uni behuda g‟azablantirmasligi,
oliyjanob bo‟lishi, alohida muruvvat ko‟rsatishi, havoyi nafs balosidan saqlanishi, agar
ayol jabr va sitam ko‟rsatsa, unga avval nasihat qilib, xatti-harakatlarining nojoizligini
tushuntirishi, agar u ushbu chora-tadbirdan so‟ng yaxshi tomonga yuz tutsa, uni avf
etishi maqsadga muvofiq ekanligi borasidagi qarashlar bayon etiladi.
Asarda ayol kishining oiladagi o‟rni vaburchlari yuzasidan ham bir qator fikrmulohazalar bayon etiladi. Muhammad Sodiq , ayol kishining oiladagi eng muhim
burchi quyidagilardan iboratdir: xotin reining ruxsatisiz hech joyga bormasligi va hech
kimni uyiga keltirmasligi, erining mol-dunyosini sarf etmasligi, o‟z zimmasidagi
masuliyatlarni oqilona bajarishi, eri xursand bo‟lsa - xursand, g‟amgin bo‟lsa-g‟amgin
bo‟lishi, reining topish-tutishiga qanoat qilishi, er vafotetganda motam tutib,
marhumning ruhini pok saqlashi va ho kazolar.
Asarda musibat odoblari xususida ham birqator fikrlar bayon etilganki, ushbu
qoidalardan xabardor bo‟lish, kishilar, shu jumladan, yoshlar uchun ham zarurdir.
Ayniqsa hozirda qirq kunlik motam marosimi ,uyushtirilayotgan undan ko‟plab oilalar
va kishilar ozor chekayotganixech kimga sir emas.
Biror mo‟minning vafoti haqidagi xabarni eshitilganda
boshiga musibat tushgan kishilarga tahziya izhor etiladi. Ushbutadbir dafn marosimidan oldin yoki keyin amalga oshirilishi mumkin. Tahziya bildirish
uch kungacha joiz, undan so‟ng makruh deyiladi. Tobutni olib chiqib ketayotganlar
sukut saqlashlari lozimligi, ayollar tobut ko‟targan erkaklarga hamroh bo‟lib, eshikka
chiqmasliklari, boshigamusibat tushgan kishilar yig‟ilganlarida ovozni baland qilib,
fig‟on chekmasliklari, mayit dafn etilgach, har kim o‟z ishiga ketishi, bir yerda yig‟ilib
o‟tirmasliklari kerakligi, yig‟ilish uyushtirish uchun turli tadbirlarni izlab toppish va
ularni o‟tkazish bid‟at ekanligi, biroq qo‟ni-qo‟shni, qarindosh-urug‟, yoru do‟stlarning
turli taomlarni tayyorlab, boshiga musibat tushgan kishilarning xonadonlariga yuborish
odamgarchilikning muhim ko‟rinishlaridan biri ekanligi tahkidlab o‟tiladi.
Хulosa qilib aytganda “Odobas-solihin” asari yoshlar tarbiyasida balki jamiyat
a‟zosini tarbiyalashda nodir va didaktik ahamiyatga ega bo‟lgan durdona asardir.
1. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. - T.:
O'qituvchi, 1996.
2. Хамидовна М. И., Худайберганов О. ПСИХОЛОГИЯ ПОДРОСТКОВЫХ
КОНФЛИКТОВ В ОБЩЕСТВЕ / / "Йош Тадкикочи" jurnali. – 2022. – Т. 1. – №. 1.
– С. 29-33.
3.B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti-“Sano standart”.2017.
4. Муҳаммад Содиқ Қошғарий. Яхши кишилар одоби. – T.: Янги аср авлоди, 2002.
5. Lalikhon Mukhamedzhanova, THE EMERGENCE OF THE JADID MOVEMENT
IN THE LATE XIX TH - EARLY XX TH CENTURIES AND THEIR SIGNIFICANCE
AS A NATIONAL AWAKENING.
Foydalanilgan adabiyotlar
Хulosa
Yüklə 11,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin