63
darajasi har xil bo‘lishi mumkin. Ma’lum yosh bosqichiga tegishli bolalarning
faoliyatlarida ham umumiylik bordir. Masalan, chaqaloq bolalarning asosiy
faoliyatlari katta odamlar bilan emotsional
munosabatga kirishishdan, ilk
yoshdagi bolalarning asosiy faoliyatlari esa turli narsalar bilan
shug‘ullanishdan va nihoyat, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning
asosiy faoli
yatlari o‘yindan ibo ratdir.
Kattalar har bir yosh bosqichidagi bolalarga ma’lum talablar qo‘yadi,
ular bajarishlari mumkin bo‘lgan huquq va burchlarini belgilaydi. O‘z
-
o‘zidan ma’lumki, bola o‘sib, rivojlanib borgan sari uning imkoniyatlari ham
ortib boradi. Natijada jamiyat to
monidan bolalarga qo‘yilgan talablar, huquq
va burchlarning mas’uliyati ham orta boradi.
Har bir yosh bosqichining
oxiriga kelganda jamiyat tomonidan belgilangan talablar, huquq va burchlar
bolaning imkoniyatlari bilan mos kelmay qo
ladi, ya’ni bola jamiyat
tomonidan qo‘yilgan talablardan o‘zib ketadi. Buning natijasida jamiyatning
bolalar yosh bosqichi oldi
ga qo‘ygan
talablari, huquq va burchlari, axloq
me’yorlari bilan bolaning imkoniyatlari o‘rtasida qarama
-qarshilik yuzaga
kelad
i. Har bir yosh bosqichida
maydonga keladigan krizis, ya’ni inqiroz
davri ana shunday jamiyat talablari bilan bolaning im
koniyatlari o‘rtasidagi
ziddiyatdan paydo bo‘ladi.
Bolalarning har bir yosh bosqichlarida (1,3,7, o‘smirlik davri
inqirozlari) yuzaga
keladigan krizislarni, ya’ni inqiroz davrlarini akademik
I.P. Pavlovning dinamik stereotip haqi
dagi ta’limoti
orqali juda yaxshi
tushuntirib berish mumkin. Ma’lumki, har bir bola konkret bir oila muhitida
yashar ekan, u shu muhit sharoitiga ko‘nikib, o‘rg
anib qoladi. Bola har kuni
o‘z ota
-onasi, aka-
ukalari bilan munosabatda bo‘ladi. U o‘zining
ovqatlanadigan idishlarini, atrofdagi o‘yinchoqlarini juda yaxshi tanib oladi,
ya’ni bolada mana shu o‘z oila muhitidagi hayot tarziga nisbatan
mustahkamlanib ketgan muvaqqat aloqalar sistemasi (dinamik stereotip)
maydonga keladi. Bola o‘sib, ulg‘ayib, oila muhitidan maktabgacha ta’lim
muassasasi
ga borganida muhit o‘zgarishi o‘rtasida tafovut paydo bo‘ladi.
Muhitning mana shunday keskin o‘zgarishi natijasida bola
da krizis,
ya’ni inqiroz holati yuzaga keladi. Bunday krizis holati eski dinamik stereotip
yoki turmush tarzi batamom
еmirilib, uning o‘rniga yangi dinamik stereotip
hosil bo‘lgunga qadar davom etadi. Bolaning maktabgacha ta’lim
muassasasiga borgisi kelmayd
i hamda borganida yig‘lab qoladi.
Bunday
holat bir qancha vaqt davom etgandan so‘ng bolada bu muhitga nisbatan
yangi dinamik stereotip maydonga keladi. Natijada bola hech narsani
ko‘rmagandek, maktabgacha ta’lim muassasasiga ko‘nikib ketadi. Shu
narsani al
ohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bir yosh bosqichidan ikkinchi yosh
bosqichiga o‘tishida yuzaga keladigan krizis davrlari ha
mma bolalarda ham
bir xilda bo‘lavermaydi.
64
Umuman,
psixologlar
tomonidan
yosh
davrlarini
tabaqalashtirishning puxta, ilmiy-metodolog
ik negizga ega bo’lgan
qator
nazariyalari ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda ular ontogenetik
qonuniyatlarni yoritishga katta hissa qo’shib, uning nazariy va amaliy
muammolarini hal qilishda muhim o’rin egallab kelmoqda. Biroq, shunday
bo’lsada, hozir fanning oldida ontogenezni to’la yoritishga xizmat qila
oladigan nazariyani yaratish zaruriyati mavjuddir.
№
Dostları ilə paylaş: