126
Maktabgacha yoshda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari:
Yoshi
0-1
1-2
2-3
3-4 4-5
5-6
6-7
Bo‘yi (sm)
25
10
8
4
6-7
7-8
10
Maktabgacha yoshdagi bolaning tanasi, xususan, oyoqlarining uzayishi
tufayli gavdasidagi umumiy mutanosiblik o‘zgaradi.
Maktabgacha yosh
davrida bolaning oyoqlari nis
batan ko‘proq o‘sadi. Biroq shunday bo‘lsa ham
6-7 yosh
gacha bo‘lgan bolaning suyaklari hali yaxshi qotmagan, ya’ni
tog‘aysimon holatda bo‘ladi. Maktabgacha
yoshdagi bolalarning pay va
muskullari hali baquvva
t emasligiga qaramay juda harakatchan bo‘ladilar.
Bola 7 yoshga
еtgach, umurtqa suyagining bo‘yin qismi
da oldinga
tomon, ko‘krak qismida esa orqaga tomon ma’lum
darajada egilish yuz
beradi. Keyinchalik bolaning umurtqa suyagi mana shu shaklda saqlanib
qoladi. Bola qaddi bastining to‘g‘ri bo‘lishida umurtqa suyagining ana
shunday hol
da saqlanib qolishi juda katta ahamiyatga ega. Bog‘cha yoshi
dagi
bolaning bosh suyagi ham tez o‘sadi. Bola uch yoshga to‘lgandan so‘ng bosh
miya suyagining orqa va
tepa tomonlari tez o‘sadi.
Maktabgacha yoshda bolaning ichki organlarida ham jiddiy o‘zgarishlar
ro‘y beradi. Masalan, bolaning yuragi hajm
jihatidan chaqaloq bolaning
yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq uning muskullari hali
е
tarli
darajada
mustahkamlanmagan bo‘ladi. Mana shuning uchun bog‘cha
yoshidagi bolaning yuragi bir qisqarishda organizm uchun
е
tarli qon siqib
chiqara olmaydi. Bola yuragining katta odamlar yuragiga qaraganda nisbatan
tezroq urishining sababi ham mana shundadir. Chunonchi, agar 1 yoshdagi
bolaning yuragi bir marta qisqarishda 10,2 kub/sm qon siqib chiqarsa, 7
yoshli bolaning yuragi bir marta qisqarishda 23 kub/sm dan qon siqib
chiqaradi. Katta yoshdagi odamning yuragi esa bir marta qisqarishda 60 kub/
sm dan ortiqroq qon siqib chiqaradi.
Maktabgacha yoshdagi davrda
yurakning nisbatan tezroq ishlashi tufayli bolaning qon bosimi katta
kishilarga nisbatan biroz kuchliroq bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nafas olish a’zolarining ishida ham
anchagina o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu yoshdagi bolalar o‘pkasining
normal ishlashi va rivojlanishiga ko‘krak qafasining o‘sishi ko‘p
jihatdan
ta’sir etadi. Chunki, o‘pkaning faoliyati asosan ko‘krak qafasining shakli va
elastikligiga (harakatchanligiga) bog‘liq bo‘ladi. Bolalarning ko‘krak qafaslari
nafas olish uchun qulay emas. Bolalarda diafragmaning bir qadar tik
joylashganligi ko‘krak qafasining vertikal uzunligini qisqartirib qo‘ygan.
Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi bolalarda ko‘krak qafasining doirasi
ham kattalarnikiga qa
raganda juda tor bo‘ladi. Shu sababli bolalarning nafas
olishlari kat
ta odamlarning nafas olishlariga nisbatan nozikiroq bo‘ladi.
127
Bolalar o‘pkasining hajmi
е
tarli darajada kattalashmaguncha chuqur nafas
ololmaydilar. Natijada bolalar chuqur nafas olishnin
g o‘rniga tez nafas olish
bilan qoniqadilar. Bolaning bog‘cha yoshidagi davrida boshqa organlari kabi
ko‘krak qafasining o‘sishi ham biroz sekinlashadi. Lekin ko‘krak qafasi
doirasining kengayishi bu davrda ancha tez davom etaveradi. Bola ko‘krak
qafasining doirasi yiliga 1-2 sm dan kengayib borib, 13-14 yoshga
еtganda o‘z
shakli va hajmi jihatidan kat
ta odamlarning ko‘krak qafasiga yaqinlashadi.
Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan
davrida nafas olishining
miqdori deyarli o‘zgarmaydi. Lekin bu davrda bo
la haddan tashqari
harakatchan bo‘lgani uchun uning organizmi juda ko‘p
miqdorda kislorod
talab qiladi. Shuning uchun bola mumkin qadar ko‘proq ochiq havoda bo‘lishi
kerak.
Ana shu yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, maktabgacha
yoshiga kelib organizmining ishchanlik qobiliyati ancha oshadi. Shuning
uchun bog‘chada va oilada ta’lim
-tarbiya ishlari hamda bola faoliyati rejimini
tuzishda bolaning jismoniy taraqqiyoti xususiyatlarini doimo hisobga olish
zarurdir.
Dostları ilə paylaş: