Universitét (olmoncha Universität soʻzidan, u esa oʻz navbatida lotincha universitas magistrorum et scholarium — «oʻqituvchilar va olimlar jamoati» iborasidan kelib chiqqan)



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə8/8
tarix02.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#43173
1   2   3   4   5   6   7   8
Birinchi universitetlarning yaratilishi

O‘rta asr talabalari hayoti

Dastlabki davrlarda talabalarning hayoti hozirgidan ancha farq qilgan, albata. Talabalar turli hududlardan ta'lim olish uchun kelgan va har xil yoshda bo‘lishgan. Ular 12-asrda Oksfordga kelib o‘rnasha boshlaganda kichik mehmonxonalarni yoki shahar atrofidagi hududlarni yashash uchun tanlashgan, ba'zilar esa birgalikda biror uyni ijaraga olib yashay boshlagan.



Foto: digitalcollections.nypl.org

Talabalar leksiyalarda va ijtimoiy tadbirlarda qatnashardi. Shuningdek, ular bir haftada kamida bir marta o‘zlarining repetitorlari («tutor») bilan birga darslarini muhokama qilib, kamchiliklarini aniqlashtirib olishgan. Tartibga amal qilmaydigan talabalarning ko‘chaga chiqishi taqiqlangan, jarimaga tortilgan yoki muddatidan oldin talabalikdan chetlatilgan.

Talabalar hayotlaridagi bu davrni asosan kutubxonalarda o‘tkazishgan. Har bir kollejning o‘z kutubxonasi bo‘lgan. Eng mashhur kutubxona esa Oksfordniki edi.

Bundan tashqari, ijtimoiylashuv ham universitetlar hayotining bir qismi edi. Universitetlarda turli jamiyatlar va klublar doimiy ishlab turgan.



Hozirgi kunda ham nafaqat malakali mutaxassislar tayyorlash, balki ma'lum sohalar rivojida ham universitetlar juda muhim o‘ringa ega. Endilikda universitetlarga xalqaro talabalarni qabul qilish orqali moliyaviy foyda olish mumkinligi jihatdan ham ularning ahamiyati oshmoqda. Xususiy universitetlarga talab oshmoqda.

Universitetlarda ishlanayotgan innovatsion loyihalar, turli izlanishlar va tadqiqotlar iqtisodiyot uchun stimul vazifasini bajaradi.
Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin