83
narsalarini tanish 5-
6 oylik davrda yuzaga keladi. Bola dastavval o‘zi bilan
eng ko‘p munosabatda bo‘ladigan odamni, ya’ni onasini tanib oladi. Sekin
-
asta atrofdagi boshqa yaqin odamlarni tanib oladi. Buni biz kichik bolalarning
uyiga begona odam kelganda unga uzoq tikilishi va yotsirashidan bilamiz.
Bolalarda
ranglarni sezish
juda erta ko‘rina boshlaydi. Masalan,
professor N.I.Krasnogorskiyning o‘tkazgan tajribalariga ko‘ra,
ranglarni
farqlash bolalarda 3-4 oylik davrdan boshla
b ko‘rina boshlaydi. Bola har xil
rangli butilkachalardan ovqatlantirilgan (sut emizilgan), lekin faqat sut qizil
butilkadagina berilgan. Oradan biroz vaqt o‘tgach, bola faqat qizil rangli
butilkagagina reaksiya qiladigan, ya’ni faqat qizil butilkadagi emizikni og‘ziga
oladigan, boshqa butilkalarga esa befarq
qaraydigan bo‘lgan. Bu tajriba
bolalarda ranglarni sezish va farqlash juda erta hosil bo‘lishini ko‘rsatadi.
2-3 oylik bolalar taqir-
tuqurga quloq soladigan bo‘lib qoladilar.
Masalan, yig‘layotgan bolaning
oldida shaqildoq shaqillatilsa, bola yig‘idan
to‘xtab quloq sola boshlaydi.
3-4 oylik bolalar faqat eshitishgina emas, balki tovush chiqayotgan
tomonga boshlarini buradigan bo‘ladilar. Ana shu davrdan boshlab bolalarda
turli tovushlarni farqlash ham yuzaga kela boshlaydi.
4-5 oylik bola onaning tovushini boshqa odamlarning tovushlaridan
bemalol farqlay oladigan bo‘ladi. Tovushlarni farqlash qobiliyati nutq
tovushlarini va undan so‘ng ayrim so‘zlarni o‘zgartirish uchun asos bo‘ladi.
Eshitish sezgisining normal rivojlanishi ilk
yoshdagi bolalarning nutqni
egallashlari (til chiqishi) uchun g‘oyat katta ahamiyatga ega. Eshitish sezgisi
bola bilan xususan kattalar munosabatda bo‘lganlarida jadal rivojlanadi.
Shuning uchun ilk tarbiyachilari kichik bolalar
bilan nutq orqali ko‘proq
munosabatda bo‘lishlari kerak.
Bolalarda hid, ta’m va teri sezgilari
ham go‘daklik davridan boshlab tez
rivojlana boshlaydi. Agar 2-
3 oylik bolaning emizigiga qo‘lansa (yoqimsiz)
hid tarqatuvchi biron narsa surtib qo‘yilsa, bola b
unda betoqatlanib, lab-
lunjlarini bujmaytira boshlaydi. Ta’m sezgisi ham deyarli shu davrdan
boshlab yaqqol ko‘rinadi. Chunonchi, ona sutiga o‘rganib qolgan bolaga biroz
shakar solib shirin
qilinadigan sigir suti berilsa, emgisi kelmaydi. Ana
shulardan xulosa qilib aytish mumkinki, ilk yoshdagi kichik bolalarda hid va
ta’m sezgilari yaxshi ishlaydi.
Teri sezgisi bolalarda tug‘ilgan paytlaridan boshlab mavjuddir.
O‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, biron narsaning tekkanini sezish
(ya’ni tuyish organi) go‘dak bolalarda katta odamlarga qaraganda ham
o‘tkirroqdir. Bundan tashqari, ilk yosh
dagi kichik bolalar haroratga nisbatan
ham juda sezgir bo‘ladilar. Ular cho‘miltirilayotgan suvning salgina isib yoki
salgina sovib qolganini darhol sezadilar. Ilk yos
hdagi bolalarning hid, ta’m va
teri sezgilarini takomillashtirish yuzasidan maxsus ishlar (mashqlar) olib
84
borilmaganligi tufayli bu sezgilar nisbatan sekin rivojlanadi. Ilk yoshdagi
bolalarning psixik jihatdan rivojlanishlari uchun harakat sezgisining
aham
iyati juda kattadir. Go‘dak bolaning juda ko‘p xilma
-xil
harakatlari
ichida uning qo‘l harakatlari juda katta rol o‘ynaydi. Bola biron narsani qo‘li
bilan ushlashga o‘rganganidan so‘ng uni rosa timirskilab ko‘radigan bo‘ladi.
Lekin bola biron narsani ushlashi uchun dastavval u narsani atrof-muhitdagi
boshqa narsalardan yaqqol ajratishi kerak. Buning uchun bola qo‘l va ko‘z
harakatlarini moslashtirib idora qila olishi lozim. Bunday murakkab
harakatlarni bola darhol egallay olmaydi. O‘tkazilgan tajribalarning
ko‘rsatishicha, bola murakkab qo‘l harakatlarini ilk yoshida egallaydi.
Bolaning o‘z harakatlarini idora qilishi, ya’ni harakat sezgilarining
rivojlanishi bosh miya harakat sohasidagi nerv tolalarining miyelinizatsiya
qilinishi bilan bog‘liqdir. Bu narsa
bolaning 2-3 oylik davridan boshlanadi.
Shuning uchun bola 2-
3 oylik davridan boshlab o‘z harakat
larini idora qila
boshlaydi. Masalan, ana shu davrdan boshlab bola unga uzatilgan narsalarga
qo‘lini cho‘zadigan, ushlashga intiladigan bo‘ladi. 2
-3 oylik bolani qorni bilan
yotqizilsa, u boshini ko‘taradi, 3
-4 oylik bola boshini bemalol ushlab oladi, 4-
5 oylik bola esa o‘z gavdasini tik holda ushlab tura oladi. 6
-7
oylik bola
mustaqil o‘tira oladi. Ana shu tariqa ilk yosh
dagi bolaning harakat sezgilari
rivojlanib boradi.
Bolalarda
idrokning
rivojlanishi
sezgi
a’zolarining,
ya’ni
analizatorlarning tobora takomillashishi bilan bog‘liqdir. Lekin, idrok faqat
sezgi a’zolarigagina bog‘liq jarayon emas. Idrok jarayonida sezgilardan
tashqari odamning butun turmush tajribasi ham ishtirok etadi. Shuning
uchun idrokning rivojlanishi turmush tajribasining tobora orta borishi,
odamning turli bilimlarga ega bo‘lishi bilan ham uzviy bog‘liqdir. Go‘dak
bolalarning uncha-muncha idrok qilishlari asosan uch-
to‘rt
oylik davrdan
boshlansada, biroq, idrok qiladigan narsalarin
ing doirasi hali juda tor bo‘ladi.
Bu davr
da bola ko‘z o‘ngidagi yaltiroq yoki tebranib, harakatlanib turuvchi
narsalarni idrok qila oladi. Bola to‘rt
-
besh oylik bo‘lib, narsalarni qo‘llari
bilan ushlaydigan bo‘lgach, uning idroki mazmun jihatidan boyib,
ancha
takomillashadi. Buning asosiy sababi shundaki, ko‘rish hamda eshitish
sezgilariga endi barcha teri sezgilari ham qo‘shiladi. Natijada bola narsalarni
har tomonlama to‘la idrok qila boshlaydi.
Bola yarim yoshga to‘lib, o‘zi mustaqil o‘tira boshlagach,
uning idroki
yana ham tezroq rivojlanadi. Bunda birinchidan, uning ko‘rish doirasi ancha
kengayadi, ikkinchidan esa, narsalarni sinchiklab timirskilab ko‘rish
imkoniyati ortadi. Bu davrda bola atrofidagi narsalarni (xususan o‘ziga
tegishli narsalarni) qayta-qayta idrok qilish
tufayli ularni bir-biridan
farqlaydigan, o‘ziga tegishli narsalarni taniydigan bo‘lib qoladi. Bola emaklab,
undan so‘ng yura boshlagach, uning tevarak
- atrofidagi narsalarni idrok
85
qilish imkoniyati yanada kengayib ketadi. Bola xohlagan narsasining oldiga
borib, uni qo‘liga olib ushlab ko‘radi, atrofidan aylanib qaraydi, iloji bo‘lsa,
albatta yalab ham ko‘radi.
Dostları ilə paylaş: